Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘p} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: to‘p-la-moq
Izoh(lar)i:
to‘p ot

1. ayn. yn. Koptok 1. Futbol to‘pi. To‘p o‘ynamoq. Raqib darvozasiga to‘p kiritmoq. Bola o‘tirib olib, jon-jahdi bilan to‘pni puflashga tushdi. H. Nazir, Cho‘l havosi
Qorong‘i tushguncha qo‘shni bolalar bilan to‘p tepishdik. H. Nazir, Yonar daryo

2. 2. Qo‘l to‘pi Ikki jamoa a’zolarining to‘pni qo‘lda muayyan qoidalar asosida bir-birlariga oshirib, raqib darvozasiga kiri-tishga qaratilgan sport o‘yini. sportning qo‘l to‘pi, futbol, tennis, shaxmat-shashka, voleybol kabi turli seksiyalari ishlab turipti. Mushtum

3. ayn. yn. To‘da. To‘pdan ayrilganni bo‘ri yer. Maqol
Uch davangir yigit orasida kelayotgan Ma’suma beka darhol o‘zini shohi mato sotayotganlar to‘piga urdi. Mirmuhsin, Me’mor
Ayol kartotekadan bir to‘p xatni olib, ko‘z yugurtira boshladi. Guldasta
[Ayol] Paxtasini keltirib, xir-mondagi eng katta to‘pga to‘ka boshladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. 2. Fabrikada o‘ralgan, hali buzilmagan o‘lchovli gazmol; gazmol o‘rami. Bir to‘p chit.

5. 1. Uzun stvolli, quruqlik va suvdagi yoki havodagi nishonlarga zarba beradigan artilleriya quroli; zambarak. Tankka qarshi o‘q otadigan to‘p. To‘p o‘qi. To‘pga tutmoq. Kimdir artilleristlardan biri 76 millimetrli to‘pni sudrab kelib, Normat okopining yoniga o‘rnatdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Tong yorir-yorimas Oqtepa tomonidan to‘p ota boshladilar, A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Qayerdadir to‘plar shoshilmasdan, vazmin gumburlaydi, ora-sira pulemyotlar asabiy takillab qo‘yadi. Oybek, Quyosh qoraymas
Uzing bilasanki, qism hujum boshlashidan ilgari artilleriya dushman pozitsiyasini qattiq to‘pga tutadi. A. Qahhor, Oltin yulduz

6. ko‘chma ayn. yn. To‘potar. To‘pga yaqin, quyoshning o‘tli nafasi zo‘rayishi bilan bug‘ yo‘qolib, hamma yoq charaqlab ketdi. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
To‘pdan keyin Luqmonchaning onasi yetib keldi. A. Muxtor, Tug‘ilish

7. taql. s. Yumshoq narsaning yerga urilishidan chiqadigan kuchsiz tovush haqida. Olma to‘p etib yerga tushdi. Tashqarida bir narsa to‘p etdi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: gruppa [r<nem], yig‘moq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tup O‘simlik yo daraxtning donasi. Bir tup o‘rik. Bir tup daraxt.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.