Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ov}
So‘z bo‘g‘inlari: ov
Izoh(lar)i:
ov ot

1. 1. Yovvoyi hayvon, baliq, qush va shu kabilarni turli yo‘llar bilan tutish, ovlash yoki otish. Baliq ovi. Bedana ovi. Mergan ovda bilinar, botir — yovda. Maqol
Rahimov kuyovni tez-tez Toshkentga chorlab turardi. Kuyov ov ishqibozi edi. Mirvali ko‘p qiyinchiliklar bilan bu tog‘larga o‘rgatgan kiyiklarni u qiyratardi. S. Ahmad, Jimjitlik

2. 2. Ov qilinadigan, ovlanadigan jonivor; ilvasin. Ovga boy cho‘l. Shu kunlarda Oloy tog‘ida ov kom.

3. ko‘chma hma Qo‘lga tushirilishi mo‘ljallangan kimsa yoki narsa. Yumaloq, qoragina odam qo‘lidagi to‘pponchani mahkam ushlagani holda gandiraklab, so‘kinib ovini qidira boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Ovchining o‘ljasi. Arslon og‘zidan ov olinmas. Maqol
Suvonjon, tuzoqqa ilingan ovni chiqarib yuborishdan qo‘rqqan ovchidek, qizni mahkam quchoqlaganicha, yong‘oq tomonga keta boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy

5. ko‘chma hma Sodir bo‘lishi kutilayotgan biror voqea-hodisa haqida. Xalq qimirlab qoldi. Odamlar qulog‘i ovda. Turli-tuman mish-mish gaplar. Odamlar aniq bir tasavvurga ega bo‘lmagani uchun har kim o‘z holicha fol ochardi. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi G‘anijon Abdurahmonov 1925- yil 3- dekabrda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. U tilshunos olim sifatida o‘zbek tili tarixi, o‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi, tilning badiiy-estetik vazifasi, shuningdek, tilshunoslikning umumiy masalalari doirasida barakali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, «Gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklari» (1956), «Qo‘shma gap» (1957), «Qo‘shma gap sintaksisi asoslari» (1958), «Qo‘shma gap sintaksisi» (1964), «O‘zbek adabiy tilining uslubiy normalari» (1973), akademik A.Rustamov bilan hamkorlikda yozilgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida ahamiyatga ega.

Akademik G‘.Abdurahmonov oliy va o‘rta ta’lim bo‘g‘inlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, akademik A.Rustamov bilan hamkorlikda yozilgan «Qadimgi turkiy til» (1982), Sh.Shukurov bilan hamkorlikda yozilgan «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi» (1973) kabi qator asarlari bilan o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qildi. Uning tahriri ostida o‘zbek tilining ikki tomli akademik grammatikasi («O‘zbek tili grammatikasi» (2 tomli, 1975–76)) yaratildi. X–XI sinflar uchun yozilgan ona tili dasturi va darsligi ko‘p yillardan buyon yosh avlodga til haqida bilim berishga xizmat qilib kelmoqda.

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Muhabbat Abduraimova 1943 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Olima o‘zining sal kam 50 yillik  pedagogik faoliyati davomida yoshlar ongi va shuuriga ona tiliga mehr va sadoqat tuyg‘ularini singdirish, darsliklarning yangi avlodini yaratish, ona tili ta’limi mazmunini yangilash kabi islohotlar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Olima ona tili va o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishning dolzarb masalalari bilan shug‘ullanuvchi Respublika Doimiy anjumani tashabbuskori va tashkilotchilaridan biri. 8- sinf “Ona tili” darsligi mualliflaridan biri.

M.Abduraimova ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi filologiya bo‘limini boshqarib kelmoqda. 

Mazluma Asqarova1924-yil 4-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1965), filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965), Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining muxbir a’zosi (1968). Toshkent pedagogika bilim yurti (1940), Toshkent pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini (1944) tamomlagan. M.Asqarova qo‘shma gap qismlarining mazmun munosabati, tuzilish va bog‘lanish yo‘llari xususida tadqiqot olib borib, qo‘shma gapni bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gapga ajratgan. Uning «Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar» (1960), «O‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar» (1966), «O‘zbek tili taraqqiyoti muammolariga doir» (1995) kabi asarlari o‘zbek tili sintaksisini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

M.Asqarovao‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning A.G‘ulomov bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis» kitobi o‘zbek tili sintaksisi tadqiqiga bag‘ishlangan sara asarlardan. M.Asqarovaning o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun hammualliflikda yozilgan ona tili darsliklari salkam 20 yil davomida maktablarda o‘qitilib, ta’lim va tilshunoslik taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

 

Bog‘lovchi – gap bo‘laklari va sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘z turkumining biri.

Umumiy grammatik belgilari. Gap tarkibidagi so‘zlar va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar bir-biri bilan grammatik jihatdan teng yoki tobe bo‘ladi: onalar va bolalar xonasi, Quyosh chiqdi va kun isidi, Qunduz darsga kechikdi, chunki yo‘lda ushlanib qoldi. Bunday munosabatni ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar atash ma’nosiga ega emas, so‘roq qabul qilmaydi, mustaqil gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi. Morfologik jihatdan o‘zgarmaydi: turlanmaydi, tuslanmaydi. So‘z yasalishi, shakl yasalishi uchun asos bo‘lmaydi.

Bog‘lovchining qo‘llanishiga ko‘ra turlari.Gapda qo‘llanilishiga ko‘ra bog‘lovchi yakka, takror, yakka va takror qo‘llanadagan bog‘lovchiga bo‘linadi. Yakka qo‘llanadigan bog‘lovchiga a, va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki, gar, agar, agarda, basharti, chunki, garchi, garchand, go‘yo, go‘yoki, ki/kim, esa, ya’ni; takror qo‘llanadigan bog‘lovchilarga damdam, ba’zanba’zan, hamham, birbir, xohxoh, gohgoh; yakka va takror qo‘llanadigan bog‘lovchiga yo, yoki bog‘lovchisi kiritiladi.

Bog‘lovchining vazifasiga ko‘ra turlari.Bog‘lovchigap bo‘laklari yoki qo‘shma gap qismlarini qanday munosabatda bog‘lashiga ko‘ra teng bog‘lovchi va ergashtiruvchi bog‘lovchiga bo‘linadi.

Teng bog‘lovchilar gapning uyushiq bo‘laklari yoki qo‘shma gap tarkibidagi teng huquqli sodda gaplarni bog‘laydi: darsliklar va qo‘llanmalar. Shamol tindi va hamma uyquga ketdi. Kecha sokin va iliq edi. Quyosh chiqdi, lekin havo isimadi.

Teng bog‘lovchi ma’nosiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi:

1)  biriktiruv: va, hamda, bilan (ko‘makchi-bog‘lovchi), ham, u//yu. da (yuklama-bog‘lovchi);

2)  zidlov: ammo, lekin, biroq, esa, balki, holbuki, vaholanki, a;

3)  ayiruv: yo//yoki//yoxud//yoinki, yoyo, gohgoh, damdam, ba’zanba’zan, birbir, xohxoh;

4) inkor bog‘lovchisi: na…, na…

Ergashtiruvchi bog‘lovchi asosan qo‘shma gap tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: Endi qattiq o‘qimasak bo‘lmaydi, negaki test sinovlariga yaqin qolmoqda.

Ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

1) aniqlov: ya’ni, ki//kim;

2) sabab: chunki, negaki, sababki, zeroki;

3) shart: agar//gar//agarda, basharti, mabodo, garchi// garchand, modomiki.

Bog‘lovchining tabiatiga ko‘ra turi: 1) sof bog‘lovchi;2) vazifadosh bog‘lovchi.

Faqat bog‘lovchiga xos vazifa bajaruvchi yordamchi so‘z sof bog‘lovchi: va, lekin, agar.

Bir o‘rinda bog‘lovchi, boshqa o‘rinda ko‘makchi, yuklama, modal so‘z yoki biror mustaqil so‘z bo‘lib keladigan yordamchi vazifadosh bog‘lovchi hisoblanadi:

bilan ko‘makchisi: olma bilan anor;

na…na yuklamasi: na otam bor, na onam bor;

balki modal so‘zi: bu gaplar qulog‘imga kirmas, balki battar g‘ashimga tegar edi.

bir soni: bir kulasan, bir yig‘laysan.

Shuningdek, -u (yu), -da, ham, -a yuklamasi, ba’zan ravishi ham bog‘lovchi vazifasida kelishi mumkin.

Uslubiy belgilari.

1. bilan, bordi-yu, ham, -u/-yu, -da, deb, ba’zan, negaki, toki kabilar sof bog‘lovchi emas. Ular bog‘lovchi vazifasidagi so‘z hisoblanadi.

2. hamo‘zi bog‘lagan qismdan oldin kelsa, ayiruv bog‘lovchisi (ham o‘qidim, ham yozdim), keyin kelsa yuklama (o‘qidim ham, yozdim ham) sanaladi.

3. ham ta’kid ma’nosini bildirganda yuklama (Men ham borman), teng munosabatni ko‘rsatganda biriktiruv bog‘lovchisi hisoblanadi: Keldi Dildor ham Ruxsor.

4. Takroriy bog‘lovchining bir qismi faqat takror kelganda bog‘lovchi hisoblanadi. Yakka qo‘llanganda boshqa turkumga mansub bo‘ladi: ba’zan–ravish: Ba’zan borib turaman;bir – son: Bir ko‘rdim men uni;dam–ot: Dam oldim.

5. bilan ko‘makchisi teng munosabatni ko‘rsatganda bog‘lovchi, tobe munosabatni ko‘rsatganda ko‘makchi hisoblanadi: darslik bilan qo‘llanma – qalam bilan yozmoq.

6. na…, na… so‘zlar orasidagi teng munosabatni ko‘rsatib, biriktiruv bog‘lovchiga ma’nodosh bo‘lsa, bog‘lovchi (Na xotin, na farzand ko‘rmagan… (G‘.G‘ul.)), inkor ma’nosi kuchli bo‘lganda yuklama hisoblanadi: Na so‘ngiga yetoldi ishning, Na dunyoni anglab ulgurdi.(E.Voh.)

Imlosi:1. yo, yokibog‘lovchilari yakka qo‘llanganda tinish belgisi ishlatilmaydi (Kelasizmi yo o‘zimiz boraylikmi?), takror qo‘llanganda vergul qo‘yiladi: Yo bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘or ishini (Cho‘lp.).

2. Takror qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchilari oldidan vergul ishlatiladi.

3. -u (-yu), -da o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratiladi, lekin uyushiq bo‘laklar o‘rtasiga vergul qo‘yilmaydi.

4. Yozuvda chunki, negaki, sababki, zeroki, ya’ni, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi.

 

Bog‘lovchisiz qo‘shma gapsodda gapning bog‘lovchi vositasiz, ohang yordamida birikishidan tuzilgan qo‘shma gap turi: Kech kirdi, tevarak-atrofga qorong‘ilik tusha boshladi. Bu qo‘shma gapdagi sodda gap o‘zaro faqat ohang yordamida bog‘lanadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning quyidagi turi mavjud: 1) bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Tig‘ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.Bunday gapni bog‘lovchi qo‘yib, bog‘lovchili gapga aylantirish mumkin:Tig‘ yarasi bitar, lekin til yarasi tuzalmaydi; 2) ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Qor yog‘di – don yog‘di. Bunday gapni ergashgan qo‘shma gapga aylantirish mumkin: Qor yog‘di, go‘yoki don yog‘di (o‘xshatish); 3) bog‘langan qo‘shma gapga ham, ergash gapli qo‘shma gapga ham sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.Bunday gapnibog‘lovchi vosita yordamida boshqa tur ergash gapga aylantirib bo‘lmaydi.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda tinish belgisi.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda ohang muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun tinish belgisining ahamiyati katta: 1) agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisani ifodalasa, vergul qo‘yiladi: Arava g‘ijirlab borar, aravakash esa xirgoyisini bir zum ham to‘xtatmas edi;2)  agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo‘lsa, nuqtali vergul qo‘yiladi: Yomg‘ir chelakdan quyganday sharillab yog‘ardi; uning xayoli uzoq, yoshlik paytlarida kezmoqda; a) bog‘lovchisiz qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismning sababini bildirsa, izohlasa, to‘ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Gap shu: ertaga men bilan yo‘lga chiqasiz;b) agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi o‘zaro zidlik yoki o‘xshashlik munosabatiga kirishgan bo‘lsa, tire qo‘yiladi: Qor yog‘di – don yog‘di. Yoshim yetmish ikkida – o‘zim yigitman.

Faxri Kamolov – o‘zbek tilshunosligining fan sifatida, zamonaviy lingvistik soha bo‘lib shakllanishida munosib hissa qo‘shgan olim. U 1907 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘z tadqiqotlari bilan o‘zbek adabiy tilining leksik, fonetik, orfoepik me’yorlarini belgilash, o‘zbek alfaviti va imlosining, o‘zbek nutqi madaniyatining shakllanishi va takomillashuvida bebaho hissa qo‘shgan. Uning «Latinlashgan yangi o‘zbek alfaviti» (1929), «Maktablarda imlo o‘qitish metodikasidan qo‘llanma» (1929), «Orfografik mashqlar to‘plami» (1934), «Grammatika va orfografiya» (1934), «Sistemali diktantlar to‘plami» (1935), «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1953), «O‘zbek tili leksikasi» (1953), «Qo‘shma gaplarga doir masalalar» (1955), «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1957), «Oz’bek tilini o‘qitish metodikasi» (1958) kabi o‘rta va oliy ta’lim uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari 30-50-yillar o‘zbek tilshunosligining muhim yutug‘i bo‘lib qoldi.

Faxri Kamolovo‘z hayoti davomida o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolariga bag‘ishlab 150 dan ortiq darslik, qo‘llanma, dastur, risola va maqolalar yaratgan zabardast olim edi. U malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda ham katta hissa qo‘shgan.

Olim 1966 yilda vafot etgan.

 

G‘ozi Olim Yunusov 1893- yilda Toshkentda xizmatchi oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich ma’lumotni ham shu yerda olgach, 1908- yilda Qohiraga borib o‘qidi, 1914- yildan esa Turkiya universitetida tahsil ola boshladi.

Tilshunos dastlab 1923- yilda chet eldan qaytgach, jamoat ishlarida ishlab, tarjima bilan ham shug‘ullandi. Keyinchalik Samarqandda Til va terminologiya komitetida faoliyat ko‘rsatdi va filologiya fakultetida dars berdi. 1931- yili Toshkentga qaytdi. U yerda ham filologiya fakultetida ishlab, tilshunoslik seksiyasini boshqardi.

