Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sila}
So‘z bo‘g‘inlari: si-la
Izoh(lar)i:
sila fl

1. 1. Ustidan kaft yurgizmoq, siypamoq. Darg‘a oppoq soqolin silab, Qarab qoldi bo‘lib parishon. E. Rahim
Inobat, xuddi bo‘g‘ilib ketayotganday, ro‘molini yechib, tomog‘ini siladi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

2. 2. Ustidan qo‘lini astagina yurgizib, siypab erkalatmoq. G‘ulomjon otxonaga kirib, to‘kilgan bedalarni oxurga terib soldi, qorong‘ida ham samanining peshonasini silab, suyib qo‘ydi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. ko‘chma hma Mayin, ohista tegmoq (shamol, yel, shabada haqida). Ariqlar bo‘yida maysalar shivirlashardi, shabada qirmizi yuzlarni silab, qo‘shiq kuylardi. Gazetadan
Mayin esayotgan shamol daraxtlar soyasida yugurib borayotgan Saodatning yuzini, sochlarini silab o‘tadi. N. Safarov, Saodatning qissasi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sila I Fe’l
Ustidan kaft yurgizmoq, siypamoq

2. sila II Ravish
Idishning og‘zi bilan baravar to‘ldirib

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Urmoq – solmoq – ushlamoq – silamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning qo‘pol yoki muloyimligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.