Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sina} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: si-na-moq
Izoh(lar)i:
sina fl

1. 1. Sinovdan o‘tkazmoq, tekshirmoq, tekshirib ko‘rmoq. Tayyor mashinalarni sinamoq. Sinamagan otning sirtidan o‘tma. Maqol
Er yigitni maydonda sina. Maqol
U [Aziz Abdurazzoq] faqat she’r yozib qolmay, nasriy hajvchilikda ham kuchini sinamoqda. Mushtum
Shildir-shildir qamishga sirg‘am tushdi, yor-yor, Sinalmagan yigitga singlim tushdi, yor-yor. Oq olma, qizil olma

2. 2. Bir predmetni (masalan, dorini, taomni) ishlatib ko‘rib yoki iste’mol qilib, ta’sirini aniqlamoq. Tohirjon kinoya bilan jilmaydi: — Barcha dorini sinadim. Meniki bedavo dard. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Imtihon qilib, bilim darajasini aniqlamoq. O‘quvchilarni fizikadan sinab ko‘rmoq.

4. 4. O‘smoqchilab so‘ramoq, qo‘yniga qo‘l solmoq. Uning [Hotamning] saxiyligi rostmi, yolg‘onmi — sinash maqsadida, bir-ikki odam o‘sha tulporni so‘rab, oldiga borishibdi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

5. 5. Boshidan kechirmoq, o‘z tajribasida, hayotida ko‘rib bilmoq. Qarzga yo‘liqqandan ko‘ra, baloyi nogahonga yo‘liqqan yaxshi. Hammasini sinadik. Oybek, Tanlangan asarlar
Sinasin o‘z baxtini, Baxti qo‘llasin uni. H. Olimjon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.