Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sehr} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sehr-la-moq
Izoh(lar)i:
sehr ot

1. 1. G‘ayritabiiy kuchlar, sehrli afsun va duolar yordamida mo‘jiza yaratuvchi harakat va duolar; afsun, jodu. Devlar buni sezib, sehr bilan bitta tayoqni dutorga, qovun po‘chog‘ini doiraga aylantirib, maftun qiluvchi kuy chalib, qo‘shiq ayta boshlabdilar. Oltin beshik
O‘g‘lingizning bu ishi bejiz emas: marg‘ilonlik sehr qildimi, jodu qildimi, haytovur, siz shu yo‘sinda yura bersangiz, erta-indin o‘g‘ildan ajralasiz. A. Qodiriy, Utgan kunlar
Deydilarki, sening ko‘zlaring Afsungarmish, sehr etarmish. R. Parfi, Ko‘zlar

2. ko‘chma hma So‘z yoki xatti-harakatdan kelib chiqadigan maftunkorlik, fusunkorlik, joziba. Kuy sehriga berilmoq. Ko‘p zahmat so‘ngida anglab yetoldim Ustoz Alisherning buyuk sehrini. E. Vohidov
Alimardon o‘z ovozining sehri butun to‘yxonani rom etganini sezib, zavq bilan ashula ayta boshladi. O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: afsun [a][f]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.