G‘.O.Yunusovga 1930- yildayoq Sharqshunoslik instituti tomonidan professorlik unvoni berilgan.

G‘.O.Yunusovning ilmiy-pedagogik faoliyati ko‘p qirrali va sermahsul bo‘lgan. Buni olimning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folkloristika, etnografiya, tarix, arxeologiya, huquqshunoslik, falsafa kabi sohalarda qalam tebratganidan bilish mumkin. U juda ko‘p tillarni bilgan.

Olim o‘z xalqining hayoti, ayniqsa, tili, yozma va og‘zaki adabiyoti bo‘yicha ko‘p materiallar to‘plashga muyassar bo‘lgan, shu materiallar asosida “O‘zbek lahjalarini tasnifda bir tajriba” (1936), “O‘zbek urug‘laridan qatag‘onlar va ularning tili” (1930), “O‘zbek tili grammatikasi” (1936, qo‘lyozma) kabi asarlar yaratgan. 1922- yilda “Alpomish” dostonini ham birinchi bo‘lib G‘.O.Yunusov yozib olgan.

Atoqli olim qizqa, lekin sermazmun hayot ko‘rdi. Uning boy lingvistik, folklorshunoslik va etnografik merosi o‘zbek milliy madaniyati, tili xazinasidan munosib o‘rin olgan.

G‘.O.Yunusov 1939- yilda vafot etdi.

 

Askar G‘ulomov 1940- yil 15-dekabrda Buxoro shahrida tavallud topgan, pedagogika fanlari doktori, Buxoro universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, o‘zbek tilini umumiy ta’lim tizimida o‘qitish bo‘yicha respublikamizda birinchi fan doktori. 1978- yilda nomzodlik dissertasiyasini mashhur tadrischi T.Salimov rahbarligida “IV sinfda ona tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil ishlari” mavzusiga yoqlagandayoq olim ona tili ta’limining sovet davrida mutlaqlashtirilgan ko‘rgazmali bayon (retroskopik, reproduktiv) ta’lim   usuli o‘quvchida ijodiylikni bo‘g‘ishi, unda mustaqil fikrlash malakalarining shaklanishini chegaralashini sezdi. Shuning uchun olimning navbatdagi 1991- yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasi – “Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini oshirish” mavzusidagi tadqiqoti – mustaqil fikrlovchi ijodiy tafakkur sohibini yetishtirish uchun ona tili ta’limi maqsadi, mazmuni va usulini yangilash, buning uchun tayanch bo‘g‘inda ona tili ta’limi kognitiv-pragmatik (o‘sha davrda zamona zayli bilan induktiv deb atalgan) ta’lim usuliga ko‘chirish zaruratini ilmiy-nazariy asoslashga bag‘ishlandi. “Ta’lim to‘grisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning hayotga tatbiqi jarayonida umumiy o‘rta ta’lim tizimida ona tilini o‘qitish mana shu yo‘nalishda yangilandi. A.G‘ulomov ona tili o‘quv fanidan 1999-yilda qabul qilingan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq ilk dastur, shu dastur asosida tuzilgan va 1999-2004- yillarda amaliyotda bo‘lgan darsliklarining yaratilishi va ommalashishida faol ishtirok etdi. Olim “Ona tilini o‘qitish jarayonida faollik tamoyilini amalga oshirishning nazariy asoslari” (-Toshkent: Fan, 1989), “Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari” (-Toshkent: O‘qituvchi, 1992), “Maktabda til sathlarini o‘zaro bog‘lab o‘rganish” (-Toshkent, 1992) kabi o‘ndan ortiq ilmiy-metodik kitoblarning, 200 yaqin ilmiy maqollarning muallifi.

A.G‘ulomov qoraqalpoq maktablarida davlat tili – o‘zbek tilini o‘qitishning yangi maqsadi, mazmuni va usulini belgilashga, shu yo‘nalishda dastur, darsliklar yaratishga va bu sohani yetuk tadrischilar bilan ta’linlashga ulkan hissa qo‘shdi. Qoraqalpoq maktablari uchun uning rahbarligida yaratilgan “O‘zbek tili” darsliklari hozir ham amalda.

            A.G‘ulomov 2003- yilda vafot etdi.

O‘zbek formal tilshunosligining asoschisi A.G‘ulomov1914- yilda Toshkentda tavallud topgan. U «O‘zbek tilida aniqlovchilar» (1940), «O‘zbek tilida kelishiklar» (1940), «O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi» (1944), «O‘zbek tilida urg‘u» (1947), «Sodda gap sintaksisi» (1948), «Sodda gap» (1955), «O‘zbek tilida tarixiy so‘z yasalish muammolari» (1955), «Fe’l» (1957) kabi qator asarlari bilan o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qildi. Uning rahbarligida o‘rta maktablarning V, VI, IX sinflari uchun yozilgan ona tili darsligi yigirma yilga yaqin yosh avlodga til ta’limini singdirishga xizmat qildi.

Respublikamizning barcha ona tili va adabiyot muallimlari A.G‘ulomov tomonidan oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis» kitobidan o‘zbek tili sintaksisining sir-asrorlarini o‘rgangan va hanuz o‘rganib kelmoqda. Uning ilmiy xulosalari, nazariy qarashlari o‘zbek tilshunosligining hozirgi taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

A.G‘ulomov 1984- yilda vafot etgan.

 

    

NizomiddinMahmudov 1951- yil Farg‘ona viloyatida tavallud topgan, filologiya fanlari doktori, professor. Hozirgi o‘zbek tilshunosligining sintaksis, leksikologiya, leksikografiya, sotsiolingvistika sohalari bo‘yicha qator jiddiy tadqiqotlar yaratgan, ona tili bo‘yicha darsliklar e’lon qilgan yirik va sermahsul olim.

«O‘zbek tilidagi sodda gaplarda semantik va sintaktik asimmetriya» (1984), «Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at – ma’lumotnoma» (1990), «Til va ma’naviyat» (hamkor, 1992), «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (hamkor, 1992), «Turkcha - o‘zbekcha, o‘zbekcha – turkcha lug‘at» (hamkor, 1993), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis» (hamkor, 1995), «Til» (1998), «O‘zimiz va so‘zimiz» (1997), «Ma’rifat manzillarida» (2000), «O‘zbek tilida ish yuritish» (hamkor, 2003), «Ona tili» (hamkor, 2004) kabi qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.

Filologiya fanlari doktori, professor Hamid Ne’matov 1941 yilning 22 noyabrida Buxoro shahrida tavallud topgan. O‘zbek tili tarixi, leksikologiyasi, morfologiyasi yuzasidan qator asarlar muallifi.

H.Ne’matov tilshunoslikning deyarli barcha sohalari bo‘yicha barakali ijod qilib kelmoqda. Uning «Istoriya lingvisticheskix ucheniy» (1981), «Funksionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix pamyatnikov XI – XII v.» (1989), “O‘zbek tili tarixiy fonetikasi” (1992), «Til va nutq» (hamkorlikda, 1993), «O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari» (hammuallif, 1995), «Ona tili ta’limi mazmuni» (hammuallif, 1995), «O‘zbek tili struktural sintaksisi asoslari» (hammuallif, 1999) kabi asarlari, shuningdek, tilshunoslik tarixi hamda hozirgi o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalariga, ona tili ta’limi mazmuniga bag‘ishlangan 300 dan ortiq ilmiy, ilmiy – metodik maqolalari fanimiz rivojiga barakali xizmat qilmoqda.

