1. Uzum o‘simligi. Uch tup tok. Tok ochmoq. Tokni ko‘mmoq. Bir tup tok eksang, bir tup tol ek. Maqol Hovlining yonida chorbog‘, chorbog‘da rasta-rasta qilib, havozaga ko‘tarilgan toklar. S. Ayniy, Qullar Uzum tok bargidan ham ko‘p. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Tok oshi Kovatok solingan osh. Tok oshi qilgudek bo‘lib qolgan barglar yonida g‘uj-g‘uj uzum sho‘ralari paydo bo‘la boshlabdi. Gazetadan Mana, bir necha yildan beri bahor kelganda tok oshi qilamiz. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
3. Elektr zaryadlarining ma’lum tomonga yo‘nalgan oqimi; elektr. O‘zgaruvchan tok. O‘zgarmas tok. Kuchli tok. Kuchsiz tok. Elektr toki. Knopkani bosib, tokni ulamoq. ▬ Shunday qilib, o‘tkazgichdan tok o‘tganda ajralib chiqadigan issiqlikning miqdori tok kattaligining kvadratiga to‘g‘ri mutanosib ekan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
1. tok I Ot uzum o‘simligi
2. tok II Ot elektr zaryadlarining harakati, elektr quvvati
1. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh Ma’nosiga ko‘ra (yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)