Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sasi} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sa-si-moq
Izoh(lar)i:
sasi fl

1. 1. Sassiq hid chiqarmoq, yoqimsiz, qo‘lansa hid taratmoq.

2. 2. Sassiq hid kelmoq; yoqimsiz hid urilmoq (burunga). Hammom sasib yotibdi. Yo‘lchi otxonaning bir tomonida uyilib, sasib-bijib yotgan go‘ngni aravaga ortdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Aynib, hidlanib, buzilib, chirib qolmoq. Go‘sht sasib qolibdi. Qopdagi sabzi sasib qolibdi. Asal aynimas, sariyog‘ sasimas. Maqol
Besh kilogramm keladigan baliqning qulog‘ini ochib qarab, [Shokirjon] baliqchiga po‘pisa qildi: — Iy-ya, irib qolibdi-ku, sasiganga o‘xshaydi. Guliston

4. 4. O‘t chiqarmasdan tutab, qo‘lansa hid chiqarib yonmoq. Samovar sasiyapti. Saroyning to‘rida boshqalarga qaraganda ko‘rkamroq bir hujra narigilarida qora chiroq sasiganda, bu hujrada sham yonardi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. ko‘chma hma Dag‘l. Achchiq-tirsiq, kinoyali gap qilmoq. Achigan og‘izdan sasigan gap chiqadi. Maqol
U [notanish kishi] Mo‘min xunobga nafrat bilan qarab olib, uch-to‘rt og‘iz sasidi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
— Usta, askiyani choyxonaga chiqib qilasiz. Bu —majlis. Gapingiz bo‘lsa, panada sasimay, manovi yoqqa chiqib gapiring! — dedi rais. S. Ahmad, Cho‘l burguti

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.