1. Yozda rohatijon tayyorlash uchun muz bosib qo‘yiladigan yerto‘la yoki chuqur.
Muzxonaga muz bosmoq.
2. Issikda buziladigan mahsulotlarni saqlash uchun ishlatiladigan, havosi sun’iy ravishda sovitiladigan asbob yoki xona; xolodilnik.
Go‘sht kombinatining muzxonasi. Gastronom muzxonasi.
▬
Birlashma konserva va vino zavodlari hamda katta muzxona qurib bitkazdi.
Gazetadan
3. Xolodilnikning muzlatadigan (muzlatkich) xonasi.
Go‘shtni xolodilnikning muzxonasiga qo‘ydim.
4. Ko‘chma Juda sovuq (uy, joy haqida).
Uyingiz muzxona ekan.
▬
Hatto, gavdasini qanday qilib o‘rashni bilmay uringan Yo‘lchi javob berdi: — Uy emas, muzxona bu.
Oybek, Tanlangan asarlar