Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sinf}
So‘z bo‘g‘inlari: sinf
Izoh(lar)i:
sinf ot

1. Kishilarning tarixan shakllangan ishlab chiqarish tizimida, ijtimoiy mehnatni tashkil etishda muayyan mavqe va o‘ringa ega bo‘lgan, ishlab chiqarish vositalariga, ijtimoiy boylikning taqsimla-nishiga bir xil daxldorligi va manfaatlarining umumiyligi jihatidan birlashgan katta guruhi; nisbatan barqaror bo‘lgan katta ijtimoiy qatlam. Ijtimoiy sinflar. Mulkdorlar sinfi. O‘zbekistonda fuqarolarga mulkdor bo‘lish huquqining berilishi jamiyatni qarama-qarshi sinflarga bo‘lib o‘rganish g‘oyasini ham inkor etadi. O‘zME
Hozir sotsiologiyada jamiyatni sinflarga va boshqa ijtimoiy guruhlarga bo‘lishning turli mezonlari ilgari surilmoqda. O‘zME

2. 1. O‘quvchilar tomonidan bir o‘quv yili davomida erishiladigan umumiy bilim saviyasi; maktab ta’limining har bir bosqichi; maktabning asosiy tarkibiy birligi. Sinfdan sinfga o‘tmoq. Ta’lat o‘ninchi sinfni kumush medal bilan tamomladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
10- A sinfida o‘qiydigan Rustam., kuzda paxta bayramiga atab maktabda o‘tkazilgan kechada rubob chalib, ashula aytganida ham uni yaxshi ko‘rarkan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. 2. O‘quv yurtlarida mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona, auditoriya. Yorug‘ sinf. Sinf doskasi. Sinfga kirishim bilan, bolalar qichqirib yuborishdi: — Ur-re-ye, Hoji keldi. E. Raimov, Ajab qishloq
O‘quvchi biz ko‘pchilikmiz, o‘qituvchi hammamizni baravar ko‘rolmaydi, deb o‘ylaydi. Holbuki, o‘qituvchi sinfdagi har bir bolaning nima qilayotganini aniq bilib turadi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. ko‘chma hma Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘quv yili davomida yagona o‘quv dasturi asosida ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi. Sinf rahbari. Sinf bir og‘izdan Assalomu alaykum! deb qichqirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Maktabda yomon bo‘lsam, yo ikki kun bormasam, butun sinf oyoqqa turardi. Yoshlik

5. 4. Badiiy o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning biror o‘quv fani bo‘yicha ixtisoslashtirilgan guruhi. Kompozitsiya sinfi. Malikani O‘zbekiston xalq artisti S. Qobulova sinfiga o‘qishga qabul qilish maqsadida tayyorlov kursida o‘qitishdi. Gazetadan

6. biol. ol. O‘zaro qarindosh hayvonlar yoki o‘simliklar turkumlarini birlashtiruvchi kategoriya. Sutemizuvchilar sinfi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sinf I Ot
1. O‘quv yili davomida bir xil dastur bo‘yicha ta’lim oladigan o‘quvchilar guruhi 2. Maktab o‘quvchilari ta’lim oladigan xona

2. sinf II Ot
ijtimoiy guruh

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Guruh – sinf – sistema
Ma’nosiga ko‘ra
(birlashuvning o‘sib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.