H.Ne’matov o‘zbek tilini sistemaviy tadqiq qilish asoschilaridan hisoblanadi.

H.Ne’matov o‘rta umumiy ta’limda ona tili predmetini takomillashtirish bo‘yicha ham barakali xizmat qildi. U o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ishlashga mo‘ljallangan «amaliyotdan nazariyaga» tamoyiliga asoslangan yangi tipdagi ona tili darsliklarining nazariy asoschisi.

H.Ne’matov o‘zbek tilini uning milliy tabiatidan kelib chiqqan holda tadqiq etib, boshqa tillar qolipi asosida o‘rganish jarayonida yuzaga kelgan chalkashliklarga aniqlik kiritdi va o‘zbek tilshunosligining keyingi takomillashuviga katta hissa qo‘shdi.

 

Filologiya fanlari doktori, professor Abduhamid Nurmonov 1942-yiliAndijonda tavallud topgan. O‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi va tilshunoslikning umumiy nazariy masalalari bilan bog‘liq qator asarlar muallifi. Ular orasida «O‘zbek tili sintaksisini sistema sifatida o‘rganish muammolari» (1982), «Gap haqida sintaktik nazariyalar» (1988), «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (1991), «O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi» (1992), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis» (1995), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya» (2001), «Tilshunoslik va tabiiy fanlar» (2001), «O‘zbek tilshunosligi tarixi» (2002) kabi kitoblar muallifi.

A.Nurmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qilmoqda. Ayniqsa, uning akademik litsey talabalari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» I qism (2001), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» II qism (2002), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» III qism (2003) darsliklari, o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun yozilgan «Ona tili» darsliklari ona tili ta’limi va o‘zbek tilshunosligining taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

Ovozovoz a’zolari yordamida chiqariladigan, balandligi, kuchi, tembri har xil b’lgan tovush. Ovoz hiqildoqda hosil bo‘ladi: o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi bir-biriga tegib turgan ovoz boylamlari oralig‘idan o‘tib uni tebratadi, natijada nozikkina ovoz hosil bo‘ladi, so‘ngra uni yuqori rezonatorlar (og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, burun va yondosh bo‘shliqlar) kuchaytirib, ovoz o‘ziga xos ohang oladi. O‘pkadan chiqayotgan havo oqimining kuchiga, jips turgan ovoz boylamlarining ko‘rsatayotgan qarshiligi va ularning tebranish amplitudasiga qarab, ovoz kuchli yoki kuchsiz, shuningdek, tebranishning uzunligi va chastotasiga qarab baland yoki past bo‘lishi mumkin. Unli tovush sof ovozdan iborat. Ovoz og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tgach, uning bir qismi shovqinga aylanib, undosh tovush hosil bo‘ladi. Undoshning turlari shovqin miqdori bilan belgilanadi.

 

Yevgeniy DmitriyevichPolivanov –(1891–1938, Peterburg) mashhur tilshunos olim, o‘zbek tilshunosiligining Toshkent maktabi asoschilaridan biri. Peterburg universiteti professori (1919), O‘rta Osiyo davlat universiteti professori (1925), Qirg‘iziston Madaniy qurilish instituti professori (1934). 1921- yil Komintern apparatida ishlab, yo‘llanma bilan Toshkentga kelgan.

Y.Polivanov umumtilshunoslikning nazariy masalalari, o‘zbek tili fonetikasi, grafikasi, dialektologiyasi, leksikologiyasi, etimologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, so‘z yasalishi va turkiy tillar tarixini o‘rganish borasida samarali faoliyat olib borgan. O‘zbek dialektologiyasi faniga asos solgan; o‘zbek va rus tillarini chog‘ishtirib o‘rganish – o‘zbek maktablarida rus tili o‘qitish metodikasiga tamal toshini qo‘ygan. Uning «Toshkent dialektining tovushlar tarkibi» (1922), «Toshkent dialekti bo‘yicha fonetik yozuv namunalari» (1924), «Toshkent tarixidan ocherklar» (1925), «Toshkent nomining kelib chiqishi» (1927), «O‘zbek tilining qisqacha grammatikasi» (1926, 3 qism), «O‘zbek dialektologiyasi va o‘zbek adabiy tili» (1933), «O‘zbek tili bilan qiyoslangan rus tili grammatikasi» (1933), «O‘zbek tili grammatikasidan materiallar» (1935) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining shakllanishida va keyingi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

  1. Polivanov - o‘zbek maktablari uchun rus tili, rus maktablari uchun yozilgan ilk o‘zbek tili darsliklari muallifi.

 

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Qodirov 1941- yilning 22- oktabrida Farg‘ona vilovatining Buvayda tumanida tavallud topgan. Olimning ilmiy faoliyatida o‘zbek adabiy tili tarixini, xususan, Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlarini o‘rganish asosiy o‘rinda turadi.

M.Qodirov oliy o‘quv yurtlari va umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Ona tili” fani ta’lim mazmuni va usulini yangilash ishida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, olim 5-9 sinflar “Ona tili” fanining mustaqillik ruhiga mos, yangilangan o‘quv dasturini yaratishda (1999, 2004, 2009) qatnashdi. Professorlar H.Ne’matov, A.G‘ulomov, R.Sayfullayevalar bilan hamkorlikda 5-, 6-, 7- sinflar uchun (2000-2004), 8- sinf uchun (2006) yaratgan darsliklari yosh avlodga til haqida bilimva nutqiy ko‘nikmalar berishga xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, u oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Ozbek tilini o‘qitish metodikasi” (200), “Ona tili o‘qitish metodikasi” (hamkor, 2001), “Til ta’limida milliy istiqlol g‘oyasi” (2003) qo‘llanmalarini tuzgan.

M.Qodirovning o‘zbek adabiy tili me’’yorlari va nutq madaniyati, yozma savodxonlik, mumtoz adabiyot vakillarining o‘zbek adabiy tiliga qo‘shgan muhim hissasi va boshqa masalalar bo‘yicha yozgan maqolalari respublikamizning madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqda.   

 

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent K.Qosimova 1923- yil Toshkent shahrida tug‘ildi. 1940- yilda maktabni tugatib, mahalla xotin-qizlar klubida tashkilotchi bo‘lib ishladi. 1942-yilda Toshken davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan o‘qituvichilar tayyorlash kursini bitirdi. 1952-1955- yillarda Toshken davlat pedagogika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1942-1952- yillarda maktabda o‘qituvichilik faoliyati bilan shug‘ullandi. 1956-1959- yillarda institutning O‘zbek tilshunosligi kafedrasida ishladi. 1960-1964- yillar mobaynida Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsatdi. 1964-1990- yillarda Toshken davlat pedagogika institutida ishladi.

K.Qosimova hammualligida 4- sinf uchun “O‘zbek tili darsligi” (1963) (hamkorlikda), 2- sinf uchun “Ona tili darsligi” (1996) (hamkorlikda), 5- sinfi uchun “Ona tili darsligi” (1997, 1998) nashr qilingan.

