Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {osh}
So‘z bo‘g‘inlari: osh
Izoh(lar)i:
osh fl

1. 1. Miqdor yoki hajm jihatidan ko‘paymoq; o‘smoq; ortmoq. Fakultetdagi talabalar soni besh yuzdan oshdi. Paxta yildan yilga mo‘l bo‘lib, foydasi ham oshib turibdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Ortmoq, ortib qolmoq. Xarajatdan besh so‘m oshib qoldi.

3. 3. Ko‘tarilmoq. Oyim kuydi-yondi, dadamning qon bosimi oshib, kasalxonaga tushib qoldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Saodat labini jiyirib, shishachani qaytib uzatdi: — Yo‘q, besh so‘mdan oshsa olmayman Yoshlik
Hali oftobning dami qaytmagan, Qo‘shariqning katta ko‘chasidagi azamat teraklar toldan oshib, hovliga to‘rt enlikkina soya tashlagan payt edi. S. Ahmad, Ufq
Har kun mol narxi oshadi, bozorda savdogarlarning qulog‘i tikkaygan. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Ma’lum bir payt chegarasidan utmoq; kechmoq; og‘moq. Vaqt yarim kechadan oshdi. Soat uchdan oshdi. Ish boshlaganimga besh oydan oshdi. Yoshim qirq beshdan oshdi. Soat oltiga belgilangan to‘y soat o‘ndan oshganda boshlanibdi. A. Qahhor, To‘yda aza

5. 5. Mol sotib olishda uning bahosini oshirmoq, narxiga narx qo‘shmoq, orttirmoq. Boshqa bir raqib ilmasin, degan andisha bilan baqqol ham bir tangalab olaverdi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Kuchaymoq, zo‘raymoq; yanada sezilarli, ta’sirli bo‘lmoq. Alami oshdi. Zavqim oshdi. Ixlosim oshdi. Kayfi oshdi. G‘ayrati oshdi. Ishga havasi oshdi. Uyda o‘tiraverib, Murodning xunobi oshib ketdi. T. Ashurov, Oq ot
Iskandar ich-ichidan jig‘ibiyroni oshib, ters burilib chiqib ketdi. M. Mansurov, Yombi

7. 7. Takomillashmoq, yaxshilanmoq; yuqori bosqichga ko‘tarilmoq. Sotuvchining malakasi oshdi. Huquqiy ongimiz oshmoqda. Qadrlasang, qadring oshar. Maqol
Bu hujjatni butun rayonga tarqatmoqchimiz, Sher, obro‘ying oshib, cho‘qqiga ko‘tarilayotganingni bilyapsanmi?I. Rahim, Ixlos

8. 8. Biror jihatdan yoki biror sohada boshqalardan o‘tib ketmoq, o‘zmoq, zo‘r chiqmoq, orqada qoldirmoq. Agar yengsang, zo‘r kelsang, oshsang, Doim seni to‘yga boshlayman. E. Rahim, Yangi qadam

9. 9. Ma’lum bir to‘siq, chegara yoki balandlikdan o‘tmoq. Dovon(dan) oshmoq. Devordan oshmoq. Tog‘(dan) oshmoq. Suv to‘g‘ondan oshib tushyapti. Qimirlagan qir oshar. Maqol
Shermat devordan oshib, hovliga tushdi va oyoq uchida yurgancha, burchakdagi uy oldiga keldi. Yoshlik
Salomat qizlar bilan bog‘ma-bog‘ oshib kelib, devor panasidan qo‘shiqqa quloq solardi. S. Ahmad, Hukm

10. 10. Qo‘ldan qo‘lga, bir tashkilotdan boshqasiga o‘tmoq. Ish tergovdan sudga oshdi.

11. 11. Ko‘pmoq, ko‘pchimoq (xamir haqida). Xamir oshdi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. osh I Ot
issiq ovqat

2. osh II Ot
palov

3. osh III Ot
terini oshlashda ishlatiladigan modda

Paronimi: mavjud emas.

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi” xodimi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Y.Abdullayev 1926- yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1940- yilda Toshkent O‘qituvchilar instituti va O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi. 1950-yildan Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutiga ilmiy xodim bo‘lib ishladi.

Y.Abdullayev bir necha darslik, o‘quv qo‘llanmasi, yuzdan ortiq maqolalar muallifidir. “Sintaksis va punktuatsiya mashqlari to‘plami” (Z.Ma’rufov bilan hamkorlikda) 1952-1956 yillarda besh marta nashr hilingan. 5-6- va 7-8-sinflar uchun “O‘zbek tili darsligi” (A.Borovkov, Z.Ma’rufov, T.Shermuhamedov bilan hamkorlikda) 1957- yildan 2002- yilgacha amalda bo‘ldi.

“Diktantlar to‘plami” (Sh.Koyenov bilan hamkorlikda, 2- nashri) 1957- va 1966-yillarda, “Imlo lug‘ati” (O‘rta maktab o‘qituvchilari uchun, M.Omilxonova va S.Zufarova bilan hamkorlikda) 1970- yilda nashr qilingan.

Y.Abdullayevbir necha marta “Faxriy yorliq”lar va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Bosh bo‘laklargapning grammatik asosini tashkil etuvchi va boshqa bo‘laklarni o‘ziga tobelantiruvchi gap bo‘lagi turi. Bosh bo‘lak – kesim va ega.

Kesim. Kesim – tasdiq/inkor, mayl, zamon shaxs/son ma’nosi va shakliga ega bo‘lgan, gapning egasi haqidagi xabarni ifodalovchi bo‘lak. Nutqda kesimsiz gap bo‘lishi mumkin emas. Gapda kesim bo‘lmasa, u o‘zbek tili uchun to‘liqsiz gap. Kesim qaysi turkum so‘zi bilan ifodalansa, shu turkum so‘rog‘iga javob bo‘ladi. U qo‘llanishiga ko‘ra ikki xil: 1) mustaqil kesim; 2) nomustaqil kesim.

Mustaqil kesim sodda gap tarkibida ham, qo‘shma gap tarkibida ham bir xil ma’no beradi. Mas., Karim keldi, lekin Salim kutmadigapidagi har ikki kesim shu qo‘shma gap tarkibida ham, ajratilgan sodda gap tarkibida ham bir xil ma’noga ega. Qiyoslang:Karim keldi. Salim kutmadi.

Nomustaqil kesim. Ayrim kesim sodda gap tarkibida boshqa, qo‘shma gap tarkibida boshqa ma’no beradi: Salim kelsa, men boramangapi tarkibidagi ergash gapning kesimi“shart”ma’nosini ifodalamoqda. Lekin qo‘shma gap sodda gapga ajratilsa, bu kesimning ma’nosi o‘zgaradi: Salim kelsa (istak). Bu – nomustaqil kesim. -sa shart mayli qo‘shimchasi, uning -sa edi, -ganda edi o‘tgan zamon ko‘rinishi, -di ham, -ganicha yo‘q, -ganicha yo‘q edi, -gan edi, -ardi, -ar ekan o‘tgan zamon qo‘shimchasi kabilar nomustaqil kesimni shakllantiradi.

 

Qo‘shma gap tarkibida

Sodda gap tarkibida

Havo ochilsa, ishni boshlaymiz.

Havo ochilsa.

Kitobim bo‘lsa edi, tezda bajarar edim.

Kitobim bo‘lsa edi.

Salim kelganda edi, bir zumda hal qilar edik.

Salim kelganda edi.

U aytardi(aytsa edi), men bajarardim.

U aytardi.

 

Boshqa shaklli kesim mustaqil kesim sanaladi.

Kesimning ifodalanishi. Kesim ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: 1)fe’l kesim;2)      ot kesim.

Fe’l kesim.Sof fe’l bilan ifodalangan kesimfe’l-kesim deyiladi:Men maktabga boraman. Po‘lat xatni kecha yuborgan.

Ot kesim. Ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid, modal va harakat nomi bilan ifodalangan kesim – ot kesim: 1) ot-kesim: Qarg‘a nima deyotganini bilmaymiz, chunki u – qarg‘a, biz – odam; 2) sifat-kesim: E taqsir, qissamiz uzun;3) son-kesim: Ikki karra ikki – to‘rt;4) ravish-kesim: O‘zlashtirishing – yodaki. 5) taqlid-kesim: Hamma tomon g‘ovur-g‘uvur. 6) olmosh-kesim:Sen – mensan-u, men –senman, qissamni bayon etsam;7) modal-kesim: Tinchlik yo‘q.

Kesimningtuzilishi.Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a)sodda kesim; b) murakkab kesim.

Sodda kesim bir so‘z bilan ifodalanadi: 1.Sen bahorni sog‘inmadingmu? 2. Majlis shunga qaror qildi. Qo‘shma, juft, takroriy so‘z, ibora bilan ifodalangan kesim ham sodda kesim deyiladi. Chunki u yaxlit holda bitta so‘z yoki unga teng hodisa.

Murakkab kesim birdan ortiq so‘z bilan ifodalanadi: 1.Ayozli kunlar birin-ketin o‘tib borayotir.Murakkab kesim tarkibidagi ikkinchi so‘z ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z bo‘lishi ham mumkin. Murakkab kesimga misol: a) birikmali: Bu kun biz uchun og‘ir kun; O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat;b) to‘liqsiz fe’lli so‘z: Anjir kulchaday yirik va holvaytarday yumshoq edi;d) ko‘makchili so‘z: Hammasi sen uchun, Dilovar uchun;e) bog‘lamali: (q. Bog‘lama)Bunday odamlarni nodon hisoblashadi; f) ko‘makchi fe’lli: Hamma ham xalqiga xizmat qilgisi keladi.Murakkab ot-kesim quyidagi xususiyatga ega: a)  ot/sifat/son/olmosh/ravish+"bo‘lmoq"fe’li yoki to‘liqsiz fe’l: Mehnat qancha qiyin bo‘lsa, noni shuncha shirin bo‘ladi;b) yo‘q/bor/oz/ko‘p/zarur/lozim/kerak+bo‘lmoq fe’li yoki to‘liqsiz fe’li: Uzoqda ko‘ringan sharpa bir zumda yo‘q bo‘ldi;d) harakat nomi+kerak/lozim/shart/darkor: Choyxona yangi solingan qishki binoga ko‘chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.

