Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {omon} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-mon-lash-moq
Izoh(lar)i:
omon sf

1. 1. Sog‘-salomat, eson-sog‘. Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topilar. Maqol
Qorategindan keldingmi, opang omonmi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bu bosh bevafo dunyoda nimalarni ko‘rmadi deysiz. Ko‘p to‘polonlardan omon qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
Tohir omon, hech bir shikast yegan yo‘q. S. Abdulla, Tohir va Zuhra

2. 2. Tinch, osoyishta. Ona yurting omon bo‘lsa, rang-ro‘ying somon bo‘lmas. Maqol
Dunyodagi barcha tinchliksevar kishilar ona zaminning omon qolishi uchun hamjihatlik bilan o‘z xohish-irodalarini namoyish etmoqdalar. Gazetadan

3. 3. Omon (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: salomlashmoq , ayov
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.