K.Qosimova “O‘zbekiston halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Taniqli tilshunos, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi A.Rustamov1931 yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. U o‘zbek tili tarixi, tilning badiiy-estetik vazifasi, tilshunoslikning umumiy masalalarini hal qilishda barakali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, «Navoiyning badiiy mahorati» (1979), «Qofiya nima?» (1975), «Mahmud Zamaxshariy» (1971), akademik G‘.Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida ahamiyatga ega.

Akademik A.Rustamov oliy o‘quv yurtlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, G‘.Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Qadimgi turkiy til» (1982) o‘quv qo‘llanmasi qadimgi turkiy manbalarni o‘qish va ularni tahlil etish bo‘yicha talabalarning doimiy hamrohiga aylanib qoldi.

Filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi Sh.Shoabdurahmonov1924- yilda Toshkentda tavallud topgan.. O‘zbek tili fonetikasi, o‘zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratib, tilshunosligimiz rivoji uchun munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953), «Fonetika. O‘zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya» (1955), «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Akademik Sh.Shoabdurahmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V.Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun «O‘zbek dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o‘rta maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» (1977, 1978, 1980, 1982) hamda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega.

 

Andijon davlat universiteti Tilshunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Abdulhay Sobirov 1957- yilning 15- iyunida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tavallud topgan. U tilshunos sifatida o‘zbek tili terminologiyasi, leksikologiyasi va leksikografiyasi sohalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. A.Sobirov tomonidan chop ettirilgan "O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati" (1999, hammualif), "O‘zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish" (2004) kabi asarlar bunga misol bo‘la oladi.

A.Sobirov umumiy o‘rta ta’lim va akademik litsey o‘quvchilari uchun professorlar A.Nurmonov, M.Mahmudovlar bilan hammualliflikda darsliklarning yangi avlodini yaratish ishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 5-, 6-, 7-, 9- sinflar uchun "Ona tili" (2004, 2005, 2006), "O‘qituvchi kitobi" (2004, 2005, 2006), akademik litseylarning 1-3- bosqich talabalari uchun "Hozirgi o‘zbek adabiy tili" (2001, 2002, 2003) darsliklarining yuzaga kelishida xizmatlari katta.

Tovush – keng ma’noda gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda to‘lqin sifatida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati.

Tabiatdagi tovush uch xil:fizik, biologikvanutq tovushi. Fizik tovush jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos, havoning siqilishidan hosil bo‘ladi. Biologik tovush jonli mavjudotga xos va tiriklik belgisidan biri. Hayvon va parrandaning ovozi, kishining gap hosil qilmaydigan tovushi: qiyqiriq, xurrak, kulgi, yig‘i ovozi. Nutq tovushi faqat insonga xos, uch xil xususiyati bor: 1) ijtimoiy tabiatga ega; 2) ma’no farqlaydi; 3) nutq hosil qiladi.

Nutq tovushi kishilik jamiyati bilan bog‘liq ravishda vujudga kelganligi va uning uchun xizmat qilganligi bois ijtimoiy tabiatga ega deyiladi. Ma’no farqlash xususiyati deganda bir tovush o‘rni boshqa tovushga berilsa, so‘z va qo‘shimcha ma’nosi farqlanishi, ya’ni boshqa so‘z va qo‘shimcha vujudga kelishi tushuniladi: bosh – besh – bo‘sh; ko‘r – so‘r – bo‘r; ko‘l – ko‘r – ko‘z; -chi – -ni – -gikabi. Bir tovushning ikki xil varianti bo‘lishi mumkin. Mas., maktab so‘zidagi a tovushi til oldi, qalam so‘zidagi birinchi a til orqa talaffuz etiladi. Lekin bundagi til oldi tovushini til orqa tovushi bilan almashtirsak, baribir o‘sha so‘z, ma’no qolaveradi. Demak, o‘zbek tilida ikkita – til oldi va til orqa a tovushi yo‘q, ular variant. So‘zdan tashqarida alohida olingan nutq tovushi fonema deyiladi.

Tovush nutq hosil qilishi lozim. Bir qarashda bir-ikki oylik chaqaloq a, b, d kabi tovushni talaffuz etgandek tuyuladi. Lekin u nutq, ya’ni so‘z, gap hosil qilishda ishtirok etmaganligi bois nutq tovushi emas, biologik tovush hisoblanadi.

Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushi tizimi, uning tuzilishi, nutq jarayonida o‘zgarishi, almashishi, nutqiy holat bilan aloqador bo‘lgan bo‘g‘in va boshqalar haqida nazariy va amaliy ma’lumot beradigan sohasi. Nutq tovushlari, avvalo, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) unli tovush, 2) undosh tovush (q. Unli tovush, Undosh tovush).

 O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor U.Tursunov 1905- yilda Qo‘qonda tavallud topgan. 2- jahon urushi qatnashchisi. Farg‘ona pedtexnikumini (1924) va Leningrad Sharqshunoslik institutini (1930) tugatgan. Marg‘ilonda maktab o‘qituvchisi (1924-25), Qo‘qonda bolalar uyi o‘quv bo‘limi mudiri (1925–27), Til va terminologiya ilmiy qo‘mitasida ilmiy xodim, O‘rta Osiyo universitetida o‘qituvchi va Tojik agropedagogika institutida kafedra mudiri (1930–32), O‘zbekiston madaniy qurilish institutida direktor o‘rinbosari va sektor mudiri (1933–34), Til va adabiyot institutida direktor o‘rinbosari va sektor mudiri (1934-36), Samarqand universitetiti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining mudiri (1936–71) vazifalarida ishlagan.

U.Tursunovning ilmiy asarlari o‘zbek tili leksikologiyasi, terminologiyasi, grammatikasi, dialektologiyasi va rivojlanish tarixiga, umuman, o‘zbek tilining ilmiy-nazariy, amaliy va metodik masalalariga bag‘ishlangan.

U.Tursunov 1971- yili vafot etgan.

Undosh tovushundosh paydo bo‘lish o‘rni, tarkibi va boshqa sifati bilan unli tovushdan farqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘lib, biror qarshilikka uchrab chiqadigan, uzoq cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmagan, urg‘u qabul qilmaydigan tovush undosh deyiladi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undosh tovush 24 ta:b, d, f, g, h, j (dj – jo‘ja), j (jurnal), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng.

Sirg‘aluvchi j, labtish f tovushi boshqa tildan olingan so‘zdagina uchraydi: gijda, ajdar, foyda, kift, fabrikakabi.

