Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {puf} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: puf-la-moq
Izoh(lar)i:
puf ys

1. taql. s. Nafas olish, o‘tni o‘chirish yoki alangalatish va issiq narsani sovitishda ikki lab orasidan kuchli bosim bilan havo chiqishida eshitiladigan tovush va shu harakatning o‘zi haqida. Mulla Said Jalolxon burniga qo‘ngan pashshani qo‘lidagi ro‘molcha bilan qo‘rish malol keldi shekilli, ostki labini cho‘zib, puf dedi. A. Qahhor, Bashorat
[Gulnor] Yonidagi chiroqni puf deb o‘chirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shuning uchun bolalari kasalmand ko‘rinisharkan-da! Dalavoyning ayoli puf desa, uchib ketadigan, ramaqijon ekan. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.