Ega. Gapdagi xabarning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, kesimga tobe bo‘lgan bo‘lak – ega. Ega kim, nima, qayer so‘rog‘iga javob bo‘ladi: Kishilar (kim)Hakimani va boshqa qizlarni maqtashdi. O‘tloqda bedana (nima) ko‘p. Atrof (qayer?)jimjit.Ega bosh kelishikda bo‘ladi va ifodalanishi, odatda, quyidagicha: 1) ot: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi; 2) olmosh: Ular to‘garak mashg‘ulotiga muntazam qatnashadi;3) harakat nomi: O‘qish tugadi;4) otlashgan (sifat, son, sifatdosh, ravish, taqlid)so‘z: Yaxshilar(sifat)ko‘paysin, yomon qolmasin. Ikkovimiz(son)dala aylandik. Bilgan (sifatdosh)bilganin ishlar, bilmagan (sifatdosh)barmog‘in tishlar. Ko‘plar(ravish)qatnashdi. Uzoqdan to‘plarning gumbur-gumburi (taqlid) eshitilardi;5) ibora: Uning yuziga oyoq qo‘yish axloqimizga zid;6) kengaygan birikma: Otlarning otxonaga olib o‘tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.Ba’zan teng aloqadagi bir necha so‘z ham butunicha yoki bo‘lak-bo‘lak ravishda ega bo‘lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi. Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunda haqiqiy ega tushirilgan, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so‘z ega vazifasini ifodalaydigan bo‘lib qoladi: Unda ham bu kitobdan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitobdan biri bortarzida.

Hamma gapda ega qatnashavermaydi. Shu nuqtai nazardan gap egali va egasiz gapga bo‘linadi. (q. Gap).

Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligi.Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: a) shaxsda moslik;b) sonda moslik.Shaxsda moslik. Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo‘ladi: Biz maktab jamoat ishida faol qatnashamiz. Nutqda Hayron bo‘lasan kishi tarzidagi gap qo‘llanadi. Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan: ega (kishi) III, kesim esa II shaxsda. Bu – kam uchraydigan hodisa. Sonda moslik. Bunda quyidagi holat muhim:a) fe’l-kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo‘ladi: Biz yordam berdik;b) kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi: 1) kishini bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos bo‘ladi: Dehqonlar ishni boshlab yubordilar;2) ko‘plikdagi kishini emas, narsa-buyumni bildirsa, fe’l-kesim, odatda, ega bilan sonda moslashmay, birlikda ishlatiladi: Kitoblar olindi; 3) ot-kesim ko‘plikdagi ega bilan ko‘pincha moslashmaydi: Uyda akam, opam va singlim bor edi;4) gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim va ega birlik shaklida bo‘ladi: Uchta qiz yordamga keldi.Ega va kesim mosligini yuzaga keltirishda ohang muhim o‘rin tutadi:1.Yer xazina – suv oltin. 2. Qo‘l - yaratuvchi. 3.Bu – maktab, do‘stim.

Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi.Quyidagi holatda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi: 1) gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa: Toshkent – go‘zal shahar;2) gapning egasi yoki kesimi yoxud ikkisi ham harakat nomi bilan ifodalansa va bog‘lama bo‘lmasa: Kulish – umrni uzaytirish vositasi;3) gapning egasi yoki kesimi birikma bilan ifodalanib, tenglik, o‘xshatish, kabi ma’noni bildirsa va bog‘lama bo‘lmasa: Yaxshi qiz – yoqadagi qunduz;4) ega yoki kesim ko‘rsatish olmoshi yoxud miqdor son bilan ifodalanib, alohida ajratib ko‘rsatilsa, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa: 1.Ana shu – mening uyim. 2.Uch karra uch – to‘qqiz;5) ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zi bilan ajratilganda tire shu so‘zdan oldin qo‘yiladi: Istiqlol – bu o‘zbek xalqining azaliy orzusi.

Quyidagi holatda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilishi lozimdek bo‘lsa ham, qo‘yilmaydi: 1) ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa va bog‘lama bo‘lmasa ham: U tajribali iqtisodchi;2) kesim bosh kelishikdan boshqa kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘lsa: Butun umidimiz sendan;3) ega bilan kesim o‘rtasida ham yordamchi so‘zi bo‘lsa: Men ham kichik paxtakor;4) kesim sifat, son (miqdor sondan tashqari), ravish bilan ifodalansa: 1.Shahrimiz go‘zal. 2.Kitoblar soni beshta. 3.Mening orzularim ko‘p.5) ta’kidlash uchun yuklama qo‘llanganda: 1.Men ham talaba. 2.Yer xazinami? 3.Bu kitob-ku?Ba’zan ta’kidni kuchaytirish uchun kesimlik qo‘shimchasi bo‘lishiga qaramay, egadan keyin tire qo‘yilishi mumkin: Adabiyot — hayotning badiiy ifodasidir.

Bosh harf imlosi1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 66–74- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi bosh harf bilan yozish haqidagi imlo qoidasi to‘plami.

Bosh harflar quyidagi hollarda ishlatiladi:1) kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O‘rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif So‘fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi; 2) joy nomi bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo‘l (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloq), Bodomzor, Chig‘atoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yorqoq (yaylov), Qoratog‘, Pomir (tog‘), Oqtepa, Uchtepa (tepa), Zarafshon, Sirdaryo (daryo), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakat) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi; 3) yulduz va sayyora, boshqa xil osmon jismining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bo‘lib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi;4) madaniy-maishiy va savdo korxonasiga, adabiyot va san’at asariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotiga, shuningdek, transport vositasi, sport inshootiga qo‘yilgan nom bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” (mehmonxona), “Saodat” (firma), “Navro‘z” (xayriya jamg‘armasi), „Kamalak» (matbaa birlashmasi), “G‘uncha” (bog‘cha), “Botanika” (sanatoriy), “Paxtakor” (stadion), “Qutlug‘ qon” (roman), “Dilorom” (opera), “Tanovar” (kuy), “Ozodlik” (haykal), “Jasorat” (yodgorlik), “Sino” (sovutgich) kabi; 5) muhim tarixiy sana va bayram nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayramikabi; 6) davlat, davlat oliy tashkiloti va mansabining, xalqaro tashkilot nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashikabi. Boshqa tarkibli nomda oliy mansabni bildiruvchi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning o‘rinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi. Vazirlik va idora, korxona va tashkilot nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi; 7) davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: “O‘zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yulduz” (medal). Boshqa mukofot, faxriy unvon, nishon nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: “Sog‘lom avlod uchun” (orden), “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” (faxriy unvon), “Matbaa a’lochisi” (nishon) kabi; 8) gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim (O.Yoq.). (Eslatma:1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot bo‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi: “Bu men”, – qo‘rqibgina javob berdi ko‘laga (O.Yoq.); 2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismi chiqarilganda bunday qism oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalani:

–mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;

–ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa material to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini ... hal qiladi;3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qism ham kichik harf bilan yoziladi: Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘z; 2) o‘zbekcha so‘z; 3) tojik tilidan kirgan so‘z; 4) arab tilidan kirgan so‘z; 5) rus tilidan kirgan so‘z(“O‘zbek tili” darsligidan); 9) tarkibli nomning bosh harfidan iborat qisqartma, atoqli ot bo‘lmagan ba’zi birikmaning qisqartmasi bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qo‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.

Boshqa tildan o‘zlashgan so‘zning talaffuzida o‘ziga xos me’yorlar bor. Ular quyidagilar: 1.Turkiy tillarda, ma’lumki, f undoshi bo‘lmagan, shuning uchun jonli so‘zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi «f»ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi: ulfat>ulpat, faner>paner, ferma>perma kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me’yor holiga kelgan. 2. So‘z yoki bo‘g‘in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo‘lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan – jonli so‘zlashuvda so‘z yoki bo‘g‘in boshida yoxud bo‘g‘indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan: shkaf > ishkop, stakan > istakon, plan > pilon, traktor > tiraktir kabi. Bunday holat so‘z oxirida ham uchraydi: aql > aqil, fikr > fikir, ilm > ilim, hukm > hukum kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me’yor sanaladi. Bunday me’yor shu tipdagi so‘zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to‘g‘ri belgilashga ham yordam beradi. 3. Umumturkiy so‘zlarda ikki unli yonma-yon qo‘llanmaydi, bu hol arab tilidan o‘zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so‘zlar talaffuziga ta’sir qilgan: oila, doir, rais so‘zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir, rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so‘zlari esa unlilarning diftonglashuviga – mo:rip, so:dat, mutola: kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so‘z o‘zlashtirishning faollashganligi, ruscha o‘zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va imlo me’yorlarini o‘zbek tiliga aynan singdirish an’anasining ustun bo‘lganligi o‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik va orfografik me’yorga aylantirdi: biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya va boshqalar. Bu hol arabcha o‘zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me’yor darajasiga ko‘tardi. 4. Arab tilidan o‘zlashtirilgan ta’na, da’vo, ma’no, e’lon, me’mor, mo‘tabar kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unlilar cho‘ziqroq talaffuz etiladi. 5. Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda «i» unlisi o‘zbek tilining «i» unlisidan torroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. tish (o‘zb.) – tip > ti:p (rus.), til (o‘zb.) – tir > ti:r (rus.) kabi. 6. Ruscha leksik o‘zlashmalarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «e» unlisi o‘zbekcha «e»dan ancha tor («i»ga yaqin) talaffuz etiladi: telefon > tilifon., televizor > tilivizir, adres > adris kabi. 7. Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda «a» unlisi o‘zbekcha «a»dan yo‘g‘onroq talaffuz etiladi: kana (o‘zb.) – kanal (rus) kabi. 8. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagi o‘rta keng, lablangan «o» unlisi urg‘uli bo‘g‘inda o‘zbek tilidagi o‘rta keng, lablangan «o‘»dan kengroq talaffuz etiladi: ton (rus.) – to‘n (o‘zb.), tok (rus.) – to‘q (o‘zb.), tort (rus.) – to‘rt (o‘zb.) kabi. 9. Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so‘zlarning boshida bir «o‘» tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: ro‘za>o‘raza, rus>o‘ris, ro‘mol>o‘ramol kabi. Adabiy talaffuz me’yori sifatida ro‘za, rus, ro‘mol shakllari saralangan. 10. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish «v» undoshi jarangsiz «f» tarzida talaffuz qilinadi: aktiv > aktif, passiv > passif, ustav > ustaf, kursiv > kursif kabi; «v»ning jarangsizlanishi so‘z ichidagi assimilyativ holatda ham yuz beradi: avtomat > aftomat, stavka > stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun me’yor sanaladi, ammo o‘zbek tilining o‘z so‘zlarida qo‘llanadigan lab-lab «v» undoshi so‘z oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida ham «f» ga o‘tmaydi: ov, birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me’yor sanaladi). 11. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zning ko‘pchiligida urg‘u erkin bo‘ladi, bu hol o‘zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda: atlas, trolleybus, tramvay kabi. 12. O‘zbek tilidagi urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, ammo ayrim o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u so‘zning oldingi bo‘g‘inlarida bo‘lishi ham mumkin: hamma, jami, hamisha, afsuski kabi. Bunday holatlardan xabardor bo‘lish adabiy talaffuz me’yoriga amal qilish imkonini beradi.

