Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘t}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘t
Izoh(lar)i:
o‘t [o‘t ]

1. Yonish jarayoni; olov, otash. Hovli o‘rtasidagi bir buzoq bilan ikki qo‘y go‘shti solingan doshqozon tagida hamon o‘t yonar. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Alanga, yolqin. Soyning u betidagi tog‘larda soqqadek-soqqadek o‘t yaltirardi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. Olovning alangasi so‘ngan (to‘xtagan) holati; cho‘g‘. O‘choqdagi o‘tni asta-sekin kul bosdi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Quyoshning o‘t yallig‘i kabi qattiq, qizdiradigan, kuydiradigan holati; taft. Ayni tush chog‘i-ku, kelinoyijon, Quyosh o‘z o‘tidan behol bo‘lgan payt. Q. Rahimbekova, Yuragimda ko‘rganlarim

5. Kishi ruhiyatidagi, qalbidagi alanga, olov kabi “yonuvchi” (“yondiruvchi”), kuydiradigan holat; olov. ko‘zlarida g‘azab, nafrat o‘tlari chaqnagan ayolning surati tushirilgan plakatlar yopishtirilgan. R. Fayziy, Sen yetim emassan

6. Kishi qalbi (ruhi)dagi jo‘shqin holat; jo‘shqinlik, harorat. G‘ulomjon endi o‘zini ancha tutib olib, o‘t bilan, harorat bilan gapirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

7. Qalbida shunday o‘ti bor; o‘tli. Hoy, o‘t yigit, haligi so‘zlaring oltinga arziydi, ammo har kimga so‘zlayverma. Oybek, Tanlangan asarlar

8. Otish qurollaridan yalpi, to‘xtovsiz uzilgan o‘qlar. Dushmanning o‘tidan bir-ikki qayiqqa shikoyat yetdi. Nazarmat,Jo‘rlar baland sayraydi

9. Elektr zaryadi.

10. Poyasi yog‘ochlanmaydigan, chorva mollari uchun asosiy ozuqa bo‘ladigan yashil o‘simlik; alaf. Barra o‘tlarga xo‘p to‘y, Hech kim bermaydi xalal. I. Muslim

11. Jigardan ajralib chiquvchi sarg‘ish-yashil rangli achchiq suyuqlik. Kimgadir yovvoyi echkining terisimi, ayiqning o‘timi kerak ekan. N. Qobil, Bug‘doy pishig‘iga yetmaganlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: alaf [a], olov [f-t]

1. o‘t I Ot
jigardan ajralgan suyuqlikka ega xaltacha shaklidagi ichki a’zo

2. o‘t II Ot
olov, gulxan

3. o‘t III Ot
giyoh, ko‘kat, maysa, o‘lan

4. o‘t IV Fe’l
Boshqa bir nuqtaga harakatlanib etmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. badanidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

2. bahridan o‘tdi: voz kechdi

3. bo‘taday bo‘zlamoq: zor-zor yig‘lamoq

4. bosh ko‘tardi: 1) qaradi 2) qilib turgan ishini to‘xtaldi 3)qo‘zg‘aldi, harakat qildi 4) kurashga chog‘landi 5) unib chiqdi

5. boshiga ko‘tardi: qattiq shovqin soldi, yuksak darajada izzat-hurmat qildi

6. boshini ko‘tardi: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi

7. bosib o‘tmoq: 1.ma’lum masofa yo‘l yurmoq. 2.kesib o‘tmoq, ustidan yoki yonidan o‘tib ketmoq.

8. burni ko‘tarildi: gerdayib ketdi, kibrga berildi

9. burni osmonga ko‘tarilgan: gerdaygan, kibrlangan

10. chang ko‘tarmoq: Bekorga g‘alva yoki shov-shuv ko‘tarmoq.

11. didiga o‘tirmoq: ma’qul kelmoq.

12. dilidan o‘tkazdi: ma’lum bir muddat fikrladi

13. dimog‘i ko‘tarildi: gerdayib ketdi, kibrga berildi

14. dunyodan o‘tdi: yashab o‘tdi, qazo qildi, o‘ldi

15. dunyodan o‘tdi II: qazo qildi, o‘ldi

16. esdan ko‘tarildi: unutdi

17. et- etidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

18. fikridan o‘tkazdi: ma’lum bir muddat fikrladi

19. gapi o‘tdi: aytgani inobatga olindi, ma’qullandi

20. ikki o‘t o‘rtasida qolmoq: birini deb, boshqasidan kechib bo‘lmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq.

21. ikki o‘t orasida qolmoq: birini deb, boshqasidan kechib bo‘lmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq.

22. ishi bitdi, eshagi loydan o‘tdi: 1)maqsadi amalga oshgach, aloqa va muomalani yig‘ishtirdi 2)hozirgisi hal bo‘ldi, keyingisi bir gap bo‘lar

23. jahondan o‘tdi: yashab o‘tdi

24. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

25. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi

26. ko‘kka ko‘tardi: ortiq darajada maqtadi

27. ko‘kka ko‘tarmoq: ko‘kka ko‘tarmoq

28. ko‘klarga ko‘tarib: ortiq darajada, benihoya

29. ko‘kragi tog‘day ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi

30. ko‘ksi ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi

31. ko‘ngli ko‘tarildi: ruhlandi

32. ko‘ngli ko‘tarmaydi: 1)yana eb-icha olmaydi 2)yoqtirmaydi

33. ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi

34. ko‘nglidan o‘tdi: ma’lum bir muddat fikrladi

35. ko‘nglini ko‘tardi: ruhlantirdi

36. ko‘nglini tog‘day ko‘tardi: xursand qilib benihoya ruhlantirdi

37. ko‘z oldidan o‘tdi: tasavvurida ketma-ket gavdalandi

38. ko‘zdan o‘tkazdi: qarab chiqdi, birma-bir ko‘rdi, sinchiklab tanishdi

39. ko‘zga to‘tiyo: Juda aziz, muqaddas yoki noyob narsa haqida.

40. ko‘zi o‘tmaydi: nuri ketib, ko‘zi kamquvvat bo‘lib qoldi

41. ko‘ziga o‘tday ko‘rindi: 1) tanishdek tuyuldi 2)o‘ziga tortdi, yoqimli tuyuldi

42. kun o‘tkazdi: 1)vaqt o‘tkazdi 2)tirikchilik qildi

43. kunini o‘tkazdi: 1)vaqtini o‘tkazdi 2)tirikchiligini qildi

44. miyasidan o‘tdi: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

45. nazaridan o‘tkazdi: qarab chiqdi, birma-bir ko‘rdi, sinchiklab tanishdi

46. o‘takasini yordi: qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi

47. o‘tdi: vafot yetdi

48. o‘tib ketdi I: vafot yetdi

49. o‘tib ketdi II: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi 2)ruhan alamli ta’sir qildi

50. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

51. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi

52. o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

53. obro‘yi ko‘tarildi: yana ham e’tiborli bo‘ldi

54. obro‘yini ko‘tardi: yana ham e’tiborli qildi

55. olamdan o‘tdi I: yashadi

56. olamdan o‘tdi II: qazo qildi, o‘ldi

57. oldidan o‘tdi: biror ishni qilishdan oldin shundan kimnidir xabardor qildi

58. oralaridan qil ham o‘tmaydi: nihoyatda ahil, inoq, yaqin

59. osmonga ko‘tardi: ortiq darajada maqtadi

60. osmonga ko‘tarib: ortiq darajada, benihoya

61. qo‘l ko‘tardi: 1)urdi 2)tarafdorligini, xayrixohligini bildirdi 3)gapiruvchi ekanini bildirdi

62. qo‘lini ko‘tardi: taslim bo‘lganini bildirdi

63. ruhi ko‘tarildi: ruhiy tushkunlikdan chiqdi

64. ruhini ko‘tardi: ruhiy tushkunlikdan qutqardi

65. sirkasi suv ko‘tarmaydi: tanqidga mutlaqo chidamaydi

66. so‘zi o‘tdi: aytgani inobatga olindi, ma’qullandi

67. suyak-suyagidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

68. tikan ustida o‘tirmoq: ayn. igna ustida o‘tirmoq q. igna

69. tishi o‘tmaydi: 1)biror qattiqroq narsani maydalashga, chaynashga tishining qurbi etmaydi 2)enga olmaydi, o‘zlashtira olmaydi 3) idrok qilib yeta olmaydi, uqib yeta olmaydi

70. to‘tiyo qilmoq: To‘tiyodek ko‘zga surtmoq, e’zozlamoq

71. tuyog‘idan o‘t chaqnamoq: (ot, toyga nisbatan). Tez va yengil chopadigan; uchqur

72. umr o‘tkazdi: yashadi

73. xayolidan ko‘tarildi: unutdi

74. xayolidan o‘tdi: ma’lum bir muddat fikrladi

75. xotiridan ko‘tarildi: unutdi

76. yodidan ko‘tarilmoq: unutdi

77. yostiqdan bosh ko‘tarmoq: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi

78. yuragi ko‘tarmaydi: 1)yana eb-icha olmaydi 2)yoqtirmaydi

79. yuzidan o‘ta olmaydi: biror ishni qilishga kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashdi

1. Bo‘taloq – bo‘g‘ra – tuya
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

2. Iltimos – iltijo – o‘tinch – zor – tavallo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

3. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

4. Juda – eng – g‘oyat – benihoya – rosa – o‘taketgan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

5. Lapashang – lavand (lavang) – epashang – bo‘shang – landavur – noshud – so‘tak – bo‘sh-bayov – latta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

6. O‘tgan zamon – hozirgi zamon – kelasi zamon
Ma’nosiga ko‘ra
(paytga nisbatan oldin-keyinligiga ko‘ra)

7. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

8. O‘tmish – kechmish – moziy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

9. Olov – o‘t – otash
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

10. Otlanmoq – qo‘zg‘almoq – ko‘tarilmoq – yo‘lga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

11. So‘ramoq – iltimos qilmoq – yalinmoq – o‘tinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

12. Uchqun – cho‘g‘ – o‘t – olov – alanga
Ma’nosiga ko‘ra
(yonish darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.