Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {onalik}
So‘z bo‘g‘inlari: o-na-lik
Izoh(lar)i:
onalik ot

1. 1. Ona mavqeyi, unga xos xislatlar — homiladorlik, tug‘ish, bolani tarbiyalash va shunga bog‘liq ona burchi. Onalik va bolalikni himoya qilish. Onalik muhabbati. Onalik hissi. To‘satdan vujudini qamragan onalik mehri g‘olib kelib, tortgan azobi ham esidan chiqdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Bu so‘zdan so‘ng Oftob oyimning onalik ko‘ngli erib ketgan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. bot. ot. O‘simliklarda urg‘ochi jinsiy a’zo; urug‘chi. Tok gulida onaligi yaxshi rivojlangan bo‘lib, otaligi esa uncha yaxshi taraqqiy etmagan. Fan va turmush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.