Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {omonat}
So‘z bo‘g‘inlari: o-mo-nat
Izoh(lar)i:
omonat ot

1. 1. Saqlab berish, vaqtincha foydalanish yoki boshqa bir kishiga eltib berish uchun topshirilgan. Omonat xat. Omonat pul.

2. 2. Omonatga saqlangan pul va boshqalar narsa, buyum. Anov kuni qo‘yib ketgan omonatga keldim. I. Rahim, Chin muhabbat
Omonatlarni egalariga topshirganimizdan keyin, mayli kuyovto‘ra qizimizni Makkaga olib borsalar ham, monelik yo‘q. I. O‘ktamov, Hikoyalar

3. 3. Mijozning ma’lum bir shartlar asosida bankka qo‘ygan pul mablag‘i.

4. 4. Nomigagina, shunchaki; zo‘rg‘a. Chol supadagi yog‘och so‘riga omonat ilinib, niyatini aytishga so‘z topolmay qiynaldi. Yoshlik
To‘ychi poygakdagi cho‘yan pech ustiga omonat o‘tirdi-da, yerga qaragancha, indamay, papirosga zo‘r berdi. A. Ko‘chimov, Halqa

5. 5. Vaqtinchalik. Odam — omonat, diydor — g‘animat. Maqol
Jiyan ijara uyda omonat o‘tirdi. Yoshlik

6. 6. Puturdan ketgan yoki zo‘rg‘a ilinib turgan. Omonat bino. Oshpaz kosaga lag‘mon suzib, yo‘nilmagan taxtadan omonat yasalgan stol ustiga qo‘ydi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. omonatini topshirmoq: jon taslim qilmoq, olamdan o‘tmoq; o‘lmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.