1. Kabob pishirish uchun metalldan, ba’zan yog‘ochdan tayyorlanadigan uchi nayza cho‘p. Bir six kabob. Go‘shtni sixga tortmoq. ▬ Dasturxonda kabob sixlari, ichib tugallanmagan konyak, vino shishalari turibdi; karavotda kimdir xurrak tortmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat O‘rtaga kabob keldi. A’zamjon aka o‘z qo‘li bilan ikki-ikki sixdan rasamadi bilan mehmonlarning likopchasiga qo‘ydi. S. Ahmad, Saylanma
1. na six kuysin, na kabob: -
2. six ham kuymasin, kabob ham: -