Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qayna} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qay-na-moq
Izoh(lar)i:
qayna fl

1. 1. Kuchli issiqsan ko‘pirib, bug‘lanib vaqirlab turmoq. Yuz gradus issiqlikda suv qaynaydi. Qozonda sho‘rva qaynamoqda. Baqirlab qaynayotgan dorini birov qoshiq bilan shopirib turdi. A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi

2. ko‘chma hma Qaynagan holatni bildiruvchi tovush chiqarmoq (ichida suv, suyuqlik bo‘lgan idish haqida). Samovar qaynadi. Tikilgan qozon qaynamas. Maqol.
Pechka ustida uchta kotelok [qozoncha] bug‘ buriqtirib, shaqirlab qaynardi. Oybek, Quyosh qoraymas

3. ko‘chma hma Xuddi qaynagan ko‘rinishli holatda bo‘lmoq; otilib chiqmoq (buloq, daryo kabilar haqida). Ammo daryo qaynar, ko‘pirar — To‘nka ostin yalab o‘pirar. Mushtum
Qadimiy chinor tagida choyxona, uning hovlisida billurdek tiniq chashmalar qaynab yotadi. Gazetadan
Qaynab toshsin neft buloqlari. Yo, Mirzo
ularning hozirgi hollarini sezib yotgan Kumushning-da qaynab chiqqan ko‘z yoshlari ikki chekkasidan yostiqqa oqib tusha boshladi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. Pishmoq, pishib yeyishli holga kelmoq. Ikki qo‘chqorning boshi bir qozonda qaynamas. Maqol
Dekchada sabzi-piyoz ham miriqib qaynadi. H. G‘ulom, Mash’al.
[Puldorlarning] Qorinlari to‘q. Bolachaqalari rohatda, uylarida qazi-qarta qaynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. ko‘chma hma Achimoq, bijg‘imoq, achib-bijg‘ib bijirlamoq; shu tariqa yetilmoq. Bochkaga bosilgan uzum qaynay boshladi. Kun kishilarning uylarida musallas bilan bo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkilik sotish bilan tiriklik qiluvchilar ham yo‘q emas edilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. ko‘chma hma Kuchli xatti-harakatli, qo‘zg‘algan, to‘lqinlangan holatda bo‘lmoq (ko‘pchilik odamlar haqida). Sultonmurod qaynagan olomon ichida turtki yeb, bosilib, ezilib, uzoq yurdi. Oybek, Navoiy
Kun sovuq, lekin bozor qaynardi. Oybek, Ulug‘ yo‘l

7. ko‘chma hma Kuchli, qizg‘in tus olmoq. Dalalarda ish qaynaydi: kimlar paxta teradi, kimlar beda o‘radi, kimlar shudgor qiladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Usta Hazratqulning qurilish maydonchasida ham mehnat qaynaydi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

8. ko‘chma hma Jahli, asabi kuchli qo‘zg‘almoq. Telefon dastasini qo‘pol harakat bilan, peshonasidan ter chiqquncha aylantiradi-da, javob ololmay qaynab ketadi. A. Muxtor, Opa-singillar

9. ko‘chma hma Ayrim so‘zlar bilan birikib, shu so‘zlar anglatgan narsaning kuchli, ortiq darajada bo‘lishini bildiradi. Ichida qaynagan hislar bulog‘i qo‘liga qalam oldirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Men uncha-munchaga beparvo qizlardan, deb yursam, ichida shunaqa fikrlar qaynab yotgan ekan. P. Tursun, O‘qituvchi
Japaqning miyasida savollar qaynab toshdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Rostini aytsam, shu zamonda gap-so‘z qaynab ketgan, lekin birovining ham ma’nosi yo‘q. Oybek, Tanlangan asarlar

10. ko‘chma chma Nihoyatda isimoq; yonmoq. Kun qaynab ketgan. To‘rt tomonni yondirib yotgan saraton olovining tafti chayla ichkarisiga dam-badam uriladi. Yoshlik

11. ko‘chma chma Ko‘p miqdorda tiqilib ketmoq. Buloqda baliq qaynab yotibdi. Bu koridorda tanaffus vaqtida odam qaynaydi. P. Qodirov, Uch ildiz
Hovliga chiqqanda, katta hovli xotinlar bilan qaynar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: jo‘shmoq , yonmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ichi qaynamoq: diqqati oshmoq, asabi qo‘zg‘amoq.

2. zardasi qaynamoq: juda jahllandi

1. Ilimoq – isimoq – qaynamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zgarish holatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.