Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {riyozat}
So‘z bo‘g‘inlari: ri-yo-zat
Izoh(lar)i:
riyozat ot

1. 1. Qiyinchilik, mashaqqat, og‘ir mehnat, zahmat. Nega meni yo‘qlamas do‘stlar, Bir do‘st, deya chekmas riyozat? Kimdir bugun holimga kular, Kimdir menga qilar xiyonat. A. Po‘lkan, Izhor
Bu iztirob ko‘nglini lahza sayin yuksaltirib borar, chekkan nihoyasiz riyozat va azoblari evaziga unga yupanch berar, hamdard bo‘lmoqqa va’da etar edi. X. Sultonov, Onamning yurti
Pedagog obro‘yini topish uchun chuqur bilim egallab, aql-u odob kasb etib, bir umr ha,yul riyozat chekmoq lozim. R. Usmonov, Odobnoma

2. din. in. Dunyoviy ishlardan o‘zini, nafsini tiyib qiynalish, o‘zini qiynash; tasavvufda tariqatning asosiy shartlaridan biri. Riyozatning natijasi — faqr-u fano, ya’ni ilohiy axloq sohibi bo‘lish. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qiyinchilik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.