 

Boshqird tiliboshqird xalqining tili.Turkiy tillar g‘arbiy tarmog‘ining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 millionga yaqin kishi so‘zlashadi (1992 yildagi ma’lumot). Ikkita asosiy shevasi bor: a) janubiy (yurmata); b) sharqiy (quvaqan). Boshqird tiliturkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz va qisman grammatik jihatdan farqlanadi. Yozuvi arab (1929- yilgacha), lotin (1929–1939) va kirill (1940- yildan) alifbolari asosida.

 

Ma’nodoshlik(sinonimiya)birdan ortiqtil birligirining ma’no munosabatiga ko‘ra har xil shaklda bo‘lsa-da, bir tushunchani bildirishi: ovoz, tovush, un, sado, sas, nido, sazo.

Tilda bir so‘z ko‘p ma’noni anglatishi bilan birga, bir necha so‘z bir tushunchani bildirishi ham mumkin. Mas., osmon, falak, ko‘k, samo, gardun; yurak, qalb, dil, ko‘ngil kabi. Bir tushunchani turli ma’noda ifodalaydigan so‘z ma’nodosh so‘z. Ma’nodosh so‘zning atash ma’nosi bir xil, o‘zaro qo‘shimcha ma’nosi bilan farqlanadi. Mas., yuz, aft, bashara, chehraso‘zining hissiy va uslubiy bo‘yog‘i farqli.

Ma’nodoshlik so‘z, qo‘shimcha, ibora, gaplarda mavjud. Shunga ko‘ra ma’nodoshlik: 1) lug‘aviy (leksik) ma’nodoshlik, ya’ni so‘z ma’nodoshligi: ish, yumush; gapirmoq, so‘zlamoq; 2) ibora (frazeologik) ma’nodoshligi: boshi osmonga yetdi, terisiga sig‘madi; 3) qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi: bu o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi: a) so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi: -ser, -dor, -siz, -be; b) grammatik shakl ma’nodoshligi: yap, yotir, moqda; 4) sintaktik ma’nodoshlik kabi turga bo‘linadi.

Leksikologiyada faqat leksik (lug‘aviy) va frazeologik ma’nodoshlik o‘rganiladi.

Ma’nodoshlikning mohiyatini to‘g‘ri tushunish uchun ikki hodisani birbiridan farqlash lozim:

– tushuncha va so‘z, uning o‘zaro munosabati;

– so‘z va uning ma’nolari, har bir so‘zning ma’no qirrasi.

Tushuncha predmet, belgi, voqea-hodisa, harakat haqida kishining tasavvuri, ma’no – uning tilda namoyon bo‘lishi. Tushuncha ma’noga, so‘z esa tushunchaga to‘la ravishda mos kelavermaydi. Mas.,yuz, aft, bashara, chehraso‘zi bir tushunchani bildiradi, ammo ma’nosi boshqa-boshqa. Ma’nosi bir xil so‘zning bittasi tilda yashaydi, boshqasi iste’moldan chiqib ketadi.

So‘z ma’nosi tushunchaning hamma tomonini qamrab ololmaydi, balki uning mohiyatini va muhim tomonini aks ettiradi. Tushunchaning boshqa tomoni va xususiyati o‘zga so‘z bilan ifodalanadi.

M a’nodoshlik qatori.Ma’nodosh so‘zlar to‘plamima’nodoshlik qatori deyiladi. Sinonimik qator birdan ortiq so‘zdan tashkil topadi: osmon, ko‘k, samo, falak; qiziq, g‘alati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib kabi.

Sinonimik qatordagi ma’lum aniqlikka ega bo‘lgan, uslubiy jihatdan «betaraf» so‘z bosh so‘z (dominanta) deyiladi: yurak, ko‘ngil, qalb, dil qatorida bosh so‘z – yurak.

Bosh so‘z quyidagi xususiyatga ega: a) boshqalariga nisbatan ko‘p ishlatiladi; b) uslub tanlamaydi; d) boshqasini erkin almashtiradi; e)   hissiy bo‘yoqsiz bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’no anglatish-anglatmasligiga ko‘ra, sinonim uchga bo‘linadi:

a)         to‘liq ma’nodoshlik;

b)        ma’noviy ma’nodoshlik;

d)        sh a r t l i m a’n o d o sh l i k.

Agar asos ma’no ham, qo‘shimcha ma’no ham birbiriga to‘g‘ri kelsa, to‘liq ma’nodoshlik deyiladi: lingvistika – tilshunoslik, fazogir – kosmonavt, huquqshunos – yurist kabi. Bir tilning o‘z so‘zlari o‘zaro to‘liq ma’nodosh bo‘lmaydi.

Asos ma’nosi bir xil, lekin qo‘shimcha ma’nosi (hissiy, uslubiy ma’nosi) birbiridan farq qilsa, ma’noviy ma’nodoshlik deyiladi. Mas., yurak, dil, qalb, ko‘ngil; kerak, lozim, shart, darkor kabi.

Ma’nodoshlikmunosabati bir so‘z turkumi doirasida bo‘ladi: ulug‘, buyuk, katta (sifat); odam, inson, bashar (ot). Ma’nodoshlik deyarli barcha so‘z turkumida uchraydi.

Ko‘p ma’nolilikda ma’ n o d o sh l i k. Ko‘p ma’noli so‘zda ma’nodoshlik o‘ziga xos. U har bir ma’nosi bilan boshqaboshqa ma’nodoshlikqatorida bo‘lishi mumkin. Mas., bitirmoq so‘zi uch ma’nosi bilan uch ma’nodoshlik qatorida birlashadi:

a) bitirmoq, tugatmoq, tamomlamoq. Bu so‘z «yakuniga yetkazmoq» tushunchasi asosida o‘zaro ma’nodosh.

b)bitirmoq, bajarmoq, ado etmoq, do‘ndirmoq. Bu qatordagi so‘z «ish, vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq» tushunchasi asosida o‘zaro sinonim.

d) bitirmoq, sop qilmoq, yo‘qotmoq. Bu so‘z «butkul yo‘q holatga keltirmoq» tushunchasi asosida sinonimlik hosil qiladi.

Yoki birinchi so‘zini olaylik: a)birinchi(sentabr) (sinonimi yo‘q); b)birinchi(farzand), bosh, to‘ng‘ich, katta;d)birinchi(masala),asosiy, muhim, dolzarb;e)birinchi (qadam),dastlabgi, ilk.

M a’nodoshlikning paydo bo‘lishi. Quyidagi yo‘l bilan paydo bo‘ladi: a) bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘tishi natijasida: manglay, peshona; kuch, quvvat; josus, agent; b) mahalliy shevadan so‘z olish natijasida: do‘ppi, kalapo‘sh; buzoq, go‘sala; d) so‘z yasalishi natijasida: his, sezgi; savol, so‘roq; vazifa, topshiriq; e) so‘zning yangi ma’no kasb etishi natijasida: o‘rin, joy, lavozim.

Ayrim so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanib, boshqa so‘zga vaqtincha ma’nodosh bo‘ladi. Mas., qattiq so‘zi ko‘chma ma’noda baxil, xasis, ziqna, mumsik so‘zi bilan, o‘t so‘zi chiroy, husn so‘zi bilan ma’nodosh. Bu shartli ma’nodoshlik deyiladi.

Ko‘rinib turibdiki, ma’nodoshlikning asosi turlicha, ular o‘zaro umumiy ma’nosi asosida bog‘lanadi. Har bir ma’nodosh so‘z ma’no xususiyatiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun ham uning ba’zisini ikkinchisining o‘rnida ishlatib bo‘lmaydi.

          Ibora ma’nodoshligi. Ibora (frazeologik) ma’nodoshligi–shaklihar xil, ma’nosi birbiriga yaqin bo‘lgan ibora (frazeologik sinonim)lar munosabati: toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq; yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq; terisiga sig‘madi – boshi osmonga yetdi.Lug‘aviy birlik sifatida ibora so‘z bilan sinonimlik tashkil qila oladi: g‘azablanmoq – joni chiqmoq, sevmoq – yuragidan urmoq, maqtamoq – ko‘klarga ko‘tarmoq. Bu ibora va so‘z (leksik-frazeologik) ma’nodoshligi deyiladi.

M a’nodoshlik ning uslubiy xususiyati. Og‘zaki va yozma nutqda ma’nodoshlikning amaliy ahamiyati katta. Ma’nodoshlik so‘zni o‘rinsiz takrorlashga yo‘l qo‘ymaydi, uslubning ravonligini ta’minlaydi.

Ma’nodoshlikbadiiy nutqda tasvir vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yozuvchi ma’nodoshlik vositasida kishi xarakterini, voqeahodisani, manzarani aniq va jozibali qilib tasvirlaydi. Ma’nodoshlikdagi bunday xususiyatni XV asrdayoq idrok etgan Alisher Navoiy «Muhokamat ullug‘atayn» asarida ichmoq so‘zining 6 ta, yig‘lamoq so‘zining 7 ta ma’nodoshini keltiradi: yig‘lamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o‘kirmoq, inchkiramoq, hoyhoy yig‘lamoq. Alisher Navoiy bu ma’nodosh so‘zlarni birbiridan o‘zining nozik ma’no qirrasi bilan farqlanishini she’riy nutqda qo‘llash asosida tushuntiradi.

Ma’nodosh so‘z o‘zaro hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i bilan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimik qatoridagi yuzso‘zi betaraf bo‘lsa, bet, aft so‘zi salbiy bo‘yoqli, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turqso‘zida basharaso‘ziga nisbatan ham kuchliroq; chehraijobiy bo‘yoqqa ega, jamolso‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. So‘zlovchi o‘z kayfiyati, maqsadi va munosabatiga qarab undan tanlaydi. Shuningdek, ma’nodoshning ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid sinonimik qatoridagi qariso‘zining ishlatilish doirasi keng, qolganiniki esa chegaralangan.