Undosh tovushtasnifi. Undosh, asosan, to‘rt belgiga ko‘ra tasnif qilinadi:

I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra. Bunda undosh tovusho‘pkadan chiqayotgan havo oqimi nutq a’zosining qaysisi yordamida hosil bo‘lishiga, og‘izning qaysi qismida to‘siqqa uchrashiga ko‘ra dastlab 3 ga bo‘linadi: 1. Lab undoshi(5 ta):b, p, v, f, m.U o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi:a) lablab: b,v, p, m; b) labtish: (v), f.Labtish undoshi v boshqa tildan kirgan so‘zlarda uchraydi.2. Til undoshi (18 ta): t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j, y, k, g, ng, q, g‘, x.Til undoshi til tanglayning qaysi qismiga urilishiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi: 1)til oldi:t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j;Til oldi undoshi pastki tish va tanglayning ishtirokiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:a)tiltish undoshi 6 ta: t, d, l, n, s, z;b)tilmilk undoshi 5 ta: sh, j (dj), r, ch, j.2) til o‘rta 1 ta: y.Til o‘rta undoshi tilning o‘rta qismi tanglayga yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. 3) til orqa undoshi 6 ta: g, k, q, g‘, x, ng. Til orqa undoshi – tilning orqa qismi yumshoq tanglayga yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. Til orqa undoshi o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi: a) yaqin (sayoz) til orqa: k, g, ng;b) chuqur til orqa: q, g‘. x.3. Bo‘g‘iz undoshi h tovush paychasining o‘zaro yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. Bo‘g‘iz undoshi 1 ta: h. Burun undoshi. To‘siqqa uchragan havoning burun orqali o‘tishidan hosil bo‘lgan tovush burun tovushi deyiladi: m, n, ng.

II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra. Undosh tovushni talaffuz qilganda ba’zisi zichlashgan ikki a’zoga urilib, portlash yo‘li bilan hosil bo‘lsa, ayrimi ikki nutq organi oralig‘ida qolgan bo‘sh joydan sirg‘alib, ishqalanib chiqadi. Ba’zisi esa portlash va sirg‘alishning bir paytda yuz berishidan, boshqasi til uchi titrashidan paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, undosh 3 ga bo‘linadi: 1) portlovchi undosh; 2) sirg‘aluvchi undosh; 3) portlovi-sirg‘aluvchi undosh. Agar havo jipslashgan nutq a’zosidagi to‘siqni yorib, portlash yo‘li bilan chiqsa, portlovchi undosh hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida portlovchi undosh 9 ta: b, p, d, t, k, q, g, ch, j.Havo oqimi o‘zaro yaqinlashgan ikki a’zo oralig‘idan ishqalanib o‘tsa, sirg‘aluvchi undosh hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida u 11 ta: v, f, s, z, sh, y, x, h, l, g‘, j (jurnal). M, n, ng, l, r tovushini talaffuz qilganda, lab labga, til tanglayga jipslashib, portlashga tayyor tursa, havo oqimi burun bo‘shlig‘idan yoki tilning yonidan chiqib ketadi. Shu sababli ular portlovchisirg‘aluvchi deb yuritiladi.

Ayrim tovushning hosil bo‘lish usuli va o‘rniga ko‘ra bundan boshqa belgisi ham bor. Mas., paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra nutq a’zosining asosan bir yerida hosil bo‘lib, bir portlovchi va bir sirg‘aluvchi tovushni o‘z ichiga olgan, ajratilmay talaffuz qilinadigan tovush qorishiq tovush deyiladi. Ular 2 ta: j(dj), ch (tsh).

r tovushi til uchining qattiq tanglayga muntazam urilib turishidan (titrashidan) hosil bo‘ladi. Shuning uchun u titroq tovush deyiladi.

l undoshi talaffuzida til o‘pkadan chiqayotgan havoga to‘siq bo‘lmoqchi bo‘ladi, ammo havo uning ikki yonidan chiqib ketgani bois «portlash» yuz bermaydi. Shu sababli l undoshi til yon tovushi deyiladi. Shuningdek, h bo‘g‘iz, y til o‘rta tovushi, boshqa bunday tovush yo‘q. Demak, j (dj), ch, r, l, h, y tovushi – o‘ziga xos belgili tovush.

III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra.Tovush paychacining harakati va holati natijasida paydo bo‘ladigan shovqin va ovoz ishtirokiga ko‘ra undosh 2 ga bo‘linadi: a) jarangli; b) jarangsiz. Talaffuzida tovush paychasi taranglashadigan, ya’ni harakatga keladigan undosh jarangli undoshdeyiladi. Taranglashgan tovush paychasi orasidagi tor oraliqdan chiqayotgan havo oqimi uni bir oz titratib o‘tadi. Demak, tovush paychasi taranglashishi ovozni hosil qilsa, og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siq shovqin yaratadi. O‘zbek tilida jarangli undosh 14 ta: b, v, g, d, y, j(dj), j, z, m, n, ng, l, r, g‘.

Jarangsiz undosh tovushni hosil qilishda tovush paychasi taranglashmaydi. Keng oraliqdan o‘tayotgan havo oqimi tovush paychasini titratmay o‘tadi. Natijada ovoz, ya’ni jarang yuz bermaydi. To‘siq yaratgan shovqinning o‘zi qoladi. O‘zbek tilida jarangsiz undosh 10 ta: p, k, t, f, ch, s, sh, q, x, h.Ayrim jarangsiz undosh jarangli undosh bilan hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir xil, juftlik hosil qiladi. Ular 8 ta: b – p, d – t, z – s, v – f, g – k, j(sirg‘aluvchi) – sh, g‘ – x, j(dj)–ch.Nutqda ba’zan jarangli undosh jarangsizlashadi: kitob – kitop, tez – tes, dard – dart, tog‘ – tox kabi.

IV. Ovozning miqdoriga ko‘ra. Undosh tovushning ba’zisida ovoz ko‘p bo‘lsa, ba’zi undoshda shovqin ko‘p bo‘ladi. Ana shu xususiyatiga ko‘ra undosh 2 ga bo‘linadi: 1) sonor; 2) shovqinli. Ovoz shovqinga nisbatan ustun bo‘lgan undosh sonordir (sonor lotincha «ovozdor» demakdir). Sonor talaffuzida tovush paychasi taranglashib titraydi, ovoz hosil bo‘ladi. Shu jihati bilan sonor unliga yaqin turadi. Ammo og‘iz bo‘shlig‘ida qisman shovqin qatnashganligi uchun undosh hisoblanadi. O‘zbek tilida sonor 5 ta: m, n, ng, l, r. Sonordan boshqa undoshda ovoz oz, shovqin ko‘p bo‘ladi. Bunday undosh shovqinli undosh deyiladi. O‘zbek tilida 19 ta undosh shovqinli: b, v, g, d, y, j(dj), j, z, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h, g‘.

Undosh tovush talaffuzi.Undosh tovush talaffuziadabiy tilda undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari, orfoepik me’yorlari.Undosh tovush orfoepiyasi ko‘proq fonetik hodisaga bog‘liq bo‘ladi. Xususan: 1) b, d jarangli undoshlari so‘z oxirida jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor: kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi; 2) b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda assimilyatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy>iptidoiy, ketdi>ketti; 3) j, z undoshining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy > ishtimoiy, mazkur > maskur kabi; 4) b, q undoshining sirg‘aluvchi v, g‘ undoshiga o‘tishi ham adabiy talaffuz me’yoriga xilof emas: bora ber > boraver, keta ber > ketaver kabi.

V undoshichetdan kirgan avtobus, avtomat, Ivanov so‘zida f kabi aytiladi. gundoshik, q bilan tugagan so‘zda k va q tarzida aytiladi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan. D undoshiobod, ozod kabi so‘zda kelganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so‘zda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi. Jqorishiq-portlovchi undoshi avj, mavj so‘zida chkabi aytiladi. Jsirg‘aluvchiundoshi chetdan kirgan furajka, telejka kabi so‘zlarda shkabi aytiladi. Zundoshisakkizta, tuzsiz kabi so‘zda yonidagi tovush ta’sirida s kabi talaffuz qilinadi. N undoshiyonma-yon, sonma-son,manba, tanbur, shanba kabi so‘zlarda m kabi aytiladi. Fundoshifakt, taft kabi so‘zda p kabi aytiladi. Qundoshimaqsad, taqsimot, to‘qson, oqshom kabi so‘zlarda xkabi talaffuz qilinadi.

