Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {soz}
So‘z bo‘g‘inlari: soz
Izoh(lar)i:
soz sf

1. 1. Yaxshi, tuzuk, durust, qulay. Oz so‘z — soz so‘z. Maqol
Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lar. Maqol
Namangan boraman, sozdir havosi, Mevalari shirin, dardning davosi. S. Abdulla
Bu gulshan soz edi, soz ustiga soz etgali keldik. Qadrdonlarni shod aylab, sarafroz etgali keldik. Habibiy, Tanlangan asarlar

2. 2. O‘zaro yaxshi munosabat, muomala; hamjihatlik, inoqlik, ittifoqlik. Qarindoshlar bilan sozingiz chiqmas emish. N Norqobilov, Bekatdagi oq uycha

3. mus. us. Sozlangan, sozi to‘g‘rilangan. Dutor hali soz emas.

4. 4. Musiqa asbobi torlarining yoki musiqa asboblarining o‘zaro mos tovush uyg‘unligi. Royalning sozi buzilibdi. Sozini to‘g‘rilamoq.

5. 1. Milliy musiqa asboblarining (masalan, dutor, tanbur, g‘ijjak) umumiy nomi. Qirqida qo‘liga soz olgan qiyomatda qulog‘ini burar. Maqol
Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib, soz ovozini bosib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bu simfoniya orasidan avtorning yakka sozda chalgan turli pardadagi ovozi yaqqol eshitilib turadi. O‘TA

6. 2. Turkiya, Eron va Ozarbayjonda tarqalgan torli-tirnama musiqa asbobi.

7. 3. Musiqa asbobining yoki xonandalarning ovozi, sadosi, navosi. Yo‘rg‘alardi sozga bir go‘zal do‘ndiq, Hamma eshitardi zavq bilan qo‘shiq. M. Alaviya

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: cholg‘u

1. soz I Sifat
sozlangan holat; buzuq emas

2. soz II Ot
musiqa asboblarining umumiy nomi

3. soz III Sifat
yaxshi, tuzuk, durust

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.