Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘k} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: so‘k-moq
Izoh(lar)i:
so‘k fl

1. Tikilgan narsaning ipini uzib, sug‘urib, bo‘laklarga ajratmoq. Ko‘rpani so‘kib, ag‘darib tikmoq. [Otabek] Tikilgan iplarni so‘kdi va maktubni ochib, och ko‘zini ishga qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 1. Yomon so‘zlar bilan urishmoq, haqorat qilmoq. — Ha, noinsof, ha ko‘ppak! — Qoratoy boyni so‘ka boshladi. — Iflos qarg‘a! Oybek, Tanlangan asarlar
Ochman! Yalang‘ochman! Xorman! Siz u deb so‘kasiz, 6u deb so‘kasiz, bas-da shuncha xo‘rlaganingiz. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 2. Umuman, urishmoq, koyimoq. Turg‘un-boy butun aybni qo‘lida bolasini ko‘tarib turgan xotinga to‘nkab, uni so‘kdi va qizarib-bo‘zarib, mehmonlar bilan so‘rasha boshladi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.