Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {robita}
So‘z bo‘g‘inlari: ro-bi-ta
Izoh(lar)i:
robita ot

1. esk. kt. kt. O‘zaro munosabat, aloqa, bog‘lanish. Garchi Alisher janoblari bilan faqirning orasida munosabat va robita unchalik barpo bo‘lmagan esa-da u janobning hayotlariga doir ba’zi jihatlardan xabardorman. Oybek, Navoiy
— Lekin, — dedi Qulmurod o‘z so‘zining davomida, — siyosiy bo‘lim bu jinoyat orasida bir robita topmoqchi bo‘lib, ko‘p ishladi. S. Ayniy, Qullar
Seminar davomida so‘zga chiqqan notiqlar ikki xalq o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik robitalari haqida atroflicha to‘xtaldilar. Gazetadan

2. 2. Tasavvufda: murid bilan uning piri yoki avliyo (valiy) o‘rtasida paydo bo‘ladigan ruhiy aloqa, bog‘lanish.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aloqa [a], munosabat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.