Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sokin}
So‘z bo‘g‘inlari: so-kin
Izoh(lar)i:
sokin sf

1. sft. ft. Sukunatga cho‘mgan, jimjit. Oydin oqshomlarda qishloqning sokin ko‘chalarida Mansur bilan jimgina kezishlarning ham ajib bir gashti bor edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Kafe sokin va tinch, odam siyrak, atrof katta daraxtlar bilan o‘ralgan. F. Musajonov, Himmat
Qiz hamon qo‘ng‘iroqdek kular, sokin bug‘uning shodon qahqahasi bilan to‘lgan edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. sft. ft. Harakatsiz, tinch. Dengiz sokin. Mening ko‘nglim Bo‘ron tilab turibdi X. Davron, Qaqnus
Kuzak shamollari esdilar yana, Sokin yuragimda tuyg‘ular qo‘zg‘ab. A. Oripov, Hayrat
Oppoq bulut izg‘ir sarosar, Oppoq bulut sokin osmonda. R. Parfi, Ko‘zlar

3. sft. ft. Past, bosiq (ovoz haqida). Yodgor g‘uvullab ketayotgan boshini bazo‘r ko‘tarib qaradi: Mahmuda Aliyevna hamon o‘sha sokin ovozda gapirar edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Nim shabadada azim chinorning sirli bag‘ridan chiqib kelgan sokin va qudratli shovullash olamni tutdi. A. Muxtor, Asarlar

4. rvsh. sh. Asta-sekin, bir maromda. Tiniq moviy osmonda parcha-parcha oq, pushtirang bulutlar sokin suzadi. N. Aminov, Yolg‘onchi farishtalar
Nomiga yarasha qoramtir suv sokin, viqorli oqadi, tollarning yo‘g‘on qizg‘ish ildizlarini yuvadi. H. G‘ulom, Binafsha atri

5. rvsh. sh. Xotirjam, osoyishta. Saroy vaziri podsho huzurida o‘zini sokin va betakalluf tutgan hakimni birinchi marotaba ko‘rishi edi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Temirjonning boqishlari sokin, qomati ham xuddi tabiatiga mos tushganday nozikkina. J. Abdullaxonov, Oriyat

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tinch – jim-jit – sokin – osuda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.