Ma’nodoshni o‘rinsiz ishlatish oqibatida turli uslubiy xato kelib chiqadi: Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapida yiqilayso‘zi noo‘rin qo‘llangan, chunki bu so‘z kishiga nisbatan ishlatiladi; bunda devorga nisbatan nuray (qulamoq) so‘zi qo‘llanishi maqsadga muvofiq edi.

            Qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi.Qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi– qo‘shimchalardagi shaklning turlicha, lekin ma’noning bir xil bo‘lish hodisasi. Barcha tur qo‘shimcha ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi. Shu boisdan so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligihamda grammatik qo‘shimcha ma’nodoshligifarqlanadi.

Qo‘shimcha ma’nodoshligiga misol keltiramiz:

Qo‘shimcha

Misol

Qo‘shimcha

Misol

ba-/-li

bahaybat – haybatli

-qir/-ag‘on

topqir – topag‘on

-ga/-ni

unga tushunmadi –uni tushunmadi

-chi/-shunos

tilchi – tilshunos

-dan/ -ni

nondan oling – nonni oling

no-/-siz

noo‘rin – o‘rinsiz

-dan/-ga

teshikdan sig‘madi – teshikka sig‘madi

-ona/-larcha

mardona – mardlarcha

-dan/-ning

shundan biri – shuning biri

-sa/-sira

suvsamoq – suvsiramoq

-digan/-ar

qiladigan ish – qilar ish

-lab/-dan

saharlab – sahardan

-don/-li

bilimdon – bilimli

(-u)v / -(i)sh

o‘quv – o‘qish

-do‘z/-chi

mahsido‘z – mahsichi

-imtir/-ish/-roq

Oqish – oqimtir – oqroq

-yotir/-moqda/-yapti

borayapti – borayotir – bormoqda

-iz/-dir

Tomiz – tomdir

-ish/-lar

ketishdi – ketdilar

-larcha/-cha/-chasiga

Erkaklarlarcha – erkakchasigaerkakcha

-lay/-ligicha

butunlay – butunligicha

 

 

-loq/-zor

o‘tloq – o‘tzor

-li/-dor

unumli – unumdor

ser-/ -li

sero‘t – o‘tli

be-/-siz

bemaza – mazasiz

-soz/-chi

soatsoz – soatchi

 

 

 

So‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi. So‘z yasovchi qo‘shimchaning bir-biriga yaqin ma’noni ifodalashi so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi deyiladi. Mas., sifat yasovchi-li, -dor, -ser, -ba qo‘shimchasi o‘zaro sinonim: savlatli, savlatdor, sersavlat, basavlat kabi. Biroq ma’nodoshlik to‘liq emas, balki qo‘shimchaning ayrim ma’no qirrasi orasida. Ya’ni bir qo‘shimcha ikkinchi qo‘shimcha bilan barcha ma’nosi asosida sinonim bo‘la olmaydi.

Grammatik qo‘shimcha ma’nodoshligi. Nonni yengnondan yeng, uyga jo‘namoq – uy tomon jo‘namoq kabi hodisada grammatik ma’nodoshlik mavjud. Grammatik ma’nodoshlik grammatik qo‘shimcha orasida ham, grammatik qo‘shimcha va yordamchi so‘z orasida ham bo‘ladi.

 

Mahmud Koshg‘ariy(XI asr) (to‘liq ismi Mahmud Ibn-ul Husayn ibn Muhammad-al-Koshg‘ariy)– qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist-fonolog, leksikolog, leksikograf, lingvogeograf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi. Uni haqli ravishda turkiyshunoslik fanining asoschisi deb aytish mumkin. Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk» (1076–77) asari nafaqat o‘sha davr uchun, bugungi turkologiya fani uchun ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan qomusiy asar. Asar davr an’anasiga muvofiq arab tilida yozilgan. Bizgacha birgina qo‘lyoma nusxasi yetib kelgan. U muallif o‘z qo‘li bilan yozgan nusxasidan kotib Abu Bakr Damashqiy tomonidan ko‘chirilgan. Istambulda saqlanadi. 1960–63- yillarda S.Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, uch tomda nashr qilingan.

«O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati»–maktabo‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so‘z hamda o‘zlashma so‘zlar aniqlangan.

                   Lug‘atda bosh so‘z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o‘rinlaridan joy olgan.

«O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan yaratilgan, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘atda talaffuzdosh so‘zlarning quyidagi ko‘rininshlari farqlanadi:        

1. So‘z oxiridagi yasovchi qo‘shimchada: borlik-borliq, bo‘shlik-bo‘shliq, otalik-otaliq, jazlik-jazliq, yo‘qlik-yo‘qliq.

2. So‘z o‘rtasidagi unli tovushlarda: gulkor-gilkor, ravon-rovon, oxir-oxur, devon-divan, jayron-jiyron, may-moy.

3. So‘z o‘rtasidagi undosh tovushlarda: abzal-afzal,

4. So‘z oxiridagi unli tovushlarda: tanga-tango, banda-bandi, daha-daho, jodi-jodu, mavzu-mavze, murabba-murabbo.

5. So‘z o‘zagi oxiridagi undosh tovushda: adip-adib, bop-bob, burch-burj, buyuk-buyuq.

6. So‘z boshidagi unli tovushlarda: abro‘-obro‘, ariq-oriq, axir-oxir, ukki-ikki.

7. So‘z boshidagi undosh tovushlarda: paqir-faqir;

8. So‘z o‘rtasidagi unlining cho‘ziq-qisqa aytilishida: sher-she’r, davo-da’vo.

9.So‘z o‘rtasida bir undoshning bor-yo‘qligida: bo‘yincha-bo‘yicha, ziyrak-zirak.

10. So‘z oxirida undoshning tushib qolishida: go‘sh-go‘sht, bolali-bolalik, uyli-uylik, sus-sust.

11.So‘z o‘rtasida bir unlining bor-yo‘qligida: davur-davr, asir-asr, ahil-ahl, qasir-qasr, ilik-ilk.

12. So‘z oxirida bir-biriga yaqin uyadoshli so‘zlarda: qarz-qars, darz-dars; dakki-daqqi, ko‘klik-ko‘hlik.

Lug‘at 1500 dan ortiq so‘zni qamrab olgan va har bir so‘zga izoh berilgan.

Olmosh – aniq atash ma’nosiga ega bo‘lmasa-da, gap tarkibida biror so‘roqqa javob bo‘ladigan, ma’lum gap bo‘lagi vazifasida kelib, barcha mustaqil so‘z, undov, taqlid so‘z, ba’zan so‘z birikmasi, gap, hatto matn o‘rnida qo‘llanadigan, ularga ishora qiladigan mustaqil so‘z turkumi.

Ma’noviy xususiyati. Olmosh umumiyvamavhumma’nobildiradi. Shuningdek, uning bir qismi so‘roq so‘zidan iborat.Olmoshanglatganma’nomatndaoydinlashadi: 1) ot o‘rnida: Mahbuba (ot) o‘qiydiMen (olmosh) o‘qiyman. Ukam (ot) keldiU (olmosh) keldi; 2) sifat o‘rnida: qiziq (sifat) kitob shunday (olmosh) kitob, qanday (olmosh) kitob; 3) son o‘rnida: o‘nta(son) qalam shuncha (olmosh) qalam, qancha (olmosh) qalam; 4) fe’l o‘rnida: kitobni o‘qimoq (fe’l) –kitobni nima qilmoq (olmosh); 5) ravish o‘rnida: bugun (ravish) keldiqachon (olmosh) keldi; 6) taqlid o‘rnida: taq-tuq (taqlid) ovozqanday (olmosh) ovoz, shunday (olmosh) ovoz; 7) so‘z birikmasi o‘rnida: insho yozmoq (so‘z birikmasi) – nima qilmoq (olmosh); 8) gap o‘rnida: Istagim shuki (olmosh), dunyoda tinchlik bo‘lsin (gap).

Morfologik belgisi. Olmosh morfologik jihatdan o‘zgaradi: o‘zlari, shunaqaroq. Olmosh yasalmaydi, ammo ayrim ot, sifat, fe’l, sodda va qo‘shma ravishning yasalishi uchun asos bo‘la oladi: 1) ot: manmanlik, butunlik, o‘zlik; 2) sifat: hammabop, bizbop. 3) fe’l: mensimoq, sensiramoq, senlamoq, sizsiramoq, sizlamoq, o‘zlashmoq; 4) ravish: har doim, har kuni, har yili, o‘zicha, o‘zo‘zidan.

Olmosh qaysi turkumga xos so‘zni almashtirsa, shu turkumning morfologik xususiyatiga ega bo‘ladi:

1) otning morfologik xususiyatiga egalik: a) birlik: men, sen, kim; b) ko‘plik: kimlar, ular (Olmosh otning kichraytirish shaklini olmaydi. Ayrim holda -gina erkalash shaklini oladi: Shuginamni o‘ylayman);

2) sifatning morfologik xususiyatiga egalik: daraja: shunaqaroq;

3) sonning morfologik xususiyatiga egalik:a) tartib: nechanchi; b) dona: nechta; d) chama: nechtalar; e) taqsim: nechtadan; f) jamlovchi: nechov;

4) fe’lning morfologik xususiyatiga egalik: a) nisbat: nima qilishdi, shunday qildirdi; b)ravishdosh: nima qilgach, shunday qilib; d) sifatdosh: nima qilgan, shunday qilajak.

Olmosh o‘zi almashtiruvchi so‘zning barcha morfologik xususiyatiga ega bo‘la olmaydi. Mas., kishilik olmoshi ot o‘rnida qo‘llansa-da, egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi.

Sintaktik belgisi.Olmosh gapda barcha bo‘lak vazifalarda kela oladi. Uning muhim sintaktik belgisi – aniqlovchi olmasligi, belgi bildiradigan so‘zlarni tobelantirmasligi.

Olmosh nutqni ixcham ifoda qilishning muhim vositasi: Hamma kirsin. Bularni yig‘ishtiring. Olmosh mustaqil turkum bo‘lsa-da, o‘ziga xos so‘rog‘i va xoslangan vazifasi yo‘q. U qaysi turkumga xos so‘zni almashtirsa, shu turkum so‘rog‘ini oladi va shu turkumga xos vazifani bajaradi: 1) ega: Men kecha Stokgolmdan keldim; 2) otkesim: Firma rahbari o‘zim; 3) sifatlovchianiqlovchi: Qanaqa surat chizding? 4) qaratqichaniqlovchi: Sening familiyang nima?5) to‘ldiruvchi: Kimga kimni maqtading? 6) hol:Majlis qachon boshlandi?7) kirish so‘z: Menimcha, ishni bugun tugatish kerak.