Kishining hishayajoni, xitob, haydashchaqirish ma’nosini va rasmodat bilan bog‘liq murojaatini bildiradigan so‘z undov deyiladi.

Undov atash, yasalish xususiyatiga ega emas, morfologik jihatdan o‘zgarmas. Gap bo‘lagi bo‘lib kelolmaydi va u bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi. Otlashib, otning shakl yasovchisini qabul qiliadi va sintaktik vazifasini bajaradi.

Undov demoq, solmoq, tortmoq, urmoqkabi fe’l bilan birikib qo‘shma fe’l hosil qiladi: oh demoq, dod solmoq, uf tortmoq, oh urmoq.

Morfologik belgisi.Morfologik jihatdan o‘zgarmaydi. Ma’noli qismlarga ajralmaydi.

Sintaktik belgisi.Gapda quyidagi vazifalarda keladi: 1)kirish so‘z: Voy, bu o‘zimizning Salimku. E, sekinroq gapir. 2)undalma: Hoy, qayoqqa ketyapsan? Ey, nimaga ovora bo‘lyapsiz? 3)so‘zgap: Eh! Hayot bir lahza mening hukmim bilan yursaydi. Hoo! Buni o‘zimga oldim.

Otlashsa otning sintaktik vazifasini bajaradi: Ortiqcha ohvoh (ega) o‘rinsiz. Dodvoydan (to‘ldiruvchi) nima foyda?!

          Undovlarning ma’no turlari. Undov ma’nosiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi:

1)  hishayajon: iye, eh, o, uh, uf, baybay, ho, o‘hho‘, ehe, e, hayhay, aha, eha, haya, o‘, i, a, o‘h, obbo, iya, he, iyevoy, ura, vo, vodarig‘, esiz, evoh, vahvah, ajabo.

2)  haydashchaqirish: a) odamga qaratilgan: hoy, oy, ay, allo, ey, ma, tss, marsh, qani, jim, tek, fisht; b) hayvon/parrandaga qaratilgan: behbeh, pishtpisht, pisht, tutu, gah, kuchkuch, mahmah, xo‘sh, tak, dirr, ish, xix, chu(h), kisht, hayt, xuyt.

Bundan tashqari, undovning yana ikki kichik guruhi bor:

3)  rasmodat: assalomu alaykum, salom, assalom, vaalaykum assalom, xayr, xo‘sh, xo‘p, marhamat, marhabo, rahmat, tashakkur, shukur, qulluq, balli, ofarin, barakalla, qoyil, hormang, bor bo‘ling, esonmisiz, omonmisiz, uzr.

4)  ko‘rsatish, ta’kid: hu, huv, ha, hmm, hov.

Undovlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Undovlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

a) sodda: eh, o, uf, kisht, xayr, uzr, oh, ma, pisht, obbo;

b) qo‘shma: Bor bo‘ling, assalomu alaykum, vaalaykum assalom;

d) juft: o‘hhu, ehhe, ehha, voybo‘, voydod, evoh; ehaa, voyvoyey;

e) takroriy:baybay, ohoh, mahmah, pishtpisht; eee, baybaybay, hayhayhay.

Bo‘g‘izda paydo bo‘lib, biror qarshilikka uchramaydigan, sof ovozdan iborat, cho‘zilish xususiyatiga ega, urg‘u qabul qiladigan tovush unli tovush deyiladi: i, e, a, u, o‘, o.

Unli akustik (eshitilish) tomonidan ovozning ustunligi, fiziologik (paydo bo‘lish) tomondan og‘izning ochilish darajasi bilan xarakterlanadi. Unli talaffuzida asosiy vazifani tovush paychasi, til va lab bajaradi (ya’ni talaffuzda og‘iz, til va lab turli holatga o‘tadi).

U nlitovush tasnifi. Unli tovush ikki tomonlama tasnif qilinadi:

I. Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra 3 ga ajraladi: 1) yuqori tor unli: i, u. 2) o‘rta keng unli: e, o‘.3) quyi keng unli: a, o.Bunda yuqori, o‘rta, quyi so‘zi tilning og‘iz bo‘shlig‘ining pastida, o‘rtasida va yuqorisida turishni ko‘rsatsa, tor va keng so‘zi til bilan tanglay oralig‘ining tor-kengligiga ishora qiladi.

II. Labning ishtirokiga ko‘ra unli ikkiga bo‘linadi:1)lablanmagan unli: i, e, a. 2)lablangan unli: u, o‘, o. Lablangan unlini talaffuz qilganda lab cho‘chchayadi, lablanmagan unlida esa bunday hol kuzatilmaydi.Ba’zan unlini tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra ikki guruhga ajratishadi: 1) til oldi: i, e, a.2) til orqa: u, o‘, o.Bu unlining doimiy belgisi va tasnifi emas. Chunki bir unli til orqa undoshi bilan kelsa, til orqa, til oldi undoshi bilan kelsa, til oldi unlisiga aylanadi. Mas.,qachonso‘zidagiatil orqa,manaso‘zidagi unli til oldi unlisi.Yoki paydo, tamannoso‘zidagiotil oldi, qon, xotiraso‘zidaesa til orqa.

            Unli tovush talaffuzi. Unli tovush talaffuzi adabiy tilda unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari, orfoepik me’yorlari.I unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zda qisqa va ingichka talaffuz qilinadi: til, tish, bil, sir kabi; 2) q, g‘, x undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda yo‘g‘on talaffuz etiladi: qish, g‘isht, xil kabi; 3) y, ng undoshlaridan oldin ingichka va bir oz cho‘ziq talaffuz etiladi: chiy, kiy, ming kabi; 4) l, r undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi bilan, biroq, sira, tilak, gilam, gilos kabi. U unlisi:1) k, g, y undoshlaridan keyin ingichka kul, atirgul, yuk, kabi; q, g‘, x undoshlaridan so‘ng esa yo‘g‘on talaffuz qilinadi: qul, norg‘ul, xulq kabi; 3) -uvchi, -uv affikslari tarkibida cho‘ziqroq aytiladi: yozuvchi, o‘quvchi, to‘quvchi, oluv, qo‘shuv kabi. O‘ unlisi:1) bir bo‘g‘inli so‘zda, shuningdek ko‘p bo‘g‘inli so‘zning urg‘usiz bo‘g‘inida qisqa talaffuz etiladi: bo‘r, to‘r, ro‘mol, so‘roq kabi; 2) takroriy shaklning birinchi komponentida (urg‘uli bo‘g‘inda) cho‘ziq talaffuz qilinadi: ko‘p-ko‘p, zo‘r-zo‘r, mo‘l-mo‘l kabi; 3) sayoz til orqa k, g, til o‘rta y va bo‘g‘iz undoshi (h) dan so‘ng torroq unli tarzida: ko‘l, go‘r, ho‘l, yo‘l kabi; chuqur til orqa q, g‘, x undoshlaridan so‘ng kengroq unli tarzda talaffuz etiladi: qo‘l, g‘o‘r, xo‘r, qo‘r kabi. Eunlisi:so‘z va bo‘g‘in boshida kengroq (erkin, ekin, eslamoq kabi), bo‘g‘in ichida bir oz torroq (kecha, beda, tekin, sekin kabi) talaffuz qilinadi. E unlisi feruz, dehqon, telefon, adres so‘zlarida i tovushiga yaqin aytiladi. A unlisi: sayoz til orqa k, g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq va ingichka unli tarzida (kam, gap kabi) talaffuz qilinadi.

