Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pichoq} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: pi-choq-la-moq
Izoh(lar)i:
pichoq ot

1. 1. Dastaga o‘rnatilgan yassi va uzun tig‘li ro‘zg‘or asbobi. Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
O‘tmas pichoq qo‘l kesar. Maqol
Yaxshi gap bilan ilon izidan, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. Maqol
Zokir ota qochish yo‘llarini yaxshi uqtirgach, yirtiq ko‘n etigining qo‘njidan bir pichoqni olib, sekin menga uzatdi. G‘ayratiy, Unutilmas kunlar
To‘lanboy so‘rida chordana o‘tirib olgan, pichoqni taxtaga taq-taq tegizib, sabzi to‘g‘rayapti. S. Ahmad, Ufq

2. tex. ex. Turli asboblarning kesuvchi qismi. Go‘sht qiymalagich pichog‘i.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.