1. Suvga tashnalik, chanqashlik.
Ortiq, suvsizlik yurak-bag‘rini o‘r-tab, issiqqa chidamay, yulg‘un tagiga suriladi, boshini soyaga olib, qo‘llarini qumga tiqib, salqin izlaydi.
M. Mansurov, Yombi
Qip-qizil qumda piyoda yurib, ochlikda, suvsizlikda ovora bo‘lib, ikkoving ham o‘lasan.
Malikayi ayyor
2. Suv tanqisligi, yetishmasligi.
Milliy matbuot markazida Orol dengizi hamda suvsizlik kabi asosiy masalalarni muhokama qilishdi.
Gazetadan