Uslubiy belgilari.a)U, bu, shuolmoshlari o‘rnida birso‘zi (yoki bir xilso‘zi) qo‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbul giryon. Bir xil (shunday) odam tushunmaydi; b) menolmoshi o‘rnida kamina, sizo‘rnida o‘zlariso‘zi qo‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va’da bergan edingiz – O‘zlari va’da bergan edilar; d) ilmiy ish, rasmiy hujjat, yig‘ilishlarda menolmoshi o‘rnida bizishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshining xususiyati haqida so‘z yuritiladi; e) hurmatni ifodalash uchun senolmoshi o‘rnida siz olmoshi qo‘llanadi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha, hurmatsizlikni ifodalash uchun esa senolmoshiga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar; f) ko‘rsatish olmoshi ta’kidlash, ajratish ma’nosini beradi: Kitob – bu dono maslahatchi.

Nima, bir narsa, nimadir, hech narsa, har nima, hech nima olmoshi belgisiz tushum kelishigida qo‘llanishi mumkin.

Olmoshning ma’noviy guruhlari. Olmosh atash ma’nosiga ega bo‘lmasa-da, matnda uning ma’nosi aniqlashadi. Shu jihatdan olmoshlarning 7 guruhi ajratiladi:

Kishilik olmoshi ot-olmosh, shaxsga ishora qiladi: men, sen, u, biz, siz, ular. Ular ot o‘rnida qo‘llanuvchi olmosh deyiladi.

Xususiyati:

1)  hurmat ma’nosida seno‘rnida siz, ba’zan maqtanish yoki kamtarlik ma’nosida meno‘rnida bizqo‘llanadi: Buni biz yasadik. Bizga navbat qachon kelar ekan?

2)  men olmoshi ko‘plikda qo‘llanmaydi. Senolmoshiga esa lar qo‘shilib, hurmatsizlik ma’nosi anglashiladi: Senlar ham keldinglarmi?

3)  ko‘plik ma’nosini ta’kidlash uchun bizva sizolmoshi bizlarva sizlarshaklida qo‘llanadi.

4) kishilik olmoshi kelishik shaklini qabul qila oladi. Menva senolmoshiga ning, ni, niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, n tovushi tushib qoladi, u olmoshiga ga, da, dan qo‘shimchasi qo‘shilsa, n tovushi ortadi: mening, meni, meniki, sening, seni, seniki, unga, unda, undan.

Menolmoshiningkamina, banda, faqir, qulingizkabi tarixiy ma’nodoshi bor. Men olmoshidan mavhum ot (menlik), takrorlanishidan sifat (manman) va undan mavhum ot (manmanlik) yasaladi.

Kishilik olmoshi gapda ega, ot-kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifalarida keladi.

O‘zlik olmoshi o‘z so‘zidan iborat, shaxsni ta’kidlash yoki yolg‘izligini ifodalash uchun qo‘llanadi. Qaratqich kelishigidagi so‘zdan keyin kelsa, ta’kidni (mening o‘zim, uning o‘zi, Karimning o‘zi, kitobning o‘zi), usiz kelsa, uch shaxsdan biriga ishorani (o‘zi (u), o‘zim (men), o‘zing (sen)) bildiradi.

Xususiyati:

1) egalik shaklini olib, uch shaxsni ham anglatadi: o‘zim, o‘zing, o‘zi, o‘zimiz, o‘zingiz, o‘zlari. O‘zlik olmoshi ot kabi turlanadi;

2) otning turli shaklini egalik qo‘shimchasidan keyin qabul qiladi: o‘zimning, o‘zingni, o‘ziga, o‘zimizda, o‘zingizda, o‘zlariday, o‘zimniki, o‘zigacha.

Ko‘rsatish olmoshi. Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanib, unga ishora qiladi. Sifat, ot xarakteriga ega. Unga u, bu, shu, ul, o‘shal, o‘sha, ana, mana, ana shu, mana bu, anovi, unday, unaqa, uncha, bunday, bunaqa, buncha, o‘shanday, o‘shanaqa, o‘shancha so‘zlari kiradi.

Xususiyati:

U ko‘rsatish olmoshi u kishilik olmoshi bilan shakldosh. Uning kim so‘rog‘iga javob bo‘lgani kishilik, qaysi so‘rog‘iga javob bo‘lgani ko‘rsatish olmoshi hisoblanadi.

Bu, shu, u, o‘shaolmoshiga ga, da, dan, cha, day qo‘shimchasi qo‘shilsa, bitta n tovushi ortadi: unda, unga, undan, shunday, o‘shanday, shuncha.

So‘roq olmoshi. Shaxs, narsa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt, harakat haqida so‘roqni birdiradi. Bunday olmosh har bir mustaqil so‘z turkumiga daxldor: kim, nima, qayer, qanday, qanaqa, qaysi, qancha, nechta, necha, nechanchi, qachon, qayerda, qayerga, qayerdan, qayoqqa. qayoqda, qayoqdan, nega, nechun.

Xususiyati. Kim, nima, qayerolmoshi otga daxldor bo‘lgani uchun ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchasini qabul qiladi: kimlar, kimlarim, kimingiz, kimga, kimlardan.

Qanday, qanaqa, qaysiolmoshi belgini aniqlash uchun ishlatiladi, gapda aniqlovchi, hol bo‘lib keladi va ba’zan qiyosiy daraja qo‘shimchasini oladi: qandayroq, qanaqaroq.

Necha, nechta, nechanchi, qanchaolmoshi son va ravish so‘rog‘i bo‘lganligi uchun bu turkumni aniqlashda qo‘llanadi.

Qachon, qayerga(da, dan), qayoqqa(da, dan), qani, nega, nechunso‘roq olmoshi ishharakatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, sababi va maqsadini bildirish uchun ishlatiladi, gapda hol yoki kesim bo‘lib keladi.

Bo‘lishsizlik olmoshi. Hech so‘zini so‘roq olmoshiga qo‘shish asosida hosil qilinadi va inkor ma’nosini bildiradi: hech bir, hech narsa, hech kim, hech nima, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi, hech qancha, hech qachon, hech qayerda.

Bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgan gap kesimi inkor shaklida bo‘ladi: hech kim kelmadi, hech qayerga borma. Tasdiq shaklida bo‘lganda ham inkor ma’nosi anglashiladi: hech eshitganmisiz, yozda qor yoqqanini.

Kimsa oti bo‘lishsizlik olmoshi o‘rnida ishlatiladi: Dardimni eshitadigan kimsa topilmadi.

Belgilash-jamlash olmoshi. To‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatni ifodalaydi: hamma, barcha, bari, jami, yalpi, butun, har kim, har nima, har bir, har qaysi, har qachon, har qayerda;

Hamma, barcha, bari, jami, yalpi, butun olmoshlari sifat xarakterida bo‘lib jamlash, har+so‘roq olmoshi ko‘rinishidagi olmoshlar belgilash olmoshlari deb yuritilidi. Belgilash olmoshlari ot, sifat, son va ravish vazifasida qo‘llanadi va shu turkumlarga xos belgilarga ega bo‘ladi: har kimlarga, har nimadan, har qayerni.

Gumon olmoshi. Noaniqlik, gumon ma’nosini bildiradi. U 4 shaklga ega:

1) so‘roq olmoshi + dir: kimdir, nimadir, qandaydir, qanaqadir, qaysidir, qachondir, qayerdadir;

2) alla+so‘roq olmoshi: allakim, allanima, allaqayer, allaqancha;

3) bir+narsa/kishi/nima/qancha/necha so‘zi: bir narsa, bir kishi, bir qancha, bir necha;

4) boshqa turkumdan ko‘chirish: birov, biron(ta), biror(ta), falon(chi), fiston(chi).

          Olmoshning tuzilishiga ko‘ra turlari. Olmosh tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takroriy bo‘ladi.

Sodda olmosh. Olmosh ma’noviy guruhlarining barchasida sodda olmosh mavjud: men, sen, u, qanday.

Qo‘shma olmosh. Bo‘lishsizlik, belgilash, ko‘rsatish olmoshlari qo‘shma olmosh bo‘lishi mumkin: har kim, hech kim, mana bu, ana u.

Juft olmosh. Faqat ko‘rsatish olmoshlari juftlashib qo‘llana oladi: u-bu, unga-bunga. Kishilik olmoshi juft qo‘llanganda otga o‘tib ketadi: Sen-menga borib qolishdi. O‘nta sizu bizdan, bitta jizu biz yaxshi.

Takroriy olmosh.Asosan so‘roq olmoshlari takror qo‘llanadi: kim-kim, nima-nima, shunday-shunday. Ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlari takror qo‘llanib, ravishga xos ma’no beradi: Shu-shu uni ko‘rmadim. O‘z-o‘zicha ish tutdi.

 

Shakldoshlik – til birliklarida tovush va yozuv tomoni bir xil, ammo birbiriga bog‘liq bo‘lmaydigan ma’no ifodalash hodisasi. Bunday hodisa omonimiya ham deyiladi: Dalada ot kishnadi. Chaqaloqqa ot qo‘yildi. To‘pni menga ot. Har uchala gapda qo‘llangan ot so‘zi shaklan bir xil bo‘lsa-da, aslida mutlaqo boshqaboshqa so‘z.

Shakldoshlik so‘z, qo‘shimcha, ibora, so‘z birikmasi va gapda mavjud. Shu hodisaga xos birlik shakldosh so‘z, shakldosh qo‘shimcha, shakldosh ibora, shakldosh so‘z birikmasi, shakldosh gap deyiladi.

Shakldoshlik o‘ziga yondosh bo‘lgan ma’nodoshlik, zid ma’nolilik, talaffuzdoshlik singari hodisalardan farq qiladi. Shakldoshlikda so‘zlarning fonetik qurilishi ham, talaffuzi ham bir xil, lekin lug‘aviy ma’nolari turlicha. Ma’nodoshlik va zid ma’nolilikda faqat so‘zning lug‘aviy ma’nolariga e’tibor qilinadi. Talaffuzdoshlikda esa so‘zlarning talaffuzi inobatga olinadi.

