Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sidra}
So‘z bo‘g‘inlari: sid-ra
Izoh(lar)i:
sidra ot

1. 1. Marta, karra, bora. Jabborov texnikani yana bir sidra ko‘zdan kechirish uchun besh kun imkoniyat borligini aytdi. N. Hayitqulov, Yer tafti
— Bugun ikki gektardan bir sidra terimda 38 sentner hosil ko‘taribmiz, — dedi brigadir. S. Akbariy, Cho‘ldagi parvoz

2. 2. Odatda bir butunlikni tashkil etuvchi narsalarning to‘liq yig‘masi, to‘plami. Bir sidra kiyim. Bola-chaqa ma’mur. Yegani oldida, yemagani ketida. Kiyim-kechakdan esa uch-to‘rt sidradan, — dedi Nafas Yo‘ldoshevich. H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman

3. 3. Ayni bir paytda; ma’lum muddatda; qachonlardir. Bir sidra. Bir sidra shunday voqealar ham bo‘lib o‘tgan edi. Kumushning zaharli muammo maktubi bir sidra Otabekning ko‘z o‘ngidan o‘tib ketdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.