Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nazr}
So‘z bo‘g‘inlari: nazr
Izoh(lar)i:
nazr [nazr ]

1. Savob uchun yoki biror muddao bilan xudo yo‘liga atalgan yoki berilgan narsa. Bir machit hovlisidagi qayrag‘och tagida nazrga qo‘y so‘yilar edi. Ular shu yerda to‘xtashdi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Azayimxon, domla va shu kabilarga o‘qib, dam solib qo‘yganligi va boshqalar amallari uchun beriladigan haq, mol yoki pul. Sen ham o‘sha hindini topasan va nazrini berib, yaxshilab qaytariq qildirasan. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. yn.Xayr-sadaqa. Ko‘z og‘rig‘i uni [devonani] cho‘chitmas uchun naridan turib, yonchig‘ini kavlay berdi: — Sizga nazrim bor. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. Savob uchun yoki ma’lum narsa evaziga o‘zini-o‘zi yoki farzandini ma’lum shaxsga, tabarruk joyga bag‘ishlash Qurbon otaning yigitlik hayoti yakuni shuki, bu dunyo bo‘lmadi, endi oxiratdan ham quruq qolmay, deb o‘zini-o‘zi Saidahmadxon degan eshonga nazr qilgan. A. Qahhor, Asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sadaqa [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: nazir – [a] O‘xshash; bamisoli.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Nazr – ehson – qurbonlik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.