Shakldoshlik bilan ko‘p ma’nolilikni chalkashtirmaslik kerak. Uning farqi quyidagicha:

– shakldoshlikda nechta ma’nosi bo‘lsa, u shuncha so‘z hisoblanadi, ko‘p ma’nolilikda esa uning ma’nosi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, baribir bir so‘z hisoblanadi;

– shakldoshlikdagi ma’no birbiriga mutlaqo bog‘liq emas, lekin ko‘p ma’nolilikda ma’no birbiriga aloqador bo‘ladi;

– shakldoshlik turli xil tildan so‘z kirib kelishi, bir tildagi turli shaklning aynan to‘g‘ri kelib qolishi natijasida yuzaga keladi, ko‘p ma’nolilik esa uning nechta ma’nosi bo‘lsa, bari bir ma’nodan o‘sib chiqadi.

Shakldoshlik ham, ko‘p ma’nolilik ham qaysi ma’noda kelayotganligi matn orqali aniqlanadi.

Shakldosh so‘z bir so‘z turkumi doirasida ham, bir necha so‘z turkumi doirasida ham bo‘lishi mumkin: Uyga o‘t ketdi. Dalada o‘t ko‘kardi. Gapda faqat ot turkumiga mansub so‘z o‘zaro shakldoshlikni hosil qilgan. Faqat bir so‘z turkumi doirasida hosil bo‘lgan omonim so‘zlar grammatik shakl olsa ham omonim bo‘lib qolaveradi: Bu uningni o‘zing non qilib ye. Uningni o‘chir! gapidagi un so‘ziga ing egalik va ni tushim kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda ham omonimlik bartaraf bo‘lmagan. Lekin omonimlik boshqaboshqa so‘z turkumi doirasida bo‘lsa, grammatik qo‘shimcha olishi bilan u yo‘qoladi. Mas., ot – ism, ot – harakat: Oting nima?Uzoqqa otib yubor. Ba’zan, omonimlik har xil so‘z turkumi doirasida bo‘lsa-da, qo‘shimcha qo‘shilsa ham saqlanib qolishi mumkin. Bunda qo‘shimcha (grammatik) omonimligini ham kuzatish mumkin: Oting nima? G‘ishtni yuqoriroqqa oting. Bunda ing – egalik, ingshaxsson qo‘shimchasi. Bunday holda shakldoshlik gapdagi boshqa so‘z yordamida bartaraf etiladi.

O‘zbek tilshunosligida shakldoshlikni hosil qiluvchi hodisalar turlicha ekanligi qayd etiladi. Fonetik qurilishi va talaffuzi o‘xshagan so‘zlarning nutqda bir xil talaffuz etila boshlashi: ot, o‘t; so‘z ma’nosida yuz beradigan o‘zgarish: musht, til, dam, boshqa tillardan so‘z o‘zlashishi: bog‘, jaz, mil; yangi so‘z yasalishi natijasida: ruh+lan, ruh+la+nkabilar shakldoshlik hodisasini keltirib chiqaradi.

Shakldosh so‘zlar lug‘at boyligi uchun muhim manbalardan biri. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan shakldosh so‘zlar izohli va maxsus lug‘atlarda o‘z aksini topgan.

          Ibora shakldoshligi.Ibora shakldoshligibir xil qism (so‘z) dan tuzilgan, ya’ni shakli o‘xshash, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan iboralar munosabati: uyni boshiga ko‘tarmoq – onasini boshiga ko‘tarmoq. 1.Ilgari bir qatra og‘zimga olmas edim (Oyb.). – Komissiya hayron bo‘lib qoldi, ammo hech kim meni og‘ziga olmas edi. (A.Qah).

Shakldoshlikning uslubiy xususiyati.Nutqda shakldosh so‘zdan foydalangan holda turli so‘z o‘yini hosil qilinadi va badiiy nutqning go‘zalligiga erishiladi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim, Yolg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Bu o‘rinda ot omonimi turli ma’noni ifodalayapti. Omonim so‘zdan foydalangan holda so‘z o‘yinini yaratish tajnis (jinos) san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo‘llanib yaratilgan to‘rt qator she’r esa tuyuq deb ataladi.

   Qo‘shimcha shakldoshligi. Qo‘shimcha shakldoshligi(omonim qo‘shimcha) – qo‘shimchalardagi shaklning bir xil, ma’nosi har xil bo‘lish hodisasi. Shakldoshlik bir tur qo‘shimcha orasida ham, turli qo‘shimcha orasida ham bo‘lishi mumkin.

1. So‘z yasovchi qo‘shimcha shakldoshligi: -ki I: turtki, tepki, ko‘chki (ot yasaydi); -ki II: ichki, kechki, ustki (sifat yasaydi).

2. Grammatik qo‘shimcha shakldoshligi: -(i)sh I: borish (bormoq), kelish (kelmoq), ketish (ketmoq) (harakat nomi shakli); -(i)sh II: (birga) yuvish, (birga) tarash, (birga) ishlash (birgalik nisbat shakli).

3. So‘z yasovchi va grammatik qo‘shimcha shakldoshligi: -(i)m I: yig‘im, terim, sig‘im (ot yasovchi morfema); -(i)m II: uyim, kitobim, soatim(egalik morfemasi).

O‘zbek tilidagi asosiy shakldosh qo‘shimcha:

Qo‘shimcha

Otda

Sifatda

Fe’lda

Ravishda

Yordamchi so‘zda

-a

jizza (s/y)

ko‘tara (savdo, s/ya)

qona (s/y), bora (sh/y), bura (sh/y)

shig‘g‘a, chippa (s/y)

sen-a

-ay

kuchay (s/y), boray (sh/y)

-ak

g‘ijjak (s/y)

qirmizak (s/y)

-ar

ko‘kar (s/y), kelar (sh/y)

-ga

bolaga (sh/y)

surgamoq (sh/y)

-gi

supurgi (s/y)

yozgi (s/y)

 

-gina

qizgina (sh/y)

qizimgina

-g‘oq

to‘lg‘oq (s/y)

toyg‘oq (s/y)

-da

uyda (sh/y)

 

 

keldi-da

-dir

sezdir (sh/y)

kelgandir

-don

kuldon (s/y)

qadrdon (s/y)

-dor

chorvador (s/y)

puldor, yelkador (s/y)

-i

oti (sh/y)

Jannati (s/y)

tinchi (s/y), to‘zi (sh/y)

-ik

ko‘rik (s/y)

egik (s/y)

birik, ko‘zik (s/y)

-iq

chiziq (s/y)

ochiq (s/y)

yo‘liq (s/y), siniqmoq (sh/y)

-il

egildi (sh/y, o‘zlik), ichildi (sh/y, majhul)

-im

uyim (sh/y), bilim (s/y) chekim (s/y)

ayrim (s/y)

 

-in

ekin (s/y)

sog‘in sigir (s/y)

ko‘rin (sh/y)

oldin (s/y)

-ing

uying (sh/y)

oching (sh/y)

-ingiz

uyingiz (sh/y)

ochingiz (sh/y)

-ir

gapir (s/y), o‘chir (sh/y)

-ish

ko‘kish (sh/y)

yozish (sh/y), olishdi (sh/y)

-y

qoray (s/y), o‘qiy (sh/y)

-k

to‘shak (s/y)

chirik (s/y)

bordik (sh/y)

 

-q

taroq (s/y)

yumshoq (s/y)

-ka

yo‘lka (sh/y), etikka (sh/y)

iska (s/y), surka (sh/y)

-qa

o‘qqa (sh/y)

qisqa (s/y)

chayqa (sh/y)

-kash

aravakash (s/y)

janjalkash (s/y)

-ki

tepki (s/y)

kechki (s/y)

demakki, biladiki

-qi

chopqi (s/y)

Sayroqi (s/y)

-kin

 

keskin (s/y)

to‘kkin (sh/y)

-qin

to‘lqin (s/y)

sotqin (s/y)

boqqin (sh/y)

-qoq

tutqoq, botqoq (s/y)

yopishqoq (s/y)

-kor

paxtakor (s/y)

Fusnkor (s/y)

-la

ishla (s/y), quvla (sh/y)

sen-la

-lik

ochlik (s/y)

o‘shlik (s/y)

-m

chidam (s/y), ukam (sh/y)

yozdim (sh/y)

-ma

tugma (s/y)

yasama (s/y)

kelma (sh/y)

yonma-yon (sh/y)

-miz

onamiz (sh/y)

olamiz (sh/y)

-moq

quymoq (s/y)

ichmoq (sh/y)

-n

o‘zin(i) (sh/y)

yasanmoq (sh/y)

-oq

o‘roq (s/y)

qo‘rqoq (s/y)

keliboq

-on

to‘zon (s/y)

Shodon (s/y)

-sa

suvsamoq (s/y), kelsa (sh/y)

-si

otasi (sh/y)

garangsi (sh/y)

-siz

ishsiz (s/y)

ichasiz (sh/y)

to‘xtovsiz (s/y)

-t

to‘latdi (s/y), o‘qitdi (sh/y)

-xon

kitobxon (s/y), onaxon (sh/y)

-ch

quvonch (s/y)

tinch (s/y)

-cha

qizilcha (s/y)

farg‘onacha (s/y)

o‘zicha (s/y)

-chak

kelinchak (sh/y)

kuyunchak (s/y)

-chi

ishchi (s/y)

 

kel-chi

-chiq

qopchiq

(sh/y)

sirpanchiq (s/y)

-choq

toychoq (sh/y)

maqtanchoq (s/y)

Undosh tovushundosh paydo bo‘lish o‘rni, tarkibi va boshqa sifati bilan unli tovushdan farqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘lib, biror qarshilikka uchrab chiqadigan, uzoq cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmagan, urg‘u qabul qilmaydigan tovush undosh deyiladi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undosh tovush 24 ta:b, d, f, g, h, j (dj – jo‘ja), j (jurnal), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng.

Sirg‘aluvchi j, labtish f tovushi boshqa tildan olingan so‘zdagina uchraydi: gijda, ajdar, foyda, kift, fabrikakabi.