1. afti sovuq: yoqimsiz, badhazm

2. alg‘ov – dalg‘ov ishlamoq: 1.O‘zaro yordamlashib, yerlarini ishlamoq 2.Tinchliksiz, besaranjomlik, g‘ulg‘ula, g‘alayon, to‘s-to‘polon

3. bir ovozdan: yakdillik bilan, hamjihatlik bilan

4. bosh tovlamoq: bosh to‘lg‘amoq, bosh tortmoq

5. boshi g‘ovladi: o‘ylayverib gangidi

6. boshlarini bir joyga qovushtirdi: 1) hamjihat bo‘lib birlashtirdi 2) oila qurdirdi

7. dovrug‘i ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

8. havoga sovurmoq: bekorga, foydasiz ketkazmoq, sarflamoq.

9. issiq o‘rnini sovitmoq: mavjud qulay, yaxshi sharoit imkoniyatidan, joyidan kechmoq, uni tashlamoq.

10. istarasi sovuq: yoqimsiz, badhazm

11. jonini hovuchlab: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

12. kallasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi

13. ko‘kka sovurdi I: behuda sarfladi

14. ko‘kka sovurdi II: butunlay yemirilib yo‘q bo‘ldi

15. ko‘ngli sovidi: avvalgi yaxshi munosabati yo‘q bo‘ldi

16. ko‘nglini ovladi: o‘ziga moyil qilish uchun intildi

17. ko‘nglini sovitdi: avvalgi yaxshi munosabati yo‘q bo‘ldi

18. ko‘ziga sovuq ko‘rindi: yoqmaslik, jirkanish hissini uyg‘otmoq

19. kuli ko‘kka sovrildi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

20. mehri tovlanmoq: mehri uyg‘onmoq, qo‘zg‘almoq.

21. miyasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi

22. o‘z yog‘iga o‘zi qovrildi: ruhan azoblandi, ezildi

23. og‘ziga burov solmoq: gapirish imkoniyatidan, huquqidan mahrum qilmoq, gapirtirmay qo‘ymoq.

24. ovi baroridan kelmoq: kimning Ishi yurishmoq, ko‘zlangan maqsadga erishmoq.

25. oyog‘i tovsilmoq: odamlar keldi-ketdisi, yo‘ldagi harakati siyraklashmoq, kamaymoq.

26. oyoqqa tushov bo‘lmoq: erkin harakatlanishga to‘siq bo‘lmoq, imkon bermaslik

27. qalovini topmoq: 1.to‘g‘ri qalamoq; 2.ko‘chma yo‘lini, ilojini topmoq; ishning ko‘zini bilib ish tutmoq.

28. qo‘lini sovuq suvga urmaydi: qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaydi

29. qovoq-dimog‘iga qaramoq: birovning xohishi bilan hisoblashmoq; birovning kayfiyatiga, ko‘ngliga qarab ish tutmoq.

30. shamolga sovurdi: behuda sarfladi

31. shovqin soldi: qattiq shovqin qildi

32. so‘xtasi sovuq: yoqimsiz, badhazm

33. tiliga burov solmoq: gapirish imkoniyatidan, huquqidan mahrum qilmoq, gapirtirmay qo‘ymoq.

34. tuprog‘i sovimasdan: Vafot etganiga ko‘p vaqt bo‘lmay

35. uzun kosov: Har qanday buyruqni bajaruvchi, zarar yetkazmaydigan

36. yov yeydimi: Nimadan qo‘rqasan, qo‘rqma

37. yovvoyi qarash qilmoq: Jahl bilan qaramoq

38. yuragi dov bermadi: cho‘chib botina olmaydi

39. yuragini hovuchlamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

1. Anqov – merov – ovsar – kalvak – go‘l – pandavaqi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga ko‘ra)

2. Botir – jasur – dov yurak – qo‘rqmas – mard – yovqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

3. Chang – to‘zon – dovul – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(shiddat kuchining tez-sekinligiga ko‘ra)

4. Dangasa – yalqov – ishyoqmas – tanbal – soyaparvar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

5. Darrov – darhol – tez – tezda – birpasda – bir zumda – bir lahzada – zumda – lahzada
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

6. Do‘ng – qir – adir – tepa – dovon -tog‘ – cho‘qqi
Ma’nosiga ko‘ra
(pastga nisbatan yuqorida joylashuviga ko‘ra)

7. Dovuchcha – zardoli – o‘rik – turshak
Ma’nosiga ko‘ra
(holatining dastlabki-oxirgi shakliga ko‘ra)

8. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

9. Ezma – ezma –churuk – mijg‘ov – lattachaynar – mag‘zava
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

10. Farosatli – zehnli – didli – zakovatli – zukko – zakiy – zol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

11. G‘ijimoq – kavshamoq – oshalamoq – yemoq – tanovul qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

12. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

13. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

14. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

15. Hurmoq – vovillamoq – akillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik belgisining oshishiga ko‘ra)

16. Ilova – risola – gazeta – jurnal – kitob
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lam darajasiga ko‘ra)

17. Isimoq – sovimoq – muzlamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning pasayib borishiga ko‘ra)

18. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

19. Ko‘lmak – hovuz – suv ombori – ko‘l – dengiz – okean
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

20. Lapashang – lavand (lavang) – epashang – bo‘shang – landavur – noshud – so‘tak – bo‘sh-bayov – latta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

21. Laqma – go‘l – merov – tentak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

22. Moviy – ko‘k – ko‘m-ko‘k
Ma’nosiga ko‘ra
(rang miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

23. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

24. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

25. Olov – o‘t – otash
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

26. Oriq – qiltiriq – dirdov – ramaqijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

27. Ovora – sarson – sargardon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

28. Pakana – o‘rta bo‘y – novcha – daroz
Ma’nosiga ko‘ra
( katta-kichikligiga ko‘ra)

29. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

30. Qizg‘anchiq – xasis – saxovatli – saxiy – hotamtoy
Ma’nosiga ko‘ra
(xususiyatning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)

31. Saxiy – himmatli -saxovatli – hotam – tanti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

32. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

33. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

34. Sovqotmoq – qaltiramoq – muzlamoq – tarasha qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

35. Sovuq – iliq – issiq
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning past-balandligiga ko‘ra)

36. Tekinxo‘r – tekintomoq – baloxo‘r – harom – haromtovoq – parazit
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

37. Tovon – to‘piq – boldir – tizza – son
Ma’nosiga ko‘ra
(oyoq qismlarining quyi-yuqoriligiga ko‘ra)

38. Tovush – bo‘g‘in – so‘z – to‘xtam – jumla
Ma’nosiga ko‘ra
(nutq birliklari tarkibining sodda-murakkabligiga ko‘ra)

39. Uchqun – cho‘g‘ – o‘t – olov – alanga
Ma’nosiga ko‘ra
(yonish darajasiga ko‘ra)

40. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

41. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.