Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nishon} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ni-shon-la-moq
Izoh(lar)i:
nishon [ni-shon ]

1. Ataylab qo‘yilgan yoki tabiiy belgi; alomat. Texnik., domlaning darvozasiga qizil nishon qo‘yib ketdi. A. Qahhor, Sarob

2. Biror narsaning izi, asari, Kechagi yomg‘irdan nishon ham qolmagan, xushbo‘y shabada, dilxush manzara, oromijon tabiat. I. Rahim, Ixlos

3. Biror narsadan darak yoki dalolat beruvchi belgi. Yasovullar sadoqat nishoni ko‘rsatdilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

4. O‘q uzish uchun mo‘ljalga olingan (qo‘yilgan) narsa; qora. — To‘g‘ri qilgansiz, — deb uni qo‘ltiqladi komissar, — jangchining ongi qayralsa, o‘qi nishonga bexato tegadigan bo‘ladi. Shuhrat, Shinelli yillar

5. ko‘chmaBiror gap qaratilgan obyekt; biror gapdan ko‘zlangan maqsad; mo‘ljal. Inoyat so‘zining nishonga borib tegayotganidan mamnun. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema

6. esk. kom. qo‘ll.Orden; medal. Ko‘kragida yaqinda olgan Mehnat shuhrati nishoni Gazetadan

7. Nishon (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: alomat [a], asar [a], belgi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.