Undosh tovushtasnifi. Undosh, asosan, to‘rt belgiga ko‘ra tasnif qilinadi:

I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra. Bunda undosh tovusho‘pkadan chiqayotgan havo oqimi nutq a’zosining qaysisi yordamida hosil bo‘lishiga, og‘izning qaysi qismida to‘siqqa uchrashiga ko‘ra dastlab 3 ga bo‘linadi: 1. Lab undoshi(5 ta):b, p, v, f, m.U o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi:a) lablab: b,v, p, m; b) labtish: (v), f.Labtish undoshi v boshqa tildan kirgan so‘zlarda uchraydi.2. Til undoshi (18 ta): t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j, y, k, g, ng, q, g‘, x.Til undoshi til tanglayning qaysi qismiga urilishiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi: 1)til oldi:t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j;Til oldi undoshi pastki tish va tanglayning ishtirokiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:a)tiltish undoshi 6 ta: t, d, l, n, s, z;b)tilmilk undoshi 5 ta: sh, j (dj), r, ch, j.2) til o‘rta 1 ta: y.Til o‘rta undoshi tilning o‘rta qismi tanglayga yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. 3) til orqa undoshi 6 ta: g, k, q, g‘, x, ng. Til orqa undoshi – tilning orqa qismi yumshoq tanglayga yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. Til orqa undoshi o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi: a) yaqin (sayoz) til orqa: k, g, ng;b) chuqur til orqa: q, g‘. x.3. Bo‘g‘iz undoshi h tovush paychasining o‘zaro yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. Bo‘g‘iz undoshi 1 ta: h. Burun undoshi. To‘siqqa uchragan havoning burun orqali o‘tishidan hosil bo‘lgan tovush burun tovushi deyiladi: m, n, ng.

II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra. Undosh tovushni talaffuz qilganda ba’zisi zichlashgan ikki a’zoga urilib, portlash yo‘li bilan hosil bo‘lsa, ayrimi ikki nutq organi oralig‘ida qolgan bo‘sh joydan sirg‘alib, ishqalanib chiqadi. Ba’zisi esa portlash va sirg‘alishning bir paytda yuz berishidan, boshqasi til uchi titrashidan paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, undosh 3 ga bo‘linadi: 1) portlovchi undosh; 2) sirg‘aluvchi undosh; 3) portlovi-sirg‘aluvchi undosh. Agar havo jipslashgan nutq a’zosidagi to‘siqni yorib, portlash yo‘li bilan chiqsa, portlovchi undosh hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida portlovchi undosh 9 ta: b, p, d, t, k, q, g, ch, j.Havo oqimi o‘zaro yaqinlashgan ikki a’zo oralig‘idan ishqalanib o‘tsa, sirg‘aluvchi undosh hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida u 11 ta: v, f, s, z, sh, y, x, h, l, g‘, j (jurnal). M, n, ng, l, r tovushini talaffuz qilganda, lab labga, til tanglayga jipslashib, portlashga tayyor tursa, havo oqimi burun bo‘shlig‘idan yoki tilning yonidan chiqib ketadi. Shu sababli ular portlovchisirg‘aluvchi deb yuritiladi.

Ayrim tovushning hosil bo‘lish usuli va o‘rniga ko‘ra bundan boshqa belgisi ham bor. Mas., paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra nutq a’zosining asosan bir yerida hosil bo‘lib, bir portlovchi va bir sirg‘aluvchi tovushni o‘z ichiga olgan, ajratilmay talaffuz qilinadigan tovush qorishiq tovush deyiladi. Ular 2 ta: j(dj), ch (tsh).

r tovushi til uchining qattiq tanglayga muntazam urilib turishidan (titrashidan) hosil bo‘ladi. Shuning uchun u titroq tovush deyiladi.

l undoshi talaffuzida til o‘pkadan chiqayotgan havoga to‘siq bo‘lmoqchi bo‘ladi, ammo havo uning ikki yonidan chiqib ketgani bois «portlash» yuz bermaydi. Shu sababli l undoshi til yon tovushi deyiladi. Shuningdek, h bo‘g‘iz, y til o‘rta tovushi, boshqa bunday tovush yo‘q. Demak, j (dj), ch, r, l, h, y tovushi – o‘ziga xos belgili tovush.

III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra.Tovush paychacining harakati va holati natijasida paydo bo‘ladigan shovqin va ovoz ishtirokiga ko‘ra undosh 2 ga bo‘linadi: a) jarangli; b) jarangsiz. Talaffuzida tovush paychasi taranglashadigan, ya’ni harakatga keladigan undosh jarangli undoshdeyiladi. Taranglashgan tovush paychasi orasidagi tor oraliqdan chiqayotgan havo oqimi uni bir oz titratib o‘tadi. Demak, tovush paychasi taranglashishi ovozni hosil qilsa, og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siq shovqin yaratadi. O‘zbek tilida jarangli undosh 14 ta: b, v, g, d, y, j(dj), j, z, m, n, ng, l, r, g‘.

Jarangsiz undosh tovushni hosil qilishda tovush paychasi taranglashmaydi. Keng oraliqdan o‘tayotgan havo oqimi tovush paychasini titratmay o‘tadi. Natijada ovoz, ya’ni jarang yuz bermaydi. To‘siq yaratgan shovqinning o‘zi qoladi. O‘zbek tilida jarangsiz undosh 10 ta: p, k, t, f, ch, s, sh, q, x, h.Ayrim jarangsiz undosh jarangli undosh bilan hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir xil, juftlik hosil qiladi. Ular 8 ta: b – p, d – t, z – s, v – f, g – k, j(sirg‘aluvchi) – sh, g‘ – x, j(dj)–ch.Nutqda ba’zan jarangli undosh jarangsizlashadi: kitob – kitop, tez – tes, dard – dart, tog‘ – tox kabi.

IV. Ovozning miqdoriga ko‘ra. Undosh tovushning ba’zisida ovoz ko‘p bo‘lsa, ba’zi undoshda shovqin ko‘p bo‘ladi. Ana shu xususiyatiga ko‘ra undosh 2 ga bo‘linadi: 1) sonor; 2) shovqinli. Ovoz shovqinga nisbatan ustun bo‘lgan undosh sonordir (sonor lotincha «ovozdor» demakdir). Sonor talaffuzida tovush paychasi taranglashib titraydi, ovoz hosil bo‘ladi. Shu jihati bilan sonor unliga yaqin turadi. Ammo og‘iz bo‘shlig‘ida qisman shovqin qatnashganligi uchun undosh hisoblanadi. O‘zbek tilida sonor 5 ta: m, n, ng, l, r. Sonordan boshqa undoshda ovoz oz, shovqin ko‘p bo‘ladi. Bunday undosh shovqinli undosh deyiladi. O‘zbek tilida 19 ta undosh shovqinli: b, v, g, d, y, j(dj), j, z, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h, g‘.

Undosh tovush talaffuzi.Undosh tovush talaffuziadabiy tilda undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari, orfoepik me’yorlari.Undosh tovush orfoepiyasi ko‘proq fonetik hodisaga bog‘liq bo‘ladi. Xususan: 1) b, d jarangli undoshlari so‘z oxirida jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor: kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi; 2) b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda assimilyatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy>iptidoiy, ketdi>ketti; 3) j, z undoshining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy > ishtimoiy, mazkur > maskur kabi; 4) b, q undoshining sirg‘aluvchi v, g‘ undoshiga o‘tishi ham adabiy talaffuz me’yoriga xilof emas: bora ber > boraver, keta ber > ketaver kabi.

V undoshichetdan kirgan avtobus, avtomat, Ivanov so‘zida f kabi aytiladi. gundoshik, q bilan tugagan so‘zda k va q tarzida aytiladi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan. D undoshiobod, ozod kabi so‘zda kelganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so‘zda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi. Jqorishiq-portlovchi undoshi avj, mavj so‘zida chkabi aytiladi. Jsirg‘aluvchiundoshi chetdan kirgan furajka, telejka kabi so‘zlarda shkabi aytiladi. Zundoshisakkizta, tuzsiz kabi so‘zda yonidagi tovush ta’sirida s kabi talaffuz qilinadi. N undoshiyonma-yon, sonma-son,manba, tanbur, shanba kabi so‘zlarda m kabi aytiladi. Fundoshifakt, taft kabi so‘zda p kabi aytiladi. Qundoshimaqsad, taqsimot, to‘qson, oqshom kabi so‘zlarda xkabi talaffuz qilinadi.

O‘z ichiga oluvchi so‘z uya so‘z va uyaga kiruvchi so‘z uyadosh so‘z deyiladi. Qo‘y uya so‘zi o‘z ichiga qo‘zi, sovliq, qo‘chqor, shishak, to‘qli so‘zini olsa, qoramol so‘zi sigir, novvos, ho‘kiz, buqa, g‘unajin so‘zini oladi.

Bir uyaga kiruvchi uyadosh so‘z ichki guruhlarga bo‘linishi mumkin. Masalan daraxt uyasi o‘z ichida mevali daraxt va mevasiz daraxt uyasiga bo‘linadi. Bu uyachada daraxt nomi mevali va mevasizga bo‘lingan holda yashaydi. Mas., ot uyasi quyidagi kabi uyachalarga bo‘linadi:     

a) jins uyasi: ayg‘ir, baytal;

b) zot uyasi: arabi, bedov, qozoqi, muguli, axaltaka;     

v) rang-tusi uyasi: saman, to‘riq, chovkar, qorabayir, qashqa, jiyron;        

g) vazifa uyasi: salt, aravakash, yukchi, uloqchi, poygachi;

Uya yoki uyadosh so‘z o‘rnida so‘z birikmasi ham bo‘lishi mumkin. Bunga mevali daraxt va mevasiz daraxt birikmasi misol bo‘ladi. U daraxtning mevali turiga nisbatan uya birikma, daraxt uyasiga nisbatan uyadosh birikma.

Variantdosh so‘zikki yoki bir necha xil yozilishga ega so‘z. Hammasi ham imlo qoidasiga binoan to‘g‘ri yozilgan hisoblanadi. Bu so‘zni paronimvasinonimdan farqlash kerak. Paronimda yozilishivaaytilishi bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki so‘zning ma’nosi butunlay boshqa-boshqa bo‘ladi. Sinonimda esa shakli butunlay o‘zgacha, ma’no qirrasida ham farq sezilib turadi. Variantdosh so‘z ma’noda zarracha farq qilmaydi. Ular bir so‘zning ko‘rinishlari. Faqat yozilishida farq bor, xolos. Buning sababi bir varianti fonetik yozuv asosida bo‘lsa, ikkinchi varianti morfologik yoki boshqa yozuv qoidasi asosida yozilgani. Demak, bir so‘z turli yozuv (tamoyili) qoidasi asosida ham yozilishi mumkin. abr - avr; adab - odob; ajdarho, ajdahor, ajdar - ajdaho; akildoqlik - akillaklik; alaklamoq - alahlamoq; alifbo - alfavit; anovi - anavi.

Ba’zi variantdosh so‘z juft so‘z orasiga bog‘lovchi vazifasida kelgan -uaffiks-yuklamasining qo‘shilib kelishvakelmasligiga ko‘ra farq qiladi. Lekin barcha juft so‘z orasida ham -uyuklamasi biriktirilavermaydi. Masalan: baqiriq-chaqiriq, yemay-ichmay, janjal-suron kabi so‘z -uyuklamasiz yoziladi. Shuningdek, dog‘-hasrat, dog‘-hijron, balo-qazo so‘zi -ibilan, yani dog‘i hasrat, dog‘i hijron, baloyi qazotarzida yoziladi. Quyida bog‘lama vazifasidagi -uyuklamasi bilan yoziladigan juft so‘zdan keltiramiz: abgor-abgashta - abgor-u abgashta; afsus-nadomat - afsus-u nadomat ; aft-angor - aft-u angor; aft-bashara - aft-u bashara; ahd-paymon - ahd-u paymon; ajiz-niyoz - ajz-u niyoz; amr-farmon - amr-u farmon; anjom-ashyo - anjom-u ashyo; aql-farosat - aql-u farosat;

Variantdosh so‘zning ko‘pchiligi bermoq, olmoq, yubormoq ko‘makchi fe’l (harakat tarzi) bilan bog‘liq. Bu ko‘makchi fe’l o‘zi qo‘shilib kelgan yetakchi fe’lga -vermoq, -olmoq va -vormoq tarzida qo‘shiladi: bajara olmoq - bajarolmoq; beravermoq - bera bermoq; berolmoq - bera olmoq; betlasholmoq - betlasha olmoq; bilavermoq - bila bermoq.

ba- va bo- qo‘shimchalari bilan farq qiluvchi variantdosh so‘zlar ham mavjud: baadab - boadab; bama’ni - bama’no; baobro‘ - boobro‘.

Variantdosh so‘z manbalarda dublet so‘z ham deb yuritiladi.

Narsa va hodisa orasidagi vazifaviy o‘xshashlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chirish vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chirish deyiladi.

Vazifaviy ko‘chirish ham o‘xshashlikka asoslanadi. Bu jihatdan u metaforaga yaqin turadi. Farq shundaki, vazifaviy ko‘chirishda tashqi ko‘rinish o‘xshashligi emas, balki vazifa o‘xshashligi hisobga olinadi. Mas., qush tanasining uchish uchun xizmat qiladigan a’zosi qanot deb ataladi. O‘xshash harakatni bajaruvchi samolyot qismi ham shunday nomlanadi. Tugmayaktakning oldini tugib yopuvchi bog‘ich nomi bo‘lgan. Hozir shu vazifani bajaradigan odatda aylana tutqich ham tugma deyiladi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi faqat ot turkumida uchraydi.

1. «bo‘rk ol» desa, bosh olmoq: biror ishni lozim bo‘lganidan ham qo‘pol qilib bajardi

2. «do‘ppi ol» desa, bosh olmoq: biror ishni lozim bo‘lganidan ham qo‘pol qilib bajardi

3. amalga oshmoq: voqelikka aylandi

4. bag‘ri tosh: bemehr, iltifoti yo‘q

5. bardosh berdi: chidadi

6. bir boshdan: boshlanishidan, tartib bilan

7. bir boshini ikkita qildi: oilali qildi

8. bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday: beqiyos go‘zal, nihoyatda dilrabo

9. bir yoqadan bosh chiqardi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi

10. bir yostiqqa bosh qo‘ydi: turmush qurdi

11. bosh egdi: itoat qildi, bo‘ysundi

12. bosh ko‘tardi: 1) qaradi 2) qilib turgan ishini to‘xtaldi 3)qo‘zg‘aldi, harakat qildi 4) kurashga chog‘landi 5) unib chiqdi

13. bosh og‘rig‘i: ortiqcha tashvish, dahmaza

14. bosh qo‘shdi: aralashdi, qatnashdi

15. bosh qotirdi: astoydil o‘yladi, chuqur fikrladi

16. bosh suqdi: 1)gavdasi tashqarida qolib, boshini tiqqan holda qaradi 2)aralashdi

17. bosh tovlamoq: bosh to‘lg‘amoq, bosh tortmoq

18. bosh urib kelmoq: najot izlab, panoh istab kelmoq.

19. boshdan oyoq: to‘la-to‘kis, bus-butun

20. boshga qo‘ndirmoq: kiymoq

21. boshi achidi: fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

22. boshi aylandi: 1)behud bo‘ldi, muvozanatini yo‘qotdi 2)esankiradi

23. boshi aylantirdi: esankiratdi

24. boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi: butunlay berilib ketdi

25. boshi chiqmadi: xalos bo‘lmadi, qutulmadi

26. boshi g‘ovladi: o‘ylayverib gangidi

27. boshi ikkita bo‘ldi: uylandi

28. boshi ko‘kka yetdi: behad sevindi

29. boshi oqqan tomon: duch kelgan taraf

30. boshi osmonda: nihoyatda xursand

31. boshi shishdi: o‘ylayverib gangidi

32. boshi yostiqqa yetganda: kasal bo‘lib qolganda

33. boshida danak chaqdi: ortiq darajada azobladi

34. boshidan kechirdi: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

35. boshidan oshib yotibdi: ortiq darajada, benihoya ko‘p

36. boshiga keldi: o‘yladi, idrok qildi, fahmladi

37. boshiga ko‘tardi: qattiq shovqin soldi, yuksak darajada izzat-hurmat qildi

38. boshiga qilich kelsa ham: har qanday sharoitda ham

39. boshiga urmaydi: kerak emas

40. boshiga yetdi: halok qildi

41. boshini achitdi: me’yoriy fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

42. boshini bukdi: uyat-nomusdan bosh ko‘tarolmaydigan holatga tushirdi

43. boshini ko‘tardi: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi

44. boshini og‘ritdi: 1) o‘yladi 2) miyasini charchatdi

45. boshini olib ketdi: butunlay tashlab ketdi

46. boshini qayoqqa urishini bilmadi: ilojini topa olmadi

47. boshini xam qildi: uyat-nomusdan boshini ko‘tarolmaydigan holatga tushirdi

48. boshini yedi: yo‘q qildi, halok qildi

49. boshlarini bir joyga qovushtirdi: 1) hamjihat bo‘lib birlashtirdi 2) oila qurdirdi

50. boshvoq solmoq: bo‘ysundirmoq, jilovlamoq

51. dargohiga bosh urdi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

52. diqqati oshmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

53. egilgan boshi: uyat-nomusdan bosh ko‘tarolmaydigan holatga tushirdi

54. eshigiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

55. haddidan oshdi: o‘ziga ortiqcha erk berdi

56. hushi boshidan uchdi: esankiradi

57. ichi toshdi: 1)biror narsani shoshib bajarish davomida ruhan hovliqib ketdi 2)sabri tugab, ruhan betoqat bo‘ldi

58. jon koshki edi: xursand bo‘lar edim-a!

59. ko‘zi moshdek ochildi: jazo olib, hushyor qildi

60. labiga uchuq toshdi: qattiq qo‘rqish bilan cho‘chidi

61. mehri tosh: bemehr, iltifoti yo‘q

62. nomimni boshqa qo‘yaman!: biror ishni bajarishga qasd qilganlikni bildirishda aytiladi

63. obro‘yi oshdi: yana ham e’tiborli bo‘ldi

64. obro‘yini oshirdi: yana ham e’tiborli bo‘ldi

65. oshib–toshib yotdi: ortiq darajada, benihoya ko‘p

66. ostonasiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

67. otilgan tosh: yomonlik xatti-harakatlarini qildi

68. otimni boshqa qo‘yaman!: biror ishni bajarishga qasd qilganlikni bildirishda aytiladi

69. oyog‘iga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

70. oyog‘iga bosh urdi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

71. qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqardi: yaxshilik qilaman degan holda yomonlik qilib qo‘ydi

72. qoshini kermoq: 1.qoshini ko‘tarmoq; 2.taajjublanib qaramoq.

73. sakkiz yoshdan sakson yoshgacha: katta-kichik, hamma

74. tegirmon boshi: Tegirmon joylashgan joy

75. tosh bag‘ir: berahm

76. tosh ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

77. tosh ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

78. tosh otdi: yomon xatti-harakatlarini qildi

79. tosh yurak: rahm-shafqati yo‘q

80. umr yo‘ldoshi: q. yo‘ldosh

81. yomondan yorti qoshiqmoq: Oxirigacha yeb-ichib qo‘ymay, ozgina qoldirilgan holatga nisbatan aytiladigan ibora.

82. yostiqdan bosh ko‘tarmoq: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi

83. yuragi tosh bo‘lmoq: rahm-shavqati yo‘q

84. yuragi toshmoq: kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir aytish aytish ehtiyoji tug‘ildi

1. Adoq – bel – bosh
Ma’nosiga ko‘ra
(joylashish o‘rnining yuqoriligiga ko‘ra)

2. Apil-tapil – naridan-beri – shosha-pisha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

3. Aql – fahm – tamiz – es – miya – bosh – kalla
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiy-salbiylik belgisiga ko‘ra )

4. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

5. Boshqa – o‘zga – yot – begona – raqib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalashiga ko‘ra )

6. Boshqacha – bo‘lakcha – o‘zgacha – ayricha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ko‘p-oz qo‘llanishiga ko‘ra )

7. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

8. Don – bug‘doy – boshoq – xirmon
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

9. G‘ijimoq – kavshamoq – oshalamoq – yemoq – tanovul qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

10. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

11. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

12. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

13. Lapashang – lavand (lavang) – epashang – bo‘shang – landavur – noshud – so‘tak – bo‘sh-bayov – latta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

14. Maosh – oylik – moyana
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

15. Naridan-beri – apil-tapil – shosha-pisha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

16. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

17. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

18. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

19. Qarindosh – urug‘ – avlod – tug‘ishgan – jigar – jigarband – jigargo‘sha – xesh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

20. Quyosh – oftob – kun
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

21. Sahar – tong – choshgoh – tush – kun oqish – kun botishi – kech – shom – tun
Ma’nosiga ko‘ra
(sutka qismlarining ketma-ketligiga ko‘ra)

22. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh
Ma’nosiga ko‘ra
(yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)

23. Unli – sonor – undosh
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining ko‘p yoki kamligiga ko‘ra)

24. Xasis – baxil – qurumsoq – ziqna – qoqvosh – mumsik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.