Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {obod}
So‘z bo‘g‘inlari: o-bod
Izoh(lar)i:
obod [o-bod ]

1. Ko‘rkam binolar, chiroyli ko‘chalar, bog‘-u rog‘lar bilan go‘zallik kasb etgan, gullab-yashnagan Baqaqurulloq serdaraxtligi, maydondagi bir-ikkita oq uylari bilan Qo‘g‘azordan xiyla obod ko‘rinar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Yaxshi qarov, parvarish bilan yetishtirilgan. Hirot muzofotida Hurrud bo‘yida bir oila tomonidan kattagina bir bog‘ obod qilingan edi. S. Ayniy, Qullar

3. Xalq ko‘p yig‘iladigan, gavjum va ser-fayz. Qishloqning bu ovloq joyi maktab qurilishi boshlanganidan buyon obod bir saylgoh bo‘lib qoldi. P. Tursun, O‘qituvchi

4. Xursand, shod. Kimdir toma bilan dunyo kezadi, Kimdir o‘ksik dilni etadi obod. A. Oripov, Yillar armoni

5. Ba’zi otlarga yoki ayrim sifatlarga qo‘shilib, shahar, qishloq va shu kabilar nomini yasaydi, masalan, Ular Qurbaqaobod mavzeyiga yetib, odamlardan Normatxo‘janing bog‘ini surishtirdi. Oybek, Tanlangan

Antonim(lar)i: xarob [a], xaroba , xarobazor
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: abad – [a] Oxiri yo‘q zamon, mangulik; mangu, umrbod.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.