Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘s} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o‘s-moq
Izoh(lar)i:
o‘s fl

1. 1. Rivojlanib bo‘yiga yoki uzunasiga o‘zini qo‘ymoq, cho‘zilmoq, rivojlanmoq. Bola yaxshi o‘sdi. Katta maydondagi g‘o‘zalar barq urib o‘syapti. Bodom daraxti yer tanlamaydi, toshloq, qumloq joylarda ham o‘saveradi. Gazetadan
juda o‘sib ketibsiz-ku, Oyto‘ti, mana qarang-a, menga yetib qolibsiz. Oydin, Fonar tagida

2. 2. Ko‘kargan (o‘sgan) holda bo‘lmoq(daraxt, o‘simlik haqida). Ko‘chamizning muyulishida o‘sgan sada tagiga qo‘yilgan karavotda ikki kampir dam olib o‘tirishibdi. Gazetadan
Yassi qirga chiqib qarasam, haqiqatan ham yalanglikda katta sadaqayrag‘och o‘sib turibdi. Gazetadan

3. 3. Katta bo‘lmoq, balog‘atga yetmoq; ulg‘aymoq. U tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ining har bir devoriga, tanish daraxtlarda yashnab turgan ko‘m-ko‘k yaproqlarga suq bilan tikilib borardi. S. Ahmad, Ufq
U [Avaz] chorvador oilada o‘sib, mol so‘yishlarni kichikligidan ko‘p ko‘rgan edi. P. Qodirov, Qora ko‘zlar
Oh, ona tuprog‘im, o‘sgan joylarim, Ko‘nglimda saqlanar hurmating, qadring. Mirtemir

4. 4. Son-miqdor, daraja va shu kabilar jihati ortmoq, kuchaymoq. O‘tgan yili jamiyat a’zolarining soni birmuncha o‘sdi. Gazetadan
Chorva komplekslari va fermalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish tobora o‘smoqda. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. O‘smoq – unmoq – hosil bermoq
Ma’nosiga ko‘ra
(faoliyat natijasiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.