Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qancha}
So‘z bo‘g‘inlari: qan-cha
Izoh(lar)i:
qancha [qan-cha ]

1. To‘yga qancha odam keldi? Bugun qancha paxta terildi? Oshga qancha guruch soldingiz? Namakob tayyorlash uchun bir litr suvga qancha tuz solinadi? Kechgacha qancha yo‘l yurdik? Qanchadan beri uchrashmadinglar? so‘r. olm.Miqdor, ko‘lam, o‘lcham kabilar haqida so‘roqni bildiradi; qay miqdorda?

2. Ritorik so‘roq gaplarda miqdor, o‘lcham va shu kabilarning ortiq darajasini, ko‘pligini qayd etadi. O‘ylab qara, ertadan kechgacha qancha odam bilan muomala qiladi!Oybek, Tanlangan asarlar◆Mirzajon aka qishloq qurilishida loyihachilar, arxitektorlar, quruvchilar bilan qancha kurashmadi! O‘zbekiston qo‘riqlari

3. So‘roq gapdan transformatsiyalangan gaplarda so‘roq anglatmay, faqat nisbiy belgi bildiradi. Qancha yotdim — bilmayman, sekin ko‘zimni ochsam, o‘sha torgina xonada yotibman. E. Raimov, Ajab qishloq.

4. rvsh.Har qancha, nechog‘li, naqadar. Bir xizmatkorning qiziga uylanishi, qiz qancha chiroyli bo‘lmasin, o‘z obro‘si uchun katta nuqson deb bilgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. Bog‘lovchi so‘z (nisbiy so‘z) vazifasida qo‘llanadi. O‘zbek oyim nabira masalasida qancha xursand bo‘lsa, Otabek shunchalik xafa edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: har qancha
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Naqadar – nechog‘lik – qanchalik – bunchalar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.