Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sez} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: se-zil-moq
Izoh(lar)i:
sez fl

1. 1. Sezgi a’zolari orqali his etmoq; tashqi ta’sirni tuymoq. Sovuqni sezmoq. Hidni sezmoq. Mansurning iliq qo‘llari peshonasini, sochini silayotganini sezib, kafti bilan yuzini to‘sdi-yu, unsiz yig‘lab yubordi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
[Gavharning] Yuragi gupullab urar, shamoldan quloqlari shang‘illar, tizzasining ko‘zi muzday yerga tegib turganini sal-pal sezardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Aql-idrok bilan fahmlamoq; kuzatish, tajriba orqali his etmoq. Keyingi vaqtlarda erining nimadandir qattiq iztirob chekayotganini Roziya sezib yuribdi. S. Siyoyev, Avaz
Aziza kursdosh qizlarning g‘ashi kela-yotganini sezgan sayin o‘zini g‘olib hisoblab, rohatlanar edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. 3. Oldindan his etmoq, payqamoq, fahmlamoq. Sovliq qandaydir bir yomonlik yuz berishini sezgandek bezovta ma’rar, ikki oyog‘ini tinmay silkitayotgan qo‘zi tomon intilardi. S. Ahmad, Yulduz
Bu voqeadan xabar topgan Sulton Ali mirzo o‘lim xavfi o‘ziga ham yaqinlashib kelayotganini sezdi-yu, qanday qilib bo‘lsa ham qochib qutulishning payiga tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

4. 4. Shunday deb hisoblamoq, shunday deb bilmoq; tuyulmoq. Lekin Yarash polvon o‘z uyida o‘zini musofirdek seza boshladi. S. Siyoyev, Otliq ayol
Fotima birdan qaltirab, kuchsiz, darmonsiz bo‘lib qolgandek sezdi o‘zini. T. Ashurov, Oq ot

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.