Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qoq}
So‘z bo‘g‘inlari: qoq
Izoh(lar)i:
qoq fl

1. 1. Zarb bilan kiritmoq (qoziq, mix kabilar haqida). Yerga qoziq qoqmoq. Yog‘ochga mix qoqmoq. Ungur chuqurlashgan sari qoziqlar shu zaylda qoqib borilsa, yo‘ldan adashmaymiz.
[Unsin] Ichkari uyda o‘tirib, mahsilarga shon qoqadi, shondan tushiradi, pardozlaydi, qoragul, lok surkaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Mixlab yopishtirmoq, mahkamlamoq. Pol qoqmoq. Otga taqa qoqmoq. Tomga tunuka qoqmoq. Nima uchun devorlarga gilam qoqmadinglar? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Nima bo‘ldi-yu, hech kim bilan kengashmay pravleniyening eshigiga shunday bir e’lonnoma qoqib qo‘ydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Urib ovoz chiqarmoq, taqillatmoq, dukullatmoq. Hamma uxlaganda, u mullavachchaning hujrasini qattiqroq qoqsangiz, hammasini ko‘rasiz. J. Sharipov, Xorazm
Samandarov qalamning orqasi bilan stolni qoqib, g‘ovurni bosdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
[Sharofat] Uyning narigi devorini qoqib, qo‘shnini chaqirish uchun o‘rnidan arang turdi. H. Ziyoxonova, Arzanda

4. 4. Yelkaga yoki orqaga kaft bilan sekingina urmoq, shappatilamoq. Kerishayotgan jangchining yelkasiga panjasi bilan qoqib: — Ketdikmi, Dehqonboy! — dedi o‘zbek tilida bir jangchi. N. Safarov, Jangchi shoir
Bobom meni qattiq quchib, qo‘li bilan orqamni bir-ikki qoqadi, tag‘in ishga tutinadi. Oybek, Bolalik

5. 5. Urib, chertib, silkitib va boshqalar yo‘l bilan ichidagi, ustidagi narsani tushirmoq, shu yo‘l bilan tozalamoq. Gilamning changini qoqmoq. Iliq qoqmoq. Burnini qoqmoq. Dasturxonni qoqmoq. Kiyimlarni qoqmoq. Telpakning qorini qoqmoq. U etakka ilashib qolgan paxtalarni qoqayotganda, boshidagi chopon birdan sirg‘alib, tushib ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Imom, to‘polonda boshidan tushib, tuproqqa qorishgan sallasini qoqib-qoqib, qaytadan o‘rarkan, o‘z qavmiga va’z-nasihat qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Siz kelguningizcha, men ko‘rpachalaringizni qoqib, supurib qo‘yaman. Mirmuhsin, Me’mor

6. 6. Urib yoki silkib, mevalarni tushirmoq. Jiyda qoqmoq. Olma qoqmoq. Shaftoli qoqmoq. Salomatning onasi ellikboshining bog‘idagi azim tup yong‘og‘ini qoqayotganda, yiqilib yotib qoldi. S. Ahmad, Hukm
Men sizga aytsam, bahorda gul terib, kuzda o‘rik qoqib berib, ko‘nglini olib yurdim. P. Tursun, O‘qituvchi

7. 7. Biror a’zoni silkitmoq, qimirlatmoq. Qoshini qoqmoq. Qanot qoqmoq. Shakar buvi belini ushlab, kiftini qoqqancha bobilladi. H. Nazir, Tomosha
Rais darrov o‘rnidan turdi, bir qo‘lini orqasiga qo‘yib, ikkinchi qo‘lini boshi uzra kamalak qilib, ikki-uch yelka qoqdi-da, shunday yo‘g‘on gavdali bo‘lishiga qaramasdan, bedanaday yo‘rg‘aladi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

8. ko‘chma hma Holdan toydirmoq, toliqtirmoq. — Yur biznikiga, — taklif etdi rais, — andak dam ol, birga ovqatlanaylik, mashina kishini qoqib qo‘yadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Yo‘l qoqib, o‘zi adoyi tamom bo‘lgan-u, ketidagi Zulxumordan nomus qilganidan ham yo‘ldan qolmay chidab boradi. M. Mansurov, Yombi
Kecha meni ot qoqqan ekan, o‘rnimga kirishim bilan qotib uxlabman. A. Qodiriy, Uloqsa

9. etn. tn. Qoqim qilmoq, qoqim qilib davolamoq. Hakka kelib cho‘qisin, Mulla kelib o‘qisin, Qoqimchi kelib qoqsin, Ko‘zing suv bo‘lib oqsin. Folklor

Antonim(lar)i: ho‘l , nam
Sinonim(lar)i: xuddi [f-t], quruq , xasis [a]

1. qoq I Sifat
1.Quruq, nami sira qolmagan; oriq, suyakdan iborat. 2. Taqir, hech narsa o‘smaydigan

2. qoq II Ravish
xuddi, naq, o‘zi

3. qoq III Fe’l
bir qattiq jismga ikkinchi qattiq jismni urmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi: barcha kirdikorlarini ochib tashladi

2. kiprik qoqmaslik: sira uxlamaslik

3. mijja qoqdi: mizg‘idi

4. mijja qoqmadi: sira uxlamadi

5. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

6. po‘stagini qoqdi: ayovsiz tanqid qildi

7. to‘rva qoqdi: Oxirgi farzand, kenjatoy

8. to‘ydan ilgari nog‘ora qoqdi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yubordi

9. yuragi qoq yorila yozdi: sevinib, juda kuchli hayajonlandi

1. Ishchan – harakatchan – g‘ayratli – tirishqoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

2. Xasis – baxil – qurumsoq – ziqna – qoqvosh – mumsik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

3. Xuddi – aynan – ayni – rosa – naq – qoq – baayni
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.