Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shabnam}
So‘z bo‘g‘inlari: shab-nam
Izoh(lar)i:
shabnam ot

1. Bahorda, yozda kechasi haroratning pasayishi tufayli mayda tomchilar tarzida yerga inadigan havodagi, atmosferadagi bug‘, namlik; havodan ingan musaffo tomchi; shudring. — Quduqlar-da suv kamayib qolganda, qo‘ylarga tong shabnami qo‘ngan giyoh shimitib ham olib yurdim, — dedi Chatoqbobo. S. Nurov, Durdona
Ertalabki shabnam quyosh issig‘ida darhol ko‘tarilganday, xafalik ham Oyqiz dilidan darhol ko‘tarilib ketdi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Otam ekkan chigitlar Birday tekis unadi, Shabnam emgan g‘o‘zalar Nur qo‘ynida kuladi. Z. Diyor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.