Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {niqob} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ni-qob-la-moq
Izoh(lar)i:
niqob [ni-qob ]

1. O‘zini tanitmaslik yoki himoya qilish uchun yuzga tutiladigan, kiyiladigan narsa; maska. Ey mohtob, ochgil niqob, Karnavalda yangrar soz. T. To‘la

2. Maxsus tikilgan jild, qoplama. Uch derazali katta kabinet, baland suyanchiqli stullarga, yumshoq kreslolarga oq niqob yopilgan. P. Qodirov, Uch yulduz

3. ko‘chmaHaqiqatni, haqiqiy hol, qiyofa va shu kabilarni pardalovchi, yashiruvchi narsa, vosita. Ha, uzoq yillar mobaynida Erkinning otasi bolshevik niqobida yurgan. T. Malik, Iblis devori

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.