Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘la}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘-la
Izoh(lar)i:
to‘la [to‘-la ]

1. Butun hajmi, sig‘imi egallangan, band bo‘lgan. Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva to‘la patnis qo‘yildi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Yetishmagan yeri, qismi, kam-ko‘sti yo‘q; mukammal, raso, to‘liq, but. Uning moyi qo‘y va qoramolning moyiga nisbatan tez eriydi va to‘la hazm bo‘ladi. Fan va turmush

3. Jussasi yoki biror a’zosi bo‘liq etli, semiz. O‘rta bo‘yli, to‘la, lekin keng yuzining go‘shtlari sarg‘ayib, salqib tushgan, ellik sakkiz yoshlarda bo‘lgan kasalnamo xotin asta-sekin yurib kelaverdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: bo‘sh , quruq
Sinonim(lar)i: atroflicha

1. to‘la I Sifat
butun hajmi band bo‘lgan; semiz, go‘shtdor

2. to‘la II Fe’l
olingan narsaning evaziga haq, pul bermoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.