Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ongli}
So‘z bo‘g‘inlari: ong-li
Izoh(lar)i:
ongli sf

1. Ongga ega, aql-idrokli. Ongli kishi, Har bir ongli ishchi bizning ulug‘ haqiqatimizning tashviqotchisi bo‘lishi kerak. Oybek, Nur qidirib
Axir shu paytgacha, cheksiz koinot qa’rida bizdan o‘zga ongli mavjudot saqlanib qolganini bila olmagandik-ku?! S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. Ong, aql-idrok bilan bog‘langan, aql-idrok taqozosi bilan qilinadigan; Shunday ong-tushunchaga asoslangan. Ongli hayot. Albatta, bu natija tinimsiz ongli mashg‘ulot, o‘z ustida ishlash evaziga qo‘lga kiritiladi. Fan va turmush

3. Voqelikni, ijtimoiy hayotni, o‘z mavqeyi va tarixiy burchini to‘g‘ri tushunadigan; ongi baland; belgili tushunchaga ega, bilimli; madaniyatli. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechyapti. Gazetadan
Teshaboy zamonasining besh-olti xotinlik qoloq boylaridan bo‘lmay ongli boylardan edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: ongsiz
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.