Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oxir} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-xir-la-moq
Izoh(lar)i:
oxir rv

1. 1. Cho‘ziq narsaning so‘nggi chegarasi, eng keyingi qismi, poyoni. Yo‘lning oxiri ko‘rinmaydi. Nusratbekning uyi shu kimsasiz, sokin ko‘chalardan birining oxirida — paxtazor chegarasida joylashgan ekan. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. 2. Davomli narsalarning so‘nggi qismi, xotimasi. Dostonning oxiri, Spektaklning oxiri. [Usta Olim] Xatning oxirida: Sizdan bir kun so‘ng Homid o‘ldi deb yozar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning so‘nggi, oxirgi dami, nihoyati. Yilning oxiri. Qishning oxiri. Oxir bo‘lmoq. Shunga qaramasdan, bu maktab yil oxiriga borib, o‘zlashtirish 160, davomat 200 foiz bo‘ldi, deb axborot beribdi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

4. 4. Oqibat, natija; pirovard. Yomon ishning oxiri voy. — Hay, ishqilib, oxiri baxayr bo‘lsin, — dedi Maxsum. P. Tursun, O‘qituvchi

5. 5.

Antonim(lar)i: bosh
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: axir – [a] Oxiri, pirovardida, nihoyat; ma’noni kuchaytiradi, ta’kidlaydi.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.