Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {silliq} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sil-liq-la-moq
Izoh(lar)i:
silliq sf

1. 1. Tekis, tep-tekis, g‘adir-budursiz. Tosh shu qadar silliqki, go‘yo haykaltarosh xo‘p hafsala bilan yo‘ngan-u, ko‘tarolmay tashlab ketgan deysiz! H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Sherali Og‘ajonga qo‘l uzatib ko‘risharkan, uning xotinlarnikidek silliq yuziga qarab, eshitilar-eshitilmas g‘oyat mamnunman, deb qo‘ydi odob yuzasidan. S. Karomatov, Oltin qum

2. 2. Sirpanchiq, sirg‘anchiq, oynadek. Silliq muz. [Bektemir) Nam, silliq qiyalikdan sirpanib, yana suvga shalop etib tushdi. Oybek, Quyosh qoraymas

3. 3. Bejirim, tekis, jiloli. [Jo‘raxonning] Durrasi silliq sochlaridan sidirilib, pastga tushdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. ko‘chma s. t. t. Qad-qomati kelishgan, bejirim, chiroyli. Sirti silliq juvon. Durust, silliqqina yigit ekan, deb o‘yladi u yuragi tirnalib. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Olimxon zamonasiga muvofiq, oliftanamo, yoshiga nisbatan chiroyli, silliq kishi edi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. ko‘chma hma Kamchiliksiz, ravon (til, uslub, nutq va shu kabilar haqida). Silliq uslub. Silliq gapirmoq. Silliq nutq. Pochchayevning to‘g‘ri, silliq gaplari uzoqdan dona-dona yangrab eshitilardi. A. Muxtor, Tug‘ilish

6. 6. Kishiga yoqadigan, qattiq tegmaydigan, yumshoq. Silliq muomala. [Sobir aka:] Silliqqina qilib javob berdim. Sen nima deysan, ayasi?0. Yoqubov, Pyesalar

7. 7. Muammosiz; ko‘ngildagidek, to‘siqsiz; bekam-ko‘st; bejanjal. Ammo oldindan tuzilgan rejalar hamisha ham silliqqina amalga oshavermaydi. S. Karomatov, Oltin qum
Bu uchinchi xotinimdan ham xamirdan qil sug‘urgandek — silliqqina qutulmoqchi edim, biroq otim ishning pachavasini chiqarib qo‘ydi. Mushtum

8. 8. Tovushsiz; sezdirmasdan. Dilimardon mushukday silliqqina kirib kelganini va sinf jurnalini almashtirayotganini hech kim sezmay qoldi. Gazetadan

9. maxs. xs. Bir tekisda, bir maromda, ravon, shovqinsiz. To‘g‘ri, ishni qoyil qilasan, mashinalar doim silliq aylanadi. F. Musajonov, Kamtarin ishchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.