Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oyna} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: oy-na-la-moq
Izoh(lar)i:
oyna ot

1. 1. Odatda deraza, eshik ko‘zlariga o‘rnatish uchun ishlatiladigan yassi shisha. Bir taxta oyna. Deraza oynasi. Oyna zavodi. Oyna sinig‘i. Oyna kesmoq. Tumanlangan deraza oynalarida yirik qor parchalari oq kapalakday ko‘rinadi. Oybek,Tanlangan asarlar

2. s. t. t. Deraza. — Qor-ku mayli-ya, bo‘roniga nima bor, — dedi blindaj oynasidan qarab turgan Normat. I. Rahim, Chin muhabbat
— Ikki tomon tog‘ — dedi Hafiza mashina oynasidan baland tog‘larga ag‘rayib, — muncha chiroyli! Mirmuhsin, Umid

3. 3. Qarshisidagi narsalarni aks ettiradigan, odatda kishi o‘z aksini ko‘radigan, orqasi sirlangan maxsus shisha; ko‘zgu. Basharang qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama. Maqol
Dahlizdagi oyna oldida sochlarini tarayotgan Xolisa ularga soxta jahl aralash g‘urur va bir oz mehr bilan kinoya qildi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
[Zebo] Oynaga qarab, o‘zini tuzatdi. Shuhrat, Shinelli yillar

4. ko‘chma hma Biror holatni, hodisani aks ettirib yoki yoritib turgan narsa; ko‘zgu. Do‘st do‘stning oynasidir. Maqol
Kundalik daftar — maktab bolasining xulq-atvorini, olgan baholarini ravshan ko‘rsatib turadigan tiniq oyna. M. Ismoiliy, Bizning roman

5. s. t. t. Ko‘zoynak. Oyna ortidan tikilib turgan bir juft o‘tli ko‘z uning ongiga anchadan keyin yetdi. P. Qodirov, Uch ildiz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.