Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {soya}
So‘z bo‘g‘inlari: so-ya
Izoh(lar)i:
soya ot

1. Dukkaklilar oilasiga mansub, loviyaga o‘xshash bir yillik o‘simlik va uning oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llanadigan doni. Soya unidan sut, tvorog, qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. O‘zME

2. 1. Quyosh nuri tushmaydigan salqin joy; ko‘lanka. Soyada dam olmoq. Yong‘oq butun hovlini soya qilib turibdi. Sada soya berar, tol xoda berar. Maqol
Ortiq, suvsizlik yurak-bag‘rini o‘rtab, issiqqa chidamay, yulg‘un tagiga suriladi, boshini soyaga olib, qo‘llarini qumga tiqib, salqin izlaydi. M. Mansurov, Yombi
Shuncha qildim tol daraxtni parvarish, Soyasi bor, mevasini ko‘rmadim. Qo‘shiqlar

3. 2. Yorug‘likni, nurni to‘suvchi narsalardan tushgan tasvir, ko‘lanka. Egrining soyasi ham egri. Maqol
Qo‘rqoq ot o‘z soyasidan qo‘rqar. Maqol
Terakning soyasi tagiga tushmas. Maqol
Chodirning cheti ko‘tarilib, maykachan bo‘lib olgan Azizxoninng soyasi ko‘rindi. S. Ahmad, Ufq

4. ko‘chma hma Sharpa, ko‘lanka. [Qudrat:] Urushning shum soyasi bu yerga ham yetibdi. N. Safarov, Uyg‘onish
Vazir: — Podshoning o‘zi xudoning soyasi, podsho so‘zi Qur’on emasmi, la’nati! Qani, xaloyiq qayerda, darrov ayt!— dedi. Tohir va Zuhra
— Voy, Rohilaning o‘g‘li kelibdimi?! Rohila sho‘rlik kutaverib, soya bo‘lib qoluvdi. Bir joyga aytgani bor ekan, bearmon o‘ladigan bo‘ldi, — dedi enamiz sevinib. Yoshlik

5. ko‘chma hma Homiylik, panoh. Ma’qul, ma’qul, boy ota, soyayi davlatingiz kam bo‘lmasin. Oybek, Tanlangan asarlar
— Bizdan To‘raxo‘jayevga ko‘pdan-ko‘p duo deng, taqsir! Biz bu yerlarda o‘sha odamlarni soya qilib yuribmiz,— dedi Madamin. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ko‘laga , ko‘lanka , ko‘lka

1. soya I Ot
quyosh nuri tushmaydigan salqin joy; ko‘lanka

2. soya II Ot
loviyaga o‘xshash o‘simlik va shuning hosili

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. soyasiga ko‘rpacha soldi: izzat-hurmat qilishni me’yoridan o‘tkazib yubordi

1. Dangasa – yalqov – ishyoqmas – tanbal – soyaparvar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.