Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oylik}
So‘z bo‘g‘inlari: oy-lik
Izoh(lar)i:
oylik ot

1. 1. Oy mobaynida davom etadigan. Bir oylik otpuska. To‘qqiz oylik yo‘l.

2. 2. Bir oyga mo‘ljallangan. Oylik reja. Qo‘shchinor to‘g‘on uchastkasida ikki oylik ish qoldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Har oyda chiqadigan. Oylik jurnal.

4. 4. Oyiga to‘lgan, ma’lum bir (muddat) oy yashagan. Bir oylik qo‘zi. Ikki oylik bola.

5. 5. Bir oy mobaynida qilingan mehnat uchun tegadigan haq, maosh. Necha pul oylik olasiz? Boks to‘garagining treneri sifatida u bekorga oylik olyaptimi? A. Obid-jon, Akang qarag‘ay Gulmat

6. 6. Biror ijtimoiy ishni bajarish, tadbir o‘tkazish uchun belgilangan bir oy muddat. Kitob oyligi. Shaharni obodonlashtirish oyligi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: maosh [a]

1. oylik I Ot
oy maoshi

2. oylik II Sifat
oy mobaynida

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Maosh – oylik – moyana
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.