Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qolip}
So‘z bo‘g‘inlari: qo-lip
Izoh(lar)i:
qolip ot

1. 1. Tikiladigan poyabzalning ichiga qo‘yiladigan va uning katta-kichikligini, shaklini belgilaydigan moslama. Yog‘och qolip. Qirqinchi qolip. Etikni qolipga tortmoq. Uning katta boshi-da xuddi qolipga tortilgan mahsiday tarang turgan chust do‘ppisi ham bor edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Amaliy san’atda: bezak naqshni qo‘yib (tortib), bosib yasash uchun ishlatiladigan maxsus shakldagi moslama; andaza.

3. maxs. xs. Quyma detal yoki mahsulotga shakl beradigan moslama. G‘isht qolipi. Sovun qolipi. Qozon qolipi. Qolipga detal quymoq. Ayvonda sovungarning qolipiday qotib qolgan o‘rtoq Mehmonov bu so‘zlarni eshitar ekan, qo‘lini paxsa qilib, xotiniga o‘kira ketdi. S. Abdulla, Obro‘yim to‘kiladi

4. ko‘chma hma Andaza, shablon. Bir qolipdagi gap. Bir qolipda qurilgan imoratlar. Ochig‘ini aytsam, ularni bir qolipda ishlashdan chekinishga majbur qilishgacha borib yetdik. Gazetadan

5. ko‘chma hma Had, chegara, me’yor. Sinfda bordir bir xil Erkatoy, haddan oshgan, Sho‘xligi suyuqlashib, Qolipdan oshib-toshgan. H. Nazir
Odam taqdirini hal qilish uchun sizning qolipdan chiqqan savolingiz torlik qiladi. A. Muxtor, Tug‘ilish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: andaza [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qolib qolmoq
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Fonema – morfema – so‘z – qolip
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkibining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.