Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {savdo}
So‘z bo‘g‘inlari: sav-do
Izoh(lar)i:
savdo ot

1. 1. Tovarni sotish, ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan ikki tomonlama munosabatga doir muomala; oldi-sotdi, savdo-sotiq. Savdo xodimi. Savdo korxonasi. Tashqi savdo. Bir kuni qaynotasi Yodgorga maslahat soldi: — Qachongacha qishlik-qirovlik kunlardayam loy changallab yurasiz. Savdoga kiring. Savdoda gap ko‘p. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
O‘zingizga ma’lum, savdo ahli zararni yoqtirmaydigan, foydatalab xalq bo‘ladi. K. Yashin, Hamza
Birorta odam savdo sohasida ishlasa, darrov odamlarning miyalariga egri fikr keladi. F. Musajonov, Himmat

2. 2. Oldi-sotdi muomalasida molning narxi to‘g‘risidagi tortishuv. Bozorning o‘rtasida qovun-tarvuzlar uyilib yotibdi. Savdo avjida. R. Fayziy, Sen yetim emassan

3. ko‘chma hma Savdo-sotiqdan tushgan pul. Bugungi savdo yuz ming so‘mga yetdi.

4. 1. Inson hayotida uchraydigan g‘am-tashvish, mashaqqat va kulfat, mushkul holatlar. Nizomjon o‘z boshiga tushadigan savdolarning xuddi shu daqiqadan boshlanishini qayoqdan bilsin. S. Ahmad, Ufq
Har savdoga ko‘nadi bandaning boshi, To‘kilar kuyganning ko‘zidan yoshi. Yusuf va Ahmad
Gulnoz Labzak arig‘i bo‘ylab yelib borar ekan, urush o‘z boshiga solgan savdolarni o‘ylar edi. H. G‘ulom, Toshkentliklar
Men bo‘lsam ko‘zimni qaygadir tikib O‘ylardim: dunyoning savdosi shumi? A Oripov

5. 2. Biror narsa, kimsa dardiga o‘ta berilish holati. Ishq savdosi. Ayriliq savdosi. Hamisha xavfda ko‘nglum bu muhabbat intihosidin, Meni ham etmasa majnun debon Ra’noning savdosi. A. Qodiriy, Mehrob-dan chayon
Dunyo ekan Ishq degan savdo Bormi faqat mening boshimda?! E. Vohidov

6. esk. tib. ib. Inson a’zosidagi to‘rt xil suyuqlikning biri. Ibn Sino savdoyilik kasalini savdo xiltining oshib ketishi natijasida paydo bo‘ladigan ruhiy kasallik deydi. Fan va turmush
Tabobatda inson a’zolarida to‘rt xil suyuqlik bo‘lib, bular — qon, safro, balg‘am va savdodan iborat. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: musibat [a], tashvish [a]

1. savdo I Ot
mol ayirboshlash; savdodan tushgan pul; uylanish va yerga tegish

2. savdo II Ot
turmush tashvishlari va hangomalari; biror narsa yoki kishiga intilishdagi telbalik holati

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.