Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {o‘rin}
So‘z bo‘g‘inlari: o‘-rin
Izoh(lar)i:
o‘rin ot

1. 1. Biror kimsa yoki narsa ishg‘ol qilib turgan yoki ishg‘ol qilishi mumkin bo‘lgan yer, sath yoki fazo; joy. Toshni o‘rnidan qo‘zg‘atib bo‘lmadi. O‘tirgan o‘rin topadi. Maqol
Ba’zilari o‘tirgan o‘rinlarida mudrab qolishibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Maktab qishloqning qoq o‘rtasida bo‘ladi. Hu, ana u yerga idora, klub tushadi. Mana bu to‘qayning o‘rni bog‘ bo‘ladi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Safar bo‘zchi turgan o‘rnidan jilmadi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
U o‘tirgan o‘quv zalida hamma o‘rinlar band. P. Qodirov, Uch ildiz

2. 2. Uxlash, yotib dam olish uchun to‘shab qo‘yilgan ko‘rpa, yostiq va shu kabilar majmui; joy. Muhabbat chiroy tanlamas, uyqu — o‘rin. Maqol
Ona-bola bir o‘rin yozib yotdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Komil ketgandan keyin Bo‘ronbek uyiga kirib, chinni kosada to‘ldirib bo‘za simirdi-da, o‘rin solib yotdi. H. G‘ulom, Mash’al
O‘rin yig‘ilmagan, tosh-oyna oldidagi kursida Munisxonning ichki ko‘ylagi yotardi. O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

3. 3. Yashash uchun boshpana, turarjoy, maskan. [Qutidor:] Uyatsizga mening uyimda o‘rin yo‘q. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. Kishining, narsaning hayotda o‘ziga xos fazilat, mavqe va shu kabilar bilan belgilanuvchi holati, mavjudlik maqomi. Kun hisobin oy olar, bedov o‘rnin toy olar. Maqol
— Bu qizdan bir balo chiqadi. O‘nta o‘g‘ilning o‘rnini bosadi, — deyishardi. S. Ahmad, Ufq
Tushunib turibman, o‘lganlarning o‘rni mana shunaqa ulug‘ ayyomda yo‘qlanadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Biror narsaning ma’lum bir joyi, qismi, bo‘lagi. Ertakning ba’zi o‘rinlarini qoldirib ketmoq. Maqolaning ayrim o‘rinlariga tuzatish kiritildi. Kumushbibi xatning bu o‘rniga yetganda qizarinib, bir oz o‘qishdan to‘xtab oldi va davom etdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. 6. Ish-harakat, faoliyat va shu kabilarning belgi-darajasi jihatidan ko‘rsatkichi, band etgan holati, darajasi. Bir vaqtlar Toshkent shahri dov-daraxtlar bo‘yicha jahon-da ikkinchi o‘rinda turardi. Gazetadan
O‘ylaymizki, yigitlar sovrinli o‘rinlardan birini olishga harakat qilishadi. Gazetadan

7. 7. Vazifa, lavozim. O‘rnini egallamoq. O‘rnidan bekor qilmoq. Eski raisning o‘rniga yangisi saylandi. Xalq ishi bo‘lgandan keyin o‘rinning katta-kichigi bo‘lmas ekan, Ergashvoy. A. Muxtor, Opa-singillar
Asqar ota erkaklar qoshida ko‘p muhtaram xotinlarni ko‘rgan, lekin bularning ko‘pchiligi rais, mudir, direktor deganday rahbarlik o‘rindagi xotinlar edi. A. Qahhor, Xotinlar

8. 3-shaxs egalik shaklida) da) (Biror ish-harakatni bajarish uchun qulay fursat, payt, mavrid; xonasi. O‘rni kelsa, otangni ham ayama. Maqol
Bo‘lak gaplarni o‘rni bilan gaplasharmiz. Biz tomonlarga ham boring. P. Tursun, O‘qituvchi
O‘rni kelmaganda, men ham gapirmas edim. A. Qahhor, Xotinlar
Hozir inodning o‘rni emasligini harchand uqtirmoqchi bo‘ldim, ko‘nmadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

9. 9. Biror ish, harakat uchun zarurat, asos; hojat, ehtiyoj. Mehnatsiz pul topish yo‘liga tushgach, cho‘ntakni qappaytirib olgandan so‘ng, ishni ham, kollektivni ham hurmat qilishga o‘rin qolarmidi? Mushtum
Vasvasalanishning o‘rni yo‘q, mundan so‘ng ham sizning xayrixohona kengashlaringizga mushtoqman A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

10. bu . bu ( shu so‘zi bilan) Muayyan fursat, holat ma’nosini bildiradi. Shu o‘rinda yana bir narsaga e’tiborni qaratmoqchiman. Rafiqam Mukambarxonning tadbirkorligi bu o‘rinda ham jonimga ora kirdi. N. Safarov, Olovli izlar

11. 11. Muayyan mavqe, holat. Shaxsning hazil-mutoyiba, yumorga moyilligi ham muhim o‘rin tutadi. O‘TA
O‘tmishdagi san’atkorlar ichida qiziqchilar alohida o‘rin egallab kelganlar. T. Obidov, Yusufjon qiziq
Bu oddiy traktorchi juvonga bo‘lgan ehtirom uni ayrim o‘ringa qo‘yar edi. A. Qahhor, Asarlar

12. 12. Makon ma’noli grammatik terminlar tarkibida qo‘llanadi: O‘rin kelishigi. O‘rin holi. O‘rin ergash gap.

13. 3-shaxs egalik va jo‘nalish o‘rin-payt kelishiklari shaklida lida (— o‘rniga, o‘rnida) ko‘m. vzf. Zidlik, qiyos kabi munosabatlarni, kabi, evaz, ko‘ra ko‘makchilariga xos ma’noni bildiradi. Lekin yechinish o‘rniga shoshilib portfelini oldi. S. Zunnunova
Yangi direktor. Sening o‘rningga it boqsam bo‘lmasmidi! S. Ahmad, Ufq
Bu kunki qorachopon va qipchoq nizolarini sizga bir timsol o‘rnida ko‘rsatayin A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Nima qildi? — degan edi, opasi o‘rniga singlisi javob berdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

14. 14. O‘rin (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: joy , lavozim [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ko‘zga ko‘rinarmidi?!: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab-netib o‘tirmaslik

2. ko‘zga ko‘rindi: 1) tanildi 2) o‘ziga diqqat-e’tiborni jalb qiladigan bo‘ldi

3. ko‘zga ko‘rinmaslik I: 1) tanilmaslik 2) o‘ziga jalb qiladigan bo‘lmaslik

4. ko‘zga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

5. ko‘ziga issiq ko‘rindi: 1) tanishdek tuyuldi 2)o‘ziga tortdi, yoqimli tuyuldi

6. ko‘ziga ko‘rinib ketdi: birdaniga xotirasida gavdalandi

7. ko‘ziga ko‘rinmaslik I: ro‘para bo‘lmaslik, duch kelmaslikka harakat qilish

8. ko‘ziga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

9. ko‘ziga o‘tday ko‘rindi: 1) tanishdek tuyuldi 2)o‘ziga tortdi, yoqimli tuyuldi

10. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

11. ko‘ziga sovuq ko‘rindi: yoqmaslik, jirkanish hissini uyg‘otmoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.