Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {paypasla} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: pay-pas-la-moq
Izoh(lar)i:
paypasla fl

1. 1. Qo‘l bilan ushlab yoki silab ko‘rmoq; shu yo‘l bilan qidirmoq. Cho‘ntagini paypaslab, gugurt axtarmoq. Normat engashib, etigining qo‘njini paypaslab ko‘rdi. S. Ahmad, Ufq
Cho‘ntagini paypaslab, xushbo‘y atir hidi ufurib turgan ro‘molchani chiqardi-da, burniga yaqin keltirib, uzoq hidladi X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar
Ahmadjon miltig‘ini paypaslab ko‘rdi. A. Qahhor, Oltin yulduz

2. ko‘chma hma Bekitishga, yumshatishga urinmoq, xaspo‘shlamoq. U o‘z aybini paypaslamoqchi bo‘ldi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.