Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rahm}
So‘z bo‘g‘inlari: rahm
Izoh(lar)i:
rahm [rahm ]

1. Ayanch yoki mushkul ahvoldagi kimsaga, narsaga nisbatan achinish tuyg‘usi va shunday tuyg‘u ta’sirida ko‘rsatilgan shafqat, marhamat. Sizni og‘zi qon bo‘ri dedim, chunki sizda rahm yo‘q. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ayov
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi G‘anijon Abdurahmonov 1925- yil 3- dekabrda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. U tilshunos olim sifatida o‘zbek tili tarixi, o‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi, tilning badiiy-estetik vazifasi, shuningdek, tilshunoslikning umumiy masalalari doirasida barakali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, «Gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklari» (1956), «Qo‘shma gap» (1957), «Qo‘shma gap sintaksisi asoslari» (1958), «Qo‘shma gap sintaksisi» (1964), «O‘zbek adabiy tilining uslubiy normalari» (1973), akademik A.Rustamov bilan hamkorlikda yozilgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida ahamiyatga ega.

Akademik G‘.Abdurahmonov oliy va o‘rta ta’lim bo‘g‘inlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, akademik A.Rustamov bilan hamkorlikda yozilgan «Qadimgi turkiy til» (1982), Sh.Shukurov bilan hamkorlikda yozilgan «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi» (1973) kabi qator asarlari bilan o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qildi. Uning tahriri ostida o‘zbek tilining ikki tomli akademik grammatikasi («O‘zbek tili grammatikasi» (2 tomli, 1975–76)) yaratildi. X–XI sinflar uchun yozilgan ona tili dasturi va darsligi ko‘p yillardan buyon yosh avlodga til haqida bilim berishga xizmat qilib kelmoqda.

Filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi Sh.Shoabdurahmonov1924- yilda Toshkentda tavallud topgan.. O‘zbek tili fonetikasi, o‘zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratib, tilshunosligimiz rivoji uchun munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953), «Fonetika. O‘zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya» (1955), «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Akademik Sh.Shoabdurahmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V.Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun «O‘zbek dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o‘rta maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» (1977, 1978, 1980, 1982) hamda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega.

 

1. rahmi keldi: ayash, achinish hissi uyg‘ondi

2. rahmini keltirdi: ayash, achinish hissini uyg‘otdi

1. Berahm – shafqatsiz – qahrli – zolim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchliligiga ko‘ra )

2. Rahmat – tashakkur – qulluq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

3. Shafqat – rahm – omon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.