Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {poydevor}
So‘z bo‘g‘inlari: poy-de-vor
Izoh(lar)i:
poydevor ot

1. 1. Imorat yoki inshootning ost qismi; mashina, mexanizmlarning asosi. Tosh poydevor. Ustun poydevori. Bir hovuch suv ayvonning pishiq g‘ishtdan urilgan poydevoriga sachradi-da, shimilib ketdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Imoratning poydevori xarsang toshlardan ko‘tarildi, devorlari sinch qilindi. Yoshlik
U hovliga kirishi bilan, ayvon poydevoriga suyanganicha, boshini osiltirib uxlayotgan onasini ko‘rdi. T. Malik, Shaytanat

2. ko‘chma hma Zamin; negiz, baza. Mehnat — rohatning poydevori. Maqol
Insonni ma’naviy shaxs sifatida shakllantirishda maktab poydevor desak bo‘ladi. M. Jo‘ra, Noshirnoma
Ta’limning poydevori bilimning hayotda kerakligini bolaning ongiga yetkaza bilishdir. P. Usmonov, Odobnoma
Har tomonlama o‘zaro aloqalarimizga poydevor bo‘lib xizmat qiluvchi mazkur hujjat asosida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik tobora ravnaq topayotir. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: asos [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.