Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ovqat}
So‘z bo‘g‘inlari: ov-qat
Izoh(lar)i:
ovqat ot

1. 1. Rizqlanish, yeyish-ichish uchun tayyor narsa; yemish, taom, yemak. Tamli ovqat. Issiq ovqat. Yengil ovqat. Parhez ovqat. Xushxo‘r ovqat. Kechki ovqat. Tushki ovqat. Bolaga ovqat yedirmoq. Mulla Norqo‘zi ovqatini yeb, choyga umidvor bo‘lib o‘tirganida, ko‘cha eshigidan yoshgina bir xotin kirib keldi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
Ahmad brigadir ovqatga non to‘g‘rab, ishtaha bilan ovqatlandi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. 2. Ovqatlanish. Sidiqjon ovqatdan keyin qo‘liga gazeta olgan edi, bir maqolani yarimlatmasdan ko‘zi suzildi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Uy hayvonlarining yem-xashagi; oziq; ozuqa. Mollarga ovqat solmoq.

4. 4. Yeyish, ichish, tirikchilik uchun darkor narsalar; oziq. Fuod afandi bizga mehribonchilik qilib, ovqatimizga qarashib turdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. Vaqt(lar), davrlar, mavsumlar; tirikchilik, kun o‘tkazish.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.