Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sir} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sir-la-moq
Izoh(lar)i:
sir fl

1. 1. Ustini mato bilan tarang qilib qoplamoq. Divanni qizil duxoba bilan sirmoq.

2. 2. Gavdaga yopishib tarang turmoq (kiyim haqida). [A’zam] Bir kelsa, Tamannoning o‘zi yolg‘iz. Xuddi bir mahal ko‘rganiday, badanga sirib tikilgan shim va koftada. Shuhrat, Jannat qidirganlar

3. 3. Mahkam qilib bog‘lamoq. Usta., chorsi-sini beliga sirib bog‘lab, minbarga chiqdi. S. Ahmad, Hodivoy

4. 4. Arqonni kalta qilib bog‘lamoq, qantarib qo‘ymoq. Otni ustunga sirib bog‘lamoq.

5. Birmuncha vaqt ovqat bermay och qo‘ymoq, och qoldirmoq yoki o‘zini ovqatdan tiyib, och o‘tirmoq. — Ovqat-povqating bormi, opkelsang-chi, o‘ldirding-ku sirib, — dedi Ikromjon Jannat xolaga. S. Ahmad, Ufq
Juvozga qo‘shilgan otdek cho‘zilib, qulog‘ingizdan kun ko‘rinib qolibdi-ku! Ovqatdan o‘zingizni sirmang, pul topiladi, sog‘likdan ajrab qolmang yana. S. Nurov, Narvon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: asror [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.