Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {namuna}
So‘z bo‘g‘inlari: na-mu-na
Izoh(lar)i:
namuna ot

1. 1. Bir turdagi narsalarning shu narsalar haqida tasavvur bera oladigan bir nusxasi, bo‘lagi, donasi. Gazlama namunasi. G‘alla namunalari ko‘rgazmasi.

2. 2. Timsol, misol. Qutbiddinlar ikki kun davomida lojuvard konini o‘rganishdi, o‘n kilogrammcha namuna olishdi. S. Karomatov, Oltin qum
Yusufjon qiziq Shakarjonovning hayotiy va ijodiy yo‘li kamtarlik, mehnatsevarlik va xalqqa sidqidildan xizmat qilishning yorqin namunasidir. T. Obidov, Yusufjon qiziq

3. 3. O‘rnak bo‘la oladigan, ibrat olsa, ergashsa arziydigan shaxs yoki narsa; ibrat, o‘rnak. U mehnatsevarlikda hammaga namuna. Namuna ko‘rsatmoq. Namuna olmoq. Namuna maktabi. — Biz maktabimiz bilan faxrlanamiz. Bu yerni bitirib ketganlar bizga namuna va o‘rnak, — dedi A’zam Rasulov. E. Raimov, Ajab qishloq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: andaza [f-t